Fan bо‘yicha tavsiya etiladigan mustaqil ta’lim mavzulari


MUSTAQIL TA’LIMNI BAJARISH BО‘YICHA YО‘RIQNOMA



Yüklə 282,17 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix21.10.2023
ölçüsü282,17 Kb.
#129616
1   2   3   4   5   6
Fan bо‘yicha tavsiya etiladigan mustaqil ta’lim mavzulari (1)

 
MUSTAQIL TA’LIMNI BAJARISH BО‘YICHA YО‘RIQNOMA 
Yuqorida tavsiya etilayotgan mustaqil ta’lim mavzulari bо‘yicha quyidagi 
mustaqil ta’lim shakllarining ixtiyoriy kamida 5ta shakli talaba tomonidan mustaqil 
bajarilishi talab etiladi. Mustaqil ta’lim topshiriqlari masofaviy ta’lim 
platformasiga PDF formatida joylanadi (Yoki vaziyatga qarab, elektron shaklda 
о‘qituvchiga taqdim qilinadi) hamda yakuniy nazorat vaqtida о‘qituvchiga aynan 
bajarilgan ishning о‘zi taqdim etiladi. Bajarilayotgan ishda talabaning Ismi, sharifi, 
kursi, guruhi, fani kabi shaxsiy manzil ma’lumotlari aks etgan bо‘lishi lozim. 
Hamda topshiriq xususiyatidan kelib chiqib, qо‘lyozma shaklida bо‘lishi maqsadga 
muvofiq. Talaba mustaqil ta’lim ishini bajarishi davomida qay darajada bо‘lmasin 
kо‘chirmakashlik alomatlari sezilgan taqdirda, ishni bajarmagan deb hisoblaniladi 
hamda yakuniy bahoga sezilarli ta’sir kо‘rsatadi.
TALABA MUSTAQIL ISHINING TASHKILIY SHAKLLARI 


Talaba mustaqil ishini tashkil etishda muayyan fan (kurs)ning 
xususiyatlarini, shuningdek, har bir talabaning akademik о‘zlashtirish darajasi va 
qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalaniladi: 

ayrim nazariy mavzularni о‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil 
о‘zlashtirish; 

berilgan mavzu bо‘yicha axborot (referat) tayyorlash; 

seminar va amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik kо‘rish; 

laboratoriya ishlariga tayyorgarlik kо‘rish; 

hisob-grafik ishlarini bajarish; 

kurs ishi loyihasini bajarish; 

malakaviy bitiruv ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash; 

nazariy bilimlarni amaliyotda qо‘llash; 

amaliyotdagi mavjud muammolarning yechimini topish; 

ilmiy maqola, anjumanga ma’ruza tezislarini tayyorlash; 

berilgan mavzu bо‘yicha elektron variantlarni tayyorlash; 

uy vazifalarini bajarish va boshqalar. 

Yangi adabiyotlar rо‘yxatini shakllantirish; 

Referat tayyorlash; 

Manba va adabiyotlarning qiyosiy tahlili; 

Xorij manbalarini tо‘plash; 

Fotogalereya, albom yaratish; 

Aforizmlar tо‘plash; 

Manbani tanqidiy tahlil qilish; 

Mavzuni prezentatsiya (taqdimot), slaydlar orqali yoritish; 

Test tuzish (15-20ta); 

Mavzu bо‘yicha о‘z hududingizga oid ma’lumotlarni tо‘plash; 

Mavzudagi ma’lumotlarning milliy urf-odatlarga muvofiqligini tahlil 
qilish; 

Mavzuga aloqador shaxslar hayoti haqida ma’lumot tо‘plash; 

Internetdagi URL manzillari (ssilkalar) rо‘yxatini shakllantirish; 

Internet tarmog‘i bilan ishlash (saytlar tahlili); 

Mavzuga doir videorolik tayyorlash; 

Asosiy adabiyotlar tahlili; 

Qо‘shimcha adabiyotlar tahlili; 

Tayanch tushunchalar tahlili; 

Ilmiy maqola va tezislar yozish; 

Mavzuga doir statistik ma’lumotlarni tо‘plash va tahlil qilish; 

Onlayn seminar trening о‘tkazish. 
О‘qitilayotgan fanning xususiyatidan kelib chikib, talaba mustaqil ishini 
tashkil etishda boshqa shakllardan ham foydalanish mumkin. 

Yüklə 282,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə