Fanidan tayyorlangan o`quv-uslubiy majmua «Vatan tarixi» kafedrasi professor-o`qituvchilaringing yig`ilishida muhokama qilingan va foydalanish uchun tavsiya etilgan


Kushon davlati va uning davlatchilik xususiyatlari



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə10/39
tarix11.12.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#147173
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   39
ҒАФФОРОВ-O\'zbek davlatchiligi

6. Kushon davlati va uning davlatchilik xususiyatlari
Miloddan avvalgi I asrda yuechji qabilalari uyushmasida (Guyshuan, Shuanmi, Xisi, Xyumi, Xuanmi)Guyshuan (Kushon) urug‘ining xokimlik mavqei ancha kuchaygan. Guyshuan qabilasi dastlab Surxon voxasida joylashgan va ularning poytaxti Dalvarzin shaxri (xozirgi Sho‘rchi tumani) bo‘lgan. Podsho Kujula Kadfiz davrida Kushon podsholigi xududlari anchi kengaydi va davlat tarkibiga xozirgi Janubiy Tojikiston, Afg‘oniston va Kashmir yerlari qo‘shib olinadi.
Kushon podsholigi Kanishka hukmronligi yillarida (78-123 yillar) ulkan saltanatga aylandi. Kushon podsholigi Surxon voxosi Janubiy Tojikiston, Afg‘oniston, Shimoliy Xindiston va sharqiy Turkiston yerlarini o‘z tarkibiga kiritdi. Shu vaqtda poytaxt Dalvarzindan Peshovarga ko‘chirildi. Kushon podsholigi qadimgi davrdagi Rim. Parfiya, Xitoy davlatlari bilan teng bo‘lgan va g‘oyatda qutratli davlatga aylandi.
Mamlakatimiz xududlarida yuzaga kelgan Kushon podsholigi tarkibiga O‘zbekistonning asosiy xududlari (Xorazm, Zarafshon, Qashqadaryo, Toshkent, Farg‘ona) kirmaganligi natijasida. Usha xududlarda o‘ziga xos boshqa maxalliy davlat yuzaga kelgan va kushonlar madaniy an’analaridan xoli tarzda taraqqiy etgan. Bu davlatlar bilan Kushon davlatining shimoliy chegaralari Ko‘xitog‘, Boysun, Xisor tog‘lari orqali o‘tganligi Boysun tumanidagi Darband atrofidan o‘rnatilgan mudofaa devorlarini o‘rganish natijasida isbotlandi. Bu mudofaa devorlari qoldiqlari shu yerdan o‘tgan chegara qal’asi devorlari bo‘lgan.
Kushon sulolasi va davlati tarixi yozma manbalar va tangashunoslik tadqiqotlari orqali o‘rganildi. Tangalardagi dastlabki vaqtlarda Yunon-Baqtriya shoxlari tasviri mavjudligi va asta-sekin uning o‘rnini kushonlarning “shox”, “shoxlar shoxi” so‘zlari egallashi xarbiy siyosiy qudrati yuksalib borganligidan dalolat beradi.
Podsho Kanishka I o‘zidan oldingi davlat boshqaruvi an’analarini saqlab qoldi va davom ettirdi. Davlatning oliy xukmdori podsho viloyatlar va shaxarlarni o‘z noiblari yordamida boshqarardi.
Buyuk Ipak yo‘lining rivojlanishi bilan Kushon Podsholigining ijtimoiy-iktisodiy jixatdan yashnashiga ta’sir ko‘rsatdi. Shaxarlar ko‘paydi yangi-yangi yerlar o‘zlashtirildi va sug‘orish tarmoqlari barpo etildi.
Shaxarlar tuzilishiga ko‘ra bir necha qismdan iborat bo‘lgan: xokim saroyi, xunarmadchilak ustaxonalari, guzarlar, aloxida ibodatxonalar joylashgan shaxar qismi va boshqalar.
Davlatning iqtisodiy asosini sug‘orma dexqonchilikka asoslangan xo‘jalik, savdo va xunarmandchilik tashkil etgan. Xunarmandchilik turli –tuman kasb va xunardan iborat bo‘lgan.
Tashqi siyosat ancha kengayib , Xindiston, Xitoy, Rim saltanati bilan savdo va elchilik munosabatlari o‘rnatilgan. Savdo munosabatlarining kengayishiga Buyuk Ipak yo‘lining axamiyati katta bo‘lgan. Tatqiqotlar natijasida Termizdan Rim tangalari O‘rta yer dengizi atroflarida Kushon tangalarining topilishi xam fikrimizning dalilidir.
Kanishka davrida kushonlar madaniyati xindlashtirildi va budda dini davlat diniga aylandi. Oromiy va Yunon yozuvlari asosida kushon yozuvi shakillandi. Me’morchilik tasviriy san’at yuksak darajada rivojlandi jaxon miqyosida mashxur bo‘lgan kushon davri san’at obidalari Ayritom, Eski Termiz, Dalvarzintepa va Xolchayondan topib o‘rganilgan.
Kushon davlati xaqida shuni aloxida takidlash joizki, davlat bir nechi xududlar va ko‘plab qadimgi xalqlarni birlashtirgan.Ular orasida o‘zbek xalqi ajdodlari xam kushon madaniyati yuksalishiga o‘z xissasini qo‘shgan.Kushon davlati IV asrlargacha og‘ir ichki va tashqi kurashlar iskanjasida qoldi va asosiy xududlaridan ajraldi. Bu vaqtda uning xududlari qisman Shimoliy Xindistondagina saqlanib qoldi. Bu davrda dehqonchilik madaniyati Amudaryo, Zarafshon, Qashqadaryo havzalari va Sirdaryo bo‘ylari doirasida keng tarqaldi. Baqtriya, So‘g‘d va Xorazm davlatlari moddiy madaniyatida qadimgi sharq sivilizatsiyasi o‘z aksini topgan edi. O‘sha davrda jamiyat asosini erkin jamoa a’zolari tashkil etgan. Faqat kushonlar saltanati davridagina qullar mehnatidan foydalanish birmuncha kuchaydi. Biroq, u ham Yunoniston va Rimdagidek qullar mehnatidan ommaviy foydalanish darajasiga ko‘tarilmadi. Shunday qilib, bu davrda tarkib topgan davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy asosini erkin jamoa xo‘jaliklari tashkil etar edi.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə