Fan sifatida. Pedagogik ilmiy tadqiqotlar metodlari. O’qituvchi shaxsi tarbiyaning obyekti va subyekti sifatida reja


Ushbu ma'noda pedagogika fanining vazifalari quyidagilardir



Yüklə 130,94 Kb.
səhifə4/12
tarix05.11.2023
ölçüsü130,94 Kb.
#132537
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Fan sifatida. Pedagogik ilmiy tadqiqotlar metodlari. O’qituvchi

Ushbu ma'noda pedagogika fanining vazifalari quyidagilardir:

  • Sharq va G'arb xalqlari yaratgan, xalq og'zaki ijodiyotiga asoslangan pedagogikani, mutafakkir, ma'rifatparvar, pedagog va olimlarning tarbiyashunoslikka doir ilg'or g'oyalarini o'rganib, tahlil qilib, barkamol shaxsni shakllantirishning qonun-qoidalari va zaruriy sifatlarini aniqlash;

  • Pedagogika — tarbiyashunoslikdagi ta'lim-tarbiya nazariyasini hozirgi davr xususiy metodikasi bilan uzviylik muammosini ishlab chiqish va zamonaviy pedagogik texnologiyalar talablariga amal qilish;

  • ta'lim-tarbiya nazariyasidagi qoida, qonun, tamoyil, metod va uslublarni maktab amaliy hayoti bilan bog'lab boiajak o'qituvchiiarga o'rgatish;

  • xalq ta'limini boshqarish va unga fahbarlik masalalarini chuqur o'rganib, boiajak o'qituvchilarni qanday tayyorlash muammolarini hal etish.

Fanlar tizimida pedagogikaning o'rni va ahamiyati
Pedagogika fani tarbiya nazariyasi va dialektikaning uyg'unligi asosida insonda bozor munosabatlarini shakllantirish, milliy-ma'naviy meros, an'analar, urf-odatlar milliy va umuminsoniy qadriyatlarning boy manbalari bo'lgan tarbiya va ta'lim berish haqidagi tushuncha, bilim, ko'nikma va malaka hosil qilishda boshqa fanlar qatori o'z o'rni va aloqadorligi bor. Pedagogika falsafa, psixologiya, odam ana-tomiyasi va fiziologiyasi, sinergetika va informatika kabi fanlar bilan mushtarak holda rivojlanib kelgan
Pedagogik fanlarning boshqa fanlar bilan aloqasi. Pedagogi­ka fani inson tarbiyasi bilan shug'ullanganligi sababli, unga hamma fanlar ko'maklashishi tabiiydir. Inson tarbiyasining qaysi sohasini olib ko'rsangiz, u qaysidir fan bilan aloqadorlikda amalga oshiriladi, o'sha fanning qonun-qoidalariga suyanadi. Pedagogikaning metodologik asosi bilan nazariyasi va tarbiyadagi qonun-qoidalari bevosita falsafa fanining ta'sirida amalga oshiriladi. Abu Nasr Forobiy «Tal-xisu navomisi Aflotun» (Aflotun qonunlarining mohiyati) asarida inson kamolotining falsafa fanining ta'sirida rivojlanishini shunday ko'rsatgan edi: «Yaxshi fazilatga ega bo'lgan shahar aholisi eng bax-tiyor odam bo'lishi, qonunlarga ixtiyoriy bo'ysunishini ta'minlash uchun qonunlarni takomillashtirish, ulardagi qoidalarni mustahkam-lash zarurdir».

Pedagogikada ta'lim va tarbiya jarayonlarining turli jihatlarini o'rganishdan kelib chiqadigan bir qancha soha va bo'limlar mavjud. Ular:


1. Didaktika - bu o'qitishning maqsadi, vazifalari, tamoyilla-ri, usullari bilan shug'ullanadigan soha. Didaktika pedagogikaning ta'lim jarayonidagi umumiy qonuniyatlarini o'rganuvchi qismidir. Didaktika yunoncha so'z bo'lib, «didasko» - o'qitish, «didaskol» -o'rgatuvchi, degan so'zlardan kelib chiqqan. Muayyan bir fanga tadbiq etilgan didaktik qonuniyatlar, o'sha o'quv predmetining umumiy jihatlarini muayyanlashtiradi va ularda o'qitishning umumiy jihatlari namoyon bo'ladi.

Yüklə 130,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə