Fanning maqsad va vazifalari


Fan bo’yicha talabaning malakasiga qo’yiladigan talablar



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə2/12
tarix28.09.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#124621
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Malumotlar bazasi (2)

Fan bo’yicha talabaning malakasiga qo’yiladigan talablar
«Ma’lumotlar bazasi» o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
Ma’lumotlar bazasi va ularni boshqarish tizimlari haqida tushunchalar: ma’lumotlar bazasi va ularning turlari, MBni boshqarish tizimlarini, MBBT Access dasturining imkoniyatlarini, MB bilan ishlashda SQL tilidan foydalanishni, “klient – server “ texnologiyasini bilishlari kerak;
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi Access dasturi bilan ishlash, Access asosiy ob’ektlarini tashkil etish va ulardan MBni boshqarishda foydalanish, MB bilan ishlashda SQL tilidan foydalanish ko’nikmalariga ega bo’lishlari kerak;
Access dasturidan, SQL tili imkoniyatlaridan, “klient – server “ texnologiyasidan foydalanib MB tashkil etish, tahrirlash, ulardan zaruriyatga ko’ra yangi so’rovlar, hisobotlar tashkil etish, bilimlar bazasi, sun’iy intellekt, bilimlar tizimi, ekspert sistemalari, ekspert sistemalari turlari, ekspert sistemalarning dasturiy ta’minoti, intellektual ma’lumotli ekspert sistemalar, mantiqiy dasturlash, dasturda ma’lumotlar rekursiyasi, funksional dasturlash haqidagi bilim, ko’nikma va malakalariga ega bo’lishlari kerak.


O’quv rejadagi boshqa fanlar bilan bog’liqligi

Ma’lumotlar bazasi fani asosiy kasbiy fanlaridan biri hisoblananib, 5, 6 va 7 - semestrlarda o’qitiladi. Dasturni amalga oshirish o’quv rejasidagi rejalashtirilgan informatika, algoritmlash va dasturlash tillari, kompyuterning zamonaviy va texnik dasturiy ta’minoti fanlaridan olingan nazariy va amaliy bilimlarga tayanadi.



Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Talabalarning fanni muvafaqiyatli o’zlashtirishi uchun o’qitishning ilg’or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi axborot-pedagogik texnologiyani tadbiq etish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o’zlashtirishda darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, maruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, plakatlardan foydalaniladi.
Maruza va amaliy mashg’ulotlarda mos ravishda ilg’or pedagogik va kompyuter texnologiyalardan foydalaniladi.
O’quv jarayonida fanni o’tish sifatini belgilovchi quyidagi holatlar etiborga olinadi: yuqori ilmiy darajada dars berish, muammoli maruzalar o’qish, darslarni savol-javob tarzda qiziqarli tashkil qilish, ilg’or pedagogik texnologiyalardan va multimedia vositalardan foydalanish, tinglovchilarni undaydigan, o’ylantiradigan muammolarni ular oldiga quyish, erkin muloqot yuritishga, ilmiy izlanishga jalb qilish.
«Ma’lumotlar bazasi» kursini loyihalashtirishda quyidagi asosiy konseptual yondoshuvlardan foydalaniladi:

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə