Fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat universiteti


Mutlaq va nisbiy afzallik nazariyalari



Yüklə 228,93 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix27.12.2023
ölçüsü228,93 Kb.
#162790
1   2   3   4   5   6   7
Global iqtisodiy rivojlanish-Jahon iqtisodiyotida erkin savdo hududlari va bojxona ittifoqlari

Mutlaq va nisbiy afzallik nazariyalari.
Shu paytga qadar yuzaga kelgan barcha xalqaro savdo nazariyalari xalqaro savdoni 
erkinlashtirish barcha mamlakatlar uchun foyda keltiradi degan fikrni ilgari suradi. 
Erkin tashqi savdoning zarurligi va foydaliligi to‘g‘risida dastlabki nazariyalardan 
biri A.Smitning mutlaq afzallik nazariyasidir. Bu nazariyaga ko‘ra har bir 
mamlakat undagi mavjud sharoitlar va resurslar o‘ziga xosligiga tayangan holda 
ma‘lum bir tovarni eng kam xarajatlar hisobiga (yoki vaqt birligida bu tovarni eng 
ko‘p) ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. Shunday ekan mamlakat mutlaq 
afzallikka ega bo‘lgan tovar ishlab chiqarishga ixtisoslashadi va ushbu tovarning 
o‘z iste‘molidan ortiqcha qismini sotadi hamda boshqa tovarlarni sotib oladi. 
Chunki bu tovarlar ularni ishlab chiqarishda mutlaq afzallikka ega bo‘lgan 
davlatlarda ancha arzon ishlab chiqarilgan bo‘ladi. Natijada har ikki davlat ham 


15 
kam resurs sarflab ko‘proq mahsulotga ega bo‘ladi. Masalan, O‘zbekiston asosan 
paxta mahsulotlarini etishtirishga ixtisoslashganligi uchun boshqa mahsulotlarga 
nisbatan ko‘prots shunga e‘tiborni qaratish lozim. Chunki, O‘zbekiston qishloq 
xo‘jaligi, ob-havosi va qolavsrsa, butun respublika sharoiti paxta etishtirishga 
moslashgan va unga kam miqdorda mehnat va moliyaviy resurslarni sarf qilib, 
yuqori hosil olish texnologiyasiga ega. Shuningdek, boshqa mamlakatlar ham o‘zi 
ixtisoslashgan sohaga ko‘proq e‘tiborni qaratishsagina dunyo bo‘yicha ko‘proq 
mahsulot ishlab chiqariladi va xalqaro savdoda ham katta muvaffaqqiyatlarga 
erishish mumkin. Demak, shu yo‘l bilan dunyo aholisining talablarini maksimum 
qondirish imkoniyatiga erishiladi.
Ammo qaysidir mamlakat hech qaysi mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha 
dunyoda mutlaq afzallikka ega bo‘lmasligi mumkin. Bu esa shu mamlakat hamma 
tovarlarni chetdan keltiradimi degan savolni tug‘diradi. Agar shunday bo‘lsa 
importni bu mamlakat qaysi mablag‘lar hisobiga moliyalashtiradi. Bu savolga 
javob berish borasida mutlaq afzallik nazariyasi boshi berk ko‘chaga kirib qoladi.
D. Rikardo A. Smitning «Mutlaq afzallik» nazariyasini yanada mulohaza qilish 
natijasida ushbu nazariya umumiy qoidaning bir qismi ekanligini isbotlab berdi. D. 
Rikardo «Siyosiy iqtisodning boshlanishi va soliqlar» nomli asarida klassik 
nazariyani boshi berk ko‘chadan olib chiqadi. Uning fikricha, mamlakatlar ishlab 
chiqarish samaradorligini ta‘minlashda yoki ko‘proq afzallikka ega bo‘lgan yohud 
kamroq zaiflikka ega bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarish va sotishga ixtisoslashsalar 
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunday vaziyatlarda ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo 
ko‘proq imkoniyatlar olib keladi.
Har bir mamlakat o‘zi ixtisoslashgan mahsulotlarni ishlab chiqaradi va shu 
orqali yutuqlarga erishadi. Uning mulohazalari ―Nisbiy afzallik nazariyasi‖da o‘z 
echimiga ega bo‘ldi. Masalan, Portugaliyada ishlab chiqarilgan movut va 
Angliyada ishlab chiqarilgan vino individual xarajatlarga ega bo‘lsin. Shuni 
hisobga olgan holda D. Rikardoning ―Nisbiy afzallik nazariyasi‖ni qo‘llaymiz:
Ishlab 
chiqarish 
uchun 
zarur 
bo‘ladigan 
mehnat 
birligi 
miqdori;
Yuqoridagi misoldan ko‘rinib turibdiki Portugaliya barcha turdagi mahsulotlarni 
ishlab chiqarishda mutlaq afzallikka ega. Ammo, D. Rikardo Portugaliyada movut 
ishlab chiqarishga nisbatan vino ishlab chiqarish savdosini yo‘lga qo‘yish ko‘proq 
foyda olib kelishini ta‘kidlaydi. Chunki, bir dona movutga nisbatan bir barrel vino 
ishlab chiqarish arzonga tushmoqda. Bunda nisbiy afzallikdagi farq har bir millat 
uchun xalqaro savdoda yutuqqa olib keladi. Ya‘ni, Portugaliya bir barrel vinoni (80 
birlikda) 120 birlikda Angliyaga sotsa va o‘z navbatida, Angliyadan (100 birlikda) 
ushbu birlikda 1,2 dona movut sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. O‘zida ishlab 
chiqarilgan mahsulotga solishtirganimizda esa 8/9 donaga ega bo‘lar edi. 
Boshqacha aytganimizda, Portugaliyaning vino ishlab chiqarish va movutni sotib 
olish 
evaziga 
oladigan 
foydasi 
quyidagicha 
bo‘ladi.
120 

100 





1,2 
-0 
,(8 


0,31 
dona 
movut.
Angliya esa movut ishlab chiqarishda kamroq zaiflikka ega. Ya‘ni movut ishlab 
chiqarishga qilinadigan mehnat sarflari o‘rtasidagi farq vino ishlab chiqarishdagiga 


16 
nisbatan kamroq. Demak movut ishlab chiqarishga ixtisoslashish hisobiga xalqaro 
savdodan Angliya ham yutadi. Ya‘ni, movut ishlab chiqarib, uni Portugaliyaga 
sotish hisobiga 11/8 barrel vino (o‘zidagiga nisbatan 5/6 barrel) sotib olishi 
mumkin. 
Ushbu 
vaziyatda 
Angli 
yaning 
yutug‘i;













0,29 
barrel 
vino.
Bu misolda Portugaliya uchun har bir barrel vinoga 9/8 dona movut sotib 
olgandagina xalqaro savdo foydali hisoblansa, Angliya uchun esa har bir barrel 
vinoga 
5/6 
dona 
movut 
almashganda 
savdo 
foydali 
hisoblanadi.
Shunday qilib, erkin savdo xalqaro ixtisoslashuvni rag‘batlantirib, quyidagi 
imkoniyatlarni yaratadi: har bir mamlakat biror turdagi mahsulot ishlab chiqarishga 
ixtisoslashishguncha o‘tgan davrgiga nisbatan kamroq moddiy va mehnat 
xarajatlari sarflaydigan bo‘ladi. Ammo, bu borada barcha nazariyalar ham savdoda 
mamlakatlarning pul birliklari ishtirokida amalga oshishi hisobga olinmagan. 
Chunki, mamlakatlar o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun valyutalarini 
almashtirishadi. D. Rikardo ushbu vaziyatni ham tushuntirib bera olgan.
U izohlaganidek yuqorida keltirilgan imkoniyat valyutalarni almashtirish sharoitida 
ham saqlanib qoladi. Bu vaziyatda eksport-import to‘lovlari o‘zaro balansga ega 
emas. Bunday vaziyat valyuta kurslaridagi o‘zgarishlar hisobiga yoki biror bir 
mamlakatdagi barcha baholarni o‘zgartirish hisobiga bartaraf etiladi. Yuqoridagi 
misol mavhum xususiyatga ega. U aniq vaziyatlarga asoslanishi uchun:

mehnat savdo qilayotgan mamlakatlar o‘rtasida emas, balki mamlakat ichida 
harakatchan bo‘lishini;

transport, bojxona xarajatlari, savdo ustamalari va boshqa cheklashlar 
hisobga olinmasligini;

mahsulotlarning yangi namunalarni ishlab chiqarishda yangi texnika va 
tsxnologiyalarni qo‘llash hamda ularni ko‘p miqdorda seriyali ishlab 
chiqarishda xarajatlardagi o‘zgarishlar e‘tiborga olinmasligini ta‘minlash 
imkoniyatlari yaratilishi lozim.
Angliya va Portugaliya misolida keltirilgan vaziyatlarda xalqaro savdo 
narxlarining keng amal qilayotgan shaklini qo‘llash mumkin. Chunonchi, bir barrel 
Portugaliya vinosini Angliyada tannarxidan kam narxda (80) va sotib olingan 
narxdan (120) yuqori narxda sotmaslik ksrak. Shuningdek, angliyaliklar movutidan 
Portugaliyada (90 dan 100 gacha) shunday tartibda sotilishi kerak.
Mahsulotlar nari o‘rtasidagi o‘zaro nisbat aniqlab olingandan keyin «savdo sharti» 
(terms of trade) tushunchasi savdo shartini aniqlab olish uchun esa ―savdo sharti 
indeksi‖ tushunchasi kiritilgan. Bu indeks quyidagi formula orqali aniqlangan:
T = Px/ Pm
Bu erda T- ―savdo sharti‖, Px - eksport narxlar indeksi, Pm esa import narxlar 
indeksi Indeksning o‘sishi (masalan, 100 dan 105 gacha) savdo sharoitlarining 
yaxshilanayotganligini ko‘rsatadi. Ya‘ni, ushbu miqdordagi importga hisob-kitob 
qilish 
uchun 
undan 
kam 
miqdorda 
eksport 
talab 
etiladi.
Amaliyotda savdo sharoiti, birinchidan, tovarlar narxi o‘zgarishi hisobiga, unga 
bo‘lgan talabning oshishi yoki kamayishiga bog‘liq. Ayrim mahsulot ishlab 


17 
chiqaruvchilar (masalan, neft va neft mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar) narxlarda 
bo‘layotgan 
o‘zgarishlarga 
qaramay, 
katta 
yutuqlarga 
erishadilar.
Ikkinchidan, savdo sharoiti ishlab chiqaruvchilar yoki etkazib beruvchilarning 
bozorga 
moslashishiga 
(egiluvchanligiga) 
bog‘liq 
bo‘ladi.
Uchinchidan, savdo sharoiti ishlab chiqarish sharoitlari yoki mahsulotlar 
iste‘molidagi 
o‘zgarishlarga 
qarab 
o‘zgaradi.
Savdo sharoiti indeksi mamlakatning xalqaro savdodagi holati to‘g‘risida 
ma‘lumotlar bersada, ko‘pgina kamchiliklardan holi emas. Ularning eng 
asosiylaridan biri mamlakatda umumiy sharoitni yaxshilasada, sotilgan mahsulotlar 
miqdorini hisobga olmaydi. Boshqacha aytganda, savdo sharoiti yaxshilanishi 
eksport hajmi qisqarishi va import hajmi oshishiga olib keladi. Bu esa to‘lov 
balansini yomonlashtiradi.
A. Smit va D. Rikardo nazariyasida ishlab chiqarishga ta‘sir qiladigan eng asosiy 
omil mehnat hisoblangan. Mahsulotlar narxi esa ishlab chiqarish xarajatlariga 
bog‘liq.
Keyingi tadqiqotlar ishlab chiqarishda asosiy omillar sifatida er, kapital kabi 
omillardan foyda olish imkoniyatini hisobga olgan. Agarda, mehnatning bozor 
narxi ish haqi sifatida gavdalansa, kapitalning narxii foiz stavkalari ko‘rinishida, 
erning 
narxi 
renta 
miqdorida 
aniqlangan.

Yüklə 228,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə