Farg‘ona davlat universiteti Matematika-Informatika fakulteti Amaliy matematika yo‘nalishi 20. 07-guruh talabasi Gulruh G‘ulomovaning Matematika va informatikani o‘qitish metodikasi fanidan tayyorlagan Taqdimoti



Yüklə 24,22 Kb.
səhifə8/9
tarix30.12.2023
ölçüsü24,22 Kb.
#164500
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Umumtalim maktablarida dasturlash tillari

4. PIRAMIDA METODI Mazkur metod muayyan mavzu yuzasidan berilgan muammolarni hal etishda keng qo’llaniladigan metod sanalib, u mashg`ulot ishtirokchilarini muammo xususida keng va har tomonlama fikr yuritish, shuningdek, o’z tasavvurlari va g`oyalaridan ijobiy foydalanish borasida ma’lum ko’nikma hamda malakalarni hosil qilishga rag`batlantiradi. Ushbu metod yordamida tashkil etilgan mashg`ulot jarayonida ixtiyoriy muammolar yuzasidan bir necha original yechimlarni toppish imkoniyati tug`iladi. Bu metodda muayyan mavzu tanlanib shubu mavzuni yoritib beruvchi umumiy tayanch tushinchalar o`rganilib chiqiladi. Bu esa qadam va qadam bajarilib piramidaga yozilgan har bir tushincha ayni bir mavzuni ifodalashi kerak. Shuningdek o`quvchilar bu tushinchalarni og`zaki izohlab berishlari lozim.

5. FIKRLARNI JAMLASH METODI Bu metod o’quvchilarning mashg`ulotlar jarayonida faolliklarini ta’minlash, ularni erkin fikr yuritishga rag`batlantirish hamda bir xil fikrlashdan ozod etish muayyan mavzu yuzasidan rang-barang g`oyalarni to’plash, shuningdek, ijodiy vazifalarni hal etish, yechish jarayonining dastlabki bosqichida paydo bo’lgan fikrlarni yechishga o’rgatish uchun xizmat qiladi. Fikrlarni jamlash metodi aynan bir bob yuzasidan amalga oshiriladi. Ya`ni bunda o`quvchilar biror bir bob yuzasidan takrorlash, bilimlarini mustahkamlash ko`nikmalariga ega bo`ladilar. Birinchi bo`lakda ikkinchi bo`lakni tashkil qiluvchi elementlar, ikkinchi bo`lakda uchinchi bo`lakni tashkil qiluvchi elementlar bo`ladi.

6. “ESSE” METODI Bu usul o‘quvchilarning erkin fikrlash malakalarini rivojlantiradi. Dars so‘ngida o‘qituvchi o‘quvchilardan dars haqida fikrlarini bayon etishni so‘raydi. O‘quvchilar darsni qanday o‘tgani, qiziqarli yoki zerikarli o‘tganini, darsning qaysi bosqichi ularga yoqqanini, kimlar faol qatnashganini aytadilar. Bundan tashqari o‘z talab va takliflarini ham beradilar. Kelgusi darsni qanday o‘tish, qaysi usullardan foydalanish bo‘yicha ham mulohazalarini bayon etadilar.

7. Test usuli test usulini barcha sinflarda qo‘llash yaxshi natija beradi.Undan darsning uy vazifasini so‘rash va yangi mavzuni mustahkamlash bosqichida foydalanish juda yaxshi samara beradi.Ayniqsa, mustahkamlash bosqichida o‘quvchilar yangi mavzuni qay darajada o‘zlashtirganlarini aniqlash uchun 5 ta savoldan iborat test berish mumkin. Uy vazifasini so’rashda 10ta savolli test berish mumkin.


Yüklə 24,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə