Fan bо‘yicha tavsiya etiladigan mustaqil ta’lim mavzulari


MUSTAQIL TA’LIM SHAKLLARIGA IZOH



Yüklə 282,17 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix21.10.2023
ölçüsü282,17 Kb.
#129616
1   2   3   4   5   6
Fan bо‘yicha tavsiya etiladigan mustaqil ta’lim mavzulari (1)

MUSTAQIL TA’LIM SHAKLLARIGA IZOH:


Seminar va amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik kо‘rish. 
Talabaga qiyinchilik darajasi uning shaxsiy imkoniyatlari, qobiliyati va 
bilim darajasiga muvofiq bо‘lgan biror mavzu bо‘yicha amaliy yoki seminar 
mashg‘ulotlariga tayyorlash topshiriladi. Bunda talaba asosiy adabiyotlardan 
tashqari qо‘shimcha adabiyotlardan va internet ma’lumotlaridan foydalanib 
materiallar yig‘adi, tahlil qiladi. 
Laboratoriya ishlariga tayyorgarlik kо‘rish. 
О‘quv reja bо‘yicha kо‘rsatilgan laboratoriya ishlari bо‘yicha talabaga 
topshiriqlar beriladi va bu topshiriqlarni talaba mustaqil ravishda bajaradi. Agar 
imkoniyati bо‘lsa virtual laboratoriyada bu ishlarni bajarib kо‘radi. 
Hisob-grafik ishlarini bajarish. 
Talabaga shaxsiy imkoniyatlarini hisobga olgan holda hisob-grafik ishlari 
beriladi. Bunda talaba shu mavzu bо‘yicha mustaqil ravishda mavzuni chuqur 
о‘rganadi, material yig‘adi, tahlil qiladi, kerak bо‘lganda internet ma’lumotlaridan 
foydalanadi va bu hisoblash, sо‘ngra grafik ishlarini bajaradi. Bunda talab 
imkoniyatidan kelib chiqib hisob-grafik ishlarini elektron varianti ham qilinishi 
mumkin. Zarur hollarda о‘qituvchidan maslahat oladi. 
Kо‘rgazmali vositalar tayyorlash. 
Talabaga muayyan mavzuni bayon qilish va yaxshiroq о‘zlashtirishi uchun 
yordam beradigan kо‘rgazmali materiallar (jadvallar, chizmalar, rasmlar, xaritalar, 
maketlar, modellar, grafiklar, namunalar va h.k) tayyorlash topshiriladi. Mavzu 
о‘qituvchi tomonidan aniqlanib, talabaga ma’lum kо‘rsatmalar, yо‘l-yо‘riqlar 
beriladi. Kо‘rgazmali vositalarning mikdori, shakli va mazmuni talaba tomonidan 
mustaqil tanlanadi. Bunday vazifani bir mavzu bо‘yicha bir necha talabaga 
topshirish mumkin. 
Mavzu bо‘yicha testlar, munozarali savollar va topshiriklar 
tayyorlash. 
Talabaga muayyan mavzu bо‘yicha testlar, qiyinchilik darajasi har xil 
bо‘lgan masalalar va topshiriqlar, munozaraga asos bо‘ladigan savollar tuzish 
topshiriladi. 
Bunda о‘qituvchi tomonidan talabaga testga qо‘yiladigan talablar va uni 
tuzish qonun-qoidalari, qanday maqsad kuzda tutilayotganligi, muammoli savollar 
tuzishda mavzuning munozarali momentlarini qanday ajratish lozimligi, 
topshiriqlarni tuzish usullari bо‘yicha yо‘l-yо‘riqlar beriladi. Maslahat paytida 
bajarilgan ishlarni talabga javob berish darajasi nazorat qilib boriladi. 

Yüklə 282,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə