Fan/Modul kodi



Yüklə 195,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/24
tarix22.03.2024
ölçüsü195,75 Kb.
#183899
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Manaviyatshunoslik-dastur-tayyor

 
 
 
II. ASOSIY NAZARIY QISM (MA’RUZA MASHG‘ULOTLARI) 
II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi: 
 
1-mavzu: “Ma’naviyatshunoshik” fanining obyekti, predmeti va ma’naviyatning 
jamiyat hayotidagi o‘rni 
“Ma’naviyatshunoslik” fanining predmeti, mavzu doirasi, tarkibi, maqsad va vazifalari. 
Ma’naviyat tushunchasi, uning mazmun va mohivati. Ma’naviyat-tarixiy hodisa sifatida.
Ma'naviyatning jamiyat hayotidagi o'rni. Ma’naviyatning asosiy kategoriyalari. 
“Ma'naviyatshunoslik” fanining metodologik asosi masalasi. “Ma’naviyatshunoslik" tarixiy-
nazariy fan sifatida. Uning ijtimoiy-gumanitar fanlar tizimidagi o‘rni. 
2-mavzu: Ma’naviyatning vujudga kelishi (genezisi) va dastlabki rivojlanish davri. 
Ma’naviyat tushunchasi: mohiyati, mazmuni, tuzilmasi, namoyon bo‘lish shakllari 
Insonning ijtimoiylashuvi, biologik mavjudotdan sotsial mavjudotga aylanishi - ma’naviyat 
vujudga kelishining asosiy sababi ekanligi. Ibtidoiy sinkretizm. Ma’naviyatning vujudga 
kelishi to`grisidagi turli nazariyalar va qarashlar. Ma’naviyat genezisida mehnatning o`rni. 
Mehnatning tarixiy taqsimotlari va ma’naviyat rivojlanishi. Ma’naviyatning dastlabki 
rivojlanish bosqichlari ibtidoiy odamning ijtimoiylashuvi, olamni bilish, o`zlikni anglash, 
ishlab chiqarishda erishgan yutuqlari bilan uzviy bog‘liq ekanligi. Aqliy mehnatning jismoniy 
mehnatdan ajralib chiqishi, ijtimoiy-sinfiy, tabaqaviy differensiyalashuvning ma’naviyatga, 
qadriyatlar va ijtimoiy mo‘ljallar tizimiga ta’siri. Ibtidoiy sinkretizmning parchalanishi. 



 
Ma’naviy hayotda diniy va siyosiy mafkura ta’sirining kuchayishi.
3-mavzu: Ma’naviyat va jamiyat hayoti. Ma’naviyat, madaniyat va sivilizatsiya 
tushunchalari nisbati.
Sivilizatsiya va madaniyat tushunchalari, ularning ma’naviyat bilan aloqadorligi. Ma’naviyat 
va madaniyat munosabatlari. Madaniyat tushunchasining mazmun-mohiyati. Madaniyat 
tavsiflari. Moddiy madaniyat, iste’mol va texnologik madaniyatning ma’naviyatga ta’siri. 
Elitar madaniyat va ommaviy madaniyat.
 
Ijtimoiy-iqtisodiy soha va ijtimoiy-siyosiy 
sohalarning mohiyati. Ma’naviyat va iqtisod. Ma’naviyat va siyosat. Ma’naviyat va harbiy 
soxa. Iqtisodiyot, siyosat va ma’naviyat o`rtasidagi aloqadorlik. Ma’naviyatning ijtimoiy 
turmushning barcha sohalariga ta’siri. Siyosiy madaniyat tushunchasi. Demokratiya 
tushunchasining mazmuni. Demokratiya rivojlanishi

Yüklə 195,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə