Farg’ona davlat universiteti san’atshunoslik fakulteti



Yüklə 65,36 Kb.
səhifə2/3
tarix29.11.2023
ölçüsü65,36 Kb.
#140439
1   2   3
OMONOV

Doston kuylash tartibi. O’zbek dostonchiligida an’anaviy doston kuylash tartibi bor. Odatda, dostonchilik kech kuzdan erta bahorgacha kechqurunlari uyushtirilgan. Baxshi taklif qilingan mehmonxonaga barcha eshituvchilar uning devorlari bo’ylab qator qo’r tashlab o’tirishgan. Baxshini eng to’rga o’tqizganlar. Doston kuylash kichik bir ziyofatdan keyin boshlangan. Baxshi dastlab bir yoki bir necha terma kuylagan. Xorazm baxshilari esa, terma sifatida dostonlardan bo’laklar, Maxtumquli she’rlaridan, pand-nasihatlar bilan bog’liq turli parchalami ijro qilganlar. Xorazmdan bo’lak joylarda esa, ko’p hollarda «Nima aytay?» («Doston terish») termasi bilan auditoriyaga murojaat etilgan. So’ng tinglovchilarning xohishi yoki baxshining tanlashiga ko’ra biror doston ijro etiladi. Odatda, dostonchilik o’tirishlari tongga ulanadi. O’zbek xalq dostonlarining ko’pchiligi bir kun kuylashga mo’ljallangan. «Alpomish»dek monumental asarlar ikki va undan ortiq kechalar ijro etilgan.54
Baxshi ijro davomida dostondagi har bir tasvirga mos so’z va kuy topib, avjga chiqa boradi, o’zlarining ta’biri bilan aytganda, «qaynaydi». O’rni-o’rni bilan eshituvchilarga murojaat etib, ularning diqqatini o’zida saqlab turadi. Avj nuqtalarga* yetganda, baxshining gavda harakatlari, boshini sarak-sarak qilishi, do’mbiraning bir muvozanatda borib-kelishi kuy va so’zga qo’shilib, yaxlit ritmik holat yuzaga keladi. Bunday paytlarda to’rdagi baxshi poygakka, tomosha-bin esa, to’rga chiqib qolganligini hech kim payqamay qoladi. Shu tariqa qo’r tashlab o’tirganlar davrani bir necha marta aylanib chiqishlari mumkin. Baxshi qizib va terlab ketganda, ustidagi yaktaklarini birin-ketin yecha boradi. Baxshining shogirdi yoki davradagi biror kishi vaqt-vaqti bilan unga qaynatilgan va bir oz sovitilgan suv tutib turadi. Baxshi suvdan bir ho’plab, ijroni to’xtovsiz davom ettira beradi.
Dostonni kuylash juda ham qiziqarli o’ringa, avj pardalarga yetganda, yarim tunda dam olish uchun tanaffus e’lon qilinadi. Buni baxshilar «do’mbira to’ntarmoq» deb aytadilar. Bunda baxshi eshituvchilarga yoki o’z do’mbirasiga murojaat tarzida bir necha qistirma misralar to’qib, ijroni to’xtatadi:
Seni uydan olib chiqdim bo’ktarib, Sen yuribsan ulfatingni axtarib, Men qo’yayin seni endi to’ntarib, Yarim kecha haddi bo’ldi, jonivor. Yig’ib opsan ulfatingning jamini, Egang olsin-da bir oz damini. Damin olib aytib berar kamini, Ro’mol yozar vaqti bo’ldi, jonivor...
Shundan keyin baxshi belbog’ini va do’mbirani to’nkarilgan holda qoldirib, tashqariga chiqadi. Bu payt davradagilardan biri baxshi belbog’ini o’rtaga yoyadi. har kim o’z imkoniyatiga yarasha pul yoki biror narsa tashlaydi. Baxshi qaytib xonaga kirguncha, yig’ilgan pul va narsalar tugib qo’yiladi. So’ng dostonning qolgan qismini kuylash davom ettiriladi. Xorazm baxshilari esa, doston ijrosi tugashi bilan «To’yingda qaytsin» kuyini chalib turadi. Davra yoki to’y oqsoqollari bu payt mehmon va mezbonlar o’z xohishi bilan bergan pul yoki buyumlarni yig’ib, baxshiga beradi.
Baxshi taklif qilingan qishloq yoki xonadonda dostonchilik kechalari ba’zan bir necha kun davom etadi. Baxshi ketar paytda uni taklif qilgan sohibi xonadon unga yana qo’shimcha sovg’alar (to’n, sarpo, qo’y, ot va hokazo) berishi mumkin. Shuni aytish kerakki, baxshiga beriladigan sovg’alar hech qachon majburiy va oldindan kelishilgan holda bo’lmaydi. Bu to’la ixtiyoriy bo’lib, haqiqiy xalq baxshilari hech qachon o’z san’atlariga daromad manbayi sifatida qaramaganlar.
Maxsus dostonchilik kechalaridan tashqari to’y-hashamlarda, oila tantanalarida, bayramlarda baxshilarning ishtirok etishi odatdagi hoi edi. XX asr boshlaridan boshlab shaharlarda baxshilar xizmatidan foydalanish yo’qoldi, ularning o’rnini hofizlar va ashulachilar oldi. Qishloqlarda esa dostonchilikning jonU an’analari hozir ham, garchi ancha so’na boshlagan bo’lsa-da, davom etmoqda.
Baxshi tayyorlash o’zining qat’iy an’anaviy tartiblariga ega bo’lgan. Baxshilar qishloqma-qishloq dostonchilik qihb yurgan paytlarida mehnatkashlar orasidagi talantli, qobiliyatli, she’riyatga qiziquvchi yoshlarni tanlaganlar, safaT davomida ularni sinab borganlar, istiqboli borlarini o’z yonlariga tortganlar.
Shogird tayyorlashda barcha o’qitish, o’rgatish ishlari, do’mbira mashqi ham og’zaki ravishda amalga oshirilgan, chunki o’tmishda ustoz o’qish-yozishni bilmaganidek, shogird ham savodsiz bo’lgan. Ahyon-ahyonda uchrab turadigan baxshilarning savodliligi ham bunga monelik qila olmagan. Negaki, xalq dostonlarini eshitish va kuylash orqali og’zaki o’rganish professional ta’limning eng birinchi va asosiy sharti bo’lgan. Dastlab dostonlardagi an’anaviy misralar («Xazon urmay bog’da gullar so’ldimi, So’lgan gulga bulbul kelib qo’ndimi» kabi), umumiy o’rinlar, ya’ni ba’zi bir juz’iy o’zgarishlar bilan ko’pchilik dostonlarda takrorlanadigan parchalar (qahramonga nasihat, uni kuzatuv, otni egarlash va ot ta’rifi, otda safar va jang tasviri kabilar) yodlatilgan. So’ng ayrim olingan bir doston, keyinroq esa, ustoz repertuaridagi asarlar o’rgaiilgan. Ustoz shogirdning improvizatsiya qobiliyatini, ya’ni o’rganilgan an’anaviy misralar, parchalar asosida yangilarini do’mbira bilan tezda to’qiy olish qudratini o’stirishga alohida e’tibor bergan.
O’rgatishning keyingi yillarida ustoz shogirdni o’zi bilan birga dostonchilik yig’inlariga, to’y-hashamlarga olib yuradi. Bunday paytlarda shogird ko’pchilik oldida termalar, dostonlardan parchalar kuylaydi. Shogird ancha pishib qolgach, ustoz auditoriyaning ruxsati bilan o’zi kuylayotgan dostonning davomini unga ayttiradi.
Shogird ustoz repertuaridagi dostonlarning muayyan qismini va baxshilik yo’llarini to’la o’rganib bo’lgach, ustoz uni el oldida sinovdan o’gkazish uchun ziyofat tashkil etadi. Ziyofatga xalq ijodining bilarmonlari, doston shinavandalaritaklifqilinadi. Shogird ular oldida biron dostonni mustaqil ijro etib beradi. Shogird sinovdan muvaffaqiyatli o’tgach, ustoz unga bosh-oyoq sarpo va to’n qilib, ba’zan yangi do’mbira yoki dutor hadya etib, ko’pchilik oldida oq yo’l tilaydi.55 Shogird baxshi nomini ohb, mustaqil dostonchi bo’lsa-da, o’z repertuarini yanada kengaytirish maqsadida ustozi va boshqa yirik xalq shoirlaridan o’rganishda davom etadi.
Demak, bir mahallar shogird bo’lib, ustoz baxshilardan bir necha yillar davomida ta’Um olgan, o’rgangan dostonlarni badiiy silliqlab, yuksaklikka ko’tara olgan dostonchilar, o’z navbatida, yana shogirdlar yetishtiradi. Shu tariqa xalq badiiy ijodida davomiylik yuzaga keigan bo’lib, qachonlardir yaratilgan epik asarlar ustozdan shogirdga, otadan o’g’ilga, avloddan avlodga o’tib, og’zaki ravishda bizgacha yetib keigan.
Dostonchilik maktablari. Epik poeziyaning yaratuvchilari va ijrochilari sinfiy mansubiyatlari, repertuarlarining g’oyaviy yo’nalishlari jihatidan, professor Hodi Zarifov tekshirishlariga ko’ra, ikki guruhga bo’Iinadilar. Bunga sabab o’tmishda turli sinflarning manfaatlariga xizmat qiluvchn baxshilar va ularning o’zlariga xos repertuari bo’lgan.
«Birinchi guruhga saroy shoirlari, qalandar, darveshsifat baxshilar kiradi. Chingizxon huzurida Ulug’ jirchi, To’xtamishxon saroyida Kamolzoda va Jahon Mirza, Xiva xoni Muhammad Rahimxon И huzurida Riza baxshi, Buxoro amiri Nasrullo saroyida Ernazar kabi baxshilar bo’lganligi ma’lum. Xuddi shunday saroy baxshilari tononidan xon-u beklarni madh etuvchi asarlar yaratilgan. Hokim siniga mansub darveshsifat hayot kechirgan baxshilar repertuarida esa, diniy xarakterdagi asarlar asosiy o’rinni egallaydi. O’tmishdagi Juma dostonchilik maktabi vakillari shunday baxshilardandir... O’tmishda yana shunday baxshilar bo’lganki, ular epik asarlar ijro etish bilan birga, parixonlik, duoxonlik ham qilganlar. Bu dostonchilikning nisbatan qadimiy sinkretik bosqichining qoldig’idir... Bu guruh baxshilar yuqori siriflaming qo’llab-quwatlashiga qaramay, xalq o’rtasida e’tibor qozona olmaganlar.
Ikkinchi guruh baxshilar bevosita mehnatkash omma orasidan yetishib chiqqan, uning manfaatlarini himoya qilgan xalq kuychilari bo’lib, xalq yaratgan og’zaki badiiy ijodning eng yaxshi namunalarini saqlagan va demokratik g’oyalarni oldinga surgan dostonchilardir».56 Bunday baxshilarni umumiy g’oyaviy yo’nalish, sinfiy mansubiyat, keng ma’nodagi repertuar birligi, asriy dostonchilik an’analari birlashtirib turadi.
Muayyan doston varianti jamoa va individual ijod birligi jarayonida yuzaga keigan mahsul ekan, unda kuylovchining ijrochilik va ijodkorlik faoliyati asrlar davomida shakllangan og’zaki epik an’analar doirasida namoyon bo’ladi. Bu hoi barcha baxshilar uchun umumiy tomonlarni, muayyan dostonchilik qoliplarini yuzaga keltiradi. Boshqacha qilib aytganda, umumlashgan puxta epik an’ana doirasida ma’lum baxshi yoki baxshilar guruhiga xos alohida ijodiy xususiyatlar, yo’llar. uslublar o’zgachaligi mavjud. Folklorshunoslikda buni shartli ravishda dostonchilik (baxshilik) maktablari deb yuritiladi. Hozirgi kunda o’zbek folklorshunosligida Bulung’ur, Qo’rg’on, Shahrisabz, Qamay, Sherobod, Janubiy Tojikiston, Xorazm kabi poetik dostonchilik maktablari — baxshilik san’atining ajoyib markazlari a’niqlangan.
Bulung’ur dostonchilik maktabi vakillari qahramonlik dostonlarini ijro etish bilan mashhur bo’lganlar. Sodda, yuksak, o’ta an’anaviy, nisbatan arxaik bo’lgan qahramonlik eposi uslubi bu dostonchilarning poetik yo’li hisoblangan.57 Bulung’ur dostonchilik maktabining so’nggi iste’dodli vakili Fozil Yo’ldosho’g’li (1872—1955) hisoblanadi, undan «Alpomish», «Yodgor», «Yusuf bilan Ahmad», «Malika ayyor», «Mashriqo», «Zulfizar», «Balogardon», «Intizor», «Nurali». «Jahongir», «Murodxon». «Rustam», «Shirin bilan Shakar», «Ra’no bilan Suxangul», «Zevarxon» kabi ajoyib dostonlar yozib olingan.
Fozil Yo’ldosh o’g’li XIX asrda Yo’ldosh, Qo’ldosh, Suyar shoir nomi bilan mashhur bo’lgan uch aka-ukaning kattasi Yo’ldosh Mulla Murod o’g’lining shogirdidir. Yo’ldosh shoir mashhur
Yo’ldoshbulbulning shogirdi bo’lgan. O’z navbatida XVIII asming
II yarmida yashagan Muhammad shoir Yo’ldoshbulbulga ustozlik
qilgan. Bu maktab Amin baxshi, Chini shoir, Tovbuzar shoir,
Qurbonbek shoir, Sultonmurod, Yo’ldoshbulbul, Yo’ldosh, Qo’ldosh,
Suyar, Rahimbulbul, Jo’ra, Fozil shoir, Yorlaqab kabi o’nlab
dostonchilarni birlashtirgan. Bu maktab vakillari Farg’ona vodiysidagi
o’zbek dostonchilariga ham ijobiy ta’sir ko’rsatganlar. Epik san’atning
ikkinchi bir muhim markazi qo’rg’on dostonchilik maktabi bo’lib,
uning eng so’nggi iste’dodli vakillari Ergash Jumanbulbul o’g’li
(1868-1937) va Po’lkan shoirlar (1874 - 1941) hisoblanadi. Butalanth
san’atkorlardan «Alpomish», «Yakka Ahmad», «Oysuluv»,
«Kuntug’mish», «Qironxon», «Go’ro’g’liningtug’ilishi», «Yunuspari»,
«Misqol pari», «Gulnor pari», «Xushkeldi», «Hasanxon», «Chambil
qamali», «Dalli», «Ravshan», «Avazxon», «Qunduz bilan Yulduz»,
«Xoldor-xon», «Elomon», «Berdiyorotaliq», «Zamonbek», «Xidirali
elbegi» kabi dostonlar yozib olingan. *
Mang’ishtovdan Nurotaga qadar cho’zilgan silsila tog’larning, ayniqsa, Oqtovning shimoliy va janubiy etaklarida yashagan va shu yerlarda yetishgan xalq shoirlari Qo’rg’on dostonchilik maktabiga mansubdir. Bu baxshilarning deyarli ko’pchiligi Qo’rg’on qishlog’ida tarbiya topgan va haqli ravishda o’z ustozlarini bu ajoyib shoirlar qishlog’i bilan bog’laydilar. Ergash Jumanbulbul o’g’lining ota-bobolari asos solganligi taxmin qilingan bu maktab Yodgor, Lafas, Mulla Tosh, Mulla Xolmurod, Sulton kampir, Tilla kampir, Jolmon baxshi, Bo’ronbaxshi, Bo’ron shoir, Jumanbulbul, Yorlaqab, Jassoq baxshi, Qulsamad baxshi, Ergash shoir, Po’lkan shoir, Bo’ta baxshi, Egamberdi baxshi, Mardi baxshi, Rahmatulla kabi o’nlab dostonchilarni birlashtiradi. Bu baxshilar ishqiy-romanik dostonlarga ko’proq e’tibor berganlar. O’ziga xos chuqur lirizm, chiroyh tasvirlar, she’riy bezaklar, tafsilotlarni atroflicha ishlash, noziklik va jimjimadorlik qo’rg’on dostonchilik maktabi uslubining asosiy belgilaridir. Bu hoi uning ma’lum ma’noda yozma adabiyot ta’siriga uchraganligmi ko’rsatadi.58
XIX asrda mavjud bo’lgan yana bir epik markaz Shahrisabz dostonchilik maktabidir. Bu maktabning so’nggi namoyandasi Abdulla Nurali o’g’li (1874 -1957) XIX asrning yirik dostonchisi Rajab shoirning shogirdidir. Bu baxshilar dostonlarni sho’x, quvnoq, ko’tarinki ruhda aytishlari, kuylarining yoqimliligi bilan ajralib turadilar.
Atoqli xalq shoiri Islom Nazar o’g’li (1874 — 1953) Narpay dostonchilik maktabining vakilidir. U XIX asrning ulkan dostonchisi Rajab shoirning shogirdi bo’lgan. Talantli xalq shoiri Nurmon Abduvoy o’g’li ham (1862 — 1940) shu maktabga mansubdir. Ulardan yozib olingan «Orzigul», «Sohibqiron», «Erali va Sherali», «Zulfizar bilan Avazxon», «Gulixiromon», «Kuntug’mish» kabi dostonlarga nazar tashlar ekanmiz, bu maktab vakillari xalq dostonlarining demokratik asoslarini yanada kengaytirganliklarining guvohi bo’lamiz.
O’zbekistonning janubida yashovchi ko’pgina baxshilar Sherobod dostonchilik maktabi bilan bog’liqdir. XIX asrning II yarmi va XX asr boshlarida yashagan bu maktabning mashhur vakili Shernazar Beknazar o’g’li bir qancha shogirdlar yetishtirgan. Mardonaqul Avliyoqul o’g’li, Umir Safar o’g’li, Normurod baxshi, Ahmad baxshi, Nurali Boymat o’g’li, Mamadrayim baxshi, Bo’riboy Ahmad o’g’li, Yusuf O’tagan o’g’li kabi o’nlab dostonchilar shu maktabga birlashadi va ulardan bir qancha dostonlar yozib olingan. Bu baxshilar repertuariga nazar tashlar ekanmiz, dostonchilikning nisbatan quyi bosqichlariga, badiiy tafakkurning uncha rivojlanmagan shakllariga duch kelamiz. Surxondaryo, Qashqadaryo, ba’zan Janubiy Tojikiston baxshilari o’zaro doimiy aloqada bo’lgan va ularning ko’pchiligi Sherobod bilan bog’lanadi. Bu maktab vakillari repertuaridagi ayrim dostonlar (masalan, «Oltin qovoq», «Malla savdogap>, «Ollonazar Olchinbek» kabilar) boshqa joylardagi baxshilar repertuarida uchramaydi.
Janubiy Tojikistonda yashovchi o’zbek-laqay baxshilari ham repertuari, badiiy tasvir vositalari jihatidan o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bu baxshilar Jorubqo’l qishlog’i bilan bog’liq. Bu yerda XIX asrning II yarmi va XX asr boshlarida haybat Shamol o’g’li, Qunduz soqi degan mashhur dostonchilar o’tgan. hozir ham ularning davomchilari bor. O’zbek-laqay baxshilari repertuarining asosiy qismini «Go’ro’g’li» dostonlari turkumi tashkil etadi. Bu dostonlar o’zlarining nihoyatda mo’jazligi bilan ajralib turadi.
Xorazmdagi o’zbek dostonchilik san’ati boshqa maktablarga mansub baxshilar uslubidan jiddiy farq qiladi. Bu yerda so’z improvizatsiyasi asosiy rol o’ynamaydi, matn torn ma’noda variant bermaydi, balki musiqa yetakchilik qiladi. Ko’pchilik hollarda yozma manbaga ega Xorazm dostonlarining ba’zan aytuvchi qo’lida qo’lyozma matni ham bo’ladi. Xorazmda epik asarni baxshining bir o’zi yakka ijro etish bilan birga, jamoa ijrochiligi ham keng tarqalgan. Bunda uch-besh kishidan iborat ustoz baxshi rahbarligida ijrochilar jamoasi tuziladi. Dostonni ustoz dutorda boshlaydi, qolganiari unga g’ijjak va balomon bilan jo’r bo’ladilar. Naqarotni esa hammasi birgalikda ijro etadi.
Xorazm baxshilarining kuylari ko’p va xilma-xildir. Dostonning har bir qo’shig’i muayyan kuyda ijro etiladi. Dostonchilar bularni baxshi yo’llari yoki baxshi na’malari deb yuritadilar.
Xorazm dostonchiligi repertuar tarkibi jihatidan ham o’ziga xos xususiyatlarga ega. Masalan, bu yerda qahramonlik dostoni «Alpomish» uchramaydi, aksincha, Xorazm baxshilari repertuaridagi ishqiy-romanik dostonlarning aksariyati respublikamizning boshqa yerlarida mavjud emas.

Yüklə 65,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə