Farg’ona davlat universiteti san’atshunoslik fakulteti



Yüklə 65,36 Kb.
səhifə1/3
tarix29.11.2023
ölçüsü65,36 Kb.
#140439
  1   2   3
OMONOV




FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI SAN’ATSHUNOSLIK FAKULTETI
VOKAL VA CHOLG’U IJROCHILIGI YO’NALISHI 21.26-GURUH TALABSI OMONOV KAMOLIDDINNING XALQ MUSIQIY IJODIYOTI FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI

DOSTON
REJA:

1. Doston atamasining izohi va janr tabiati.


2. Dostonlaraing shakliy belgisi va mazmuniy mundarijasi.
3. Dostonchilik-professional san’at turi.

«Doston» so’zi qissa, hikoya, sarguzasht, ta’rif va maqtov ma’nolarida ishlatiladi. Adabiy atama sifatida u xalq og’zaki ijodi va yozma adabiyotidagi yirik hajmli epik asarlarni angiatadi. Biroq yozma va og’zaki adabiyotdagi dostonlar hayotni tasvirlash vositalari va usullari jihatidan bir-birlaridan jiddiy farq qiladi. Xalq og’zaki ijodida doston o’tmish zamonlar to’g’risida qahramonlik ideaiizatsiyasi ko’lamidagi hikoyalar, rivoyatlardir.50 V.M.Jirmunskiyning yanada aniqroq ifodasiga ko’ra, «Epos — bu xalqning qahramonlik ideaiizatsiyasi ko’lamidagi jonli o’tmishidir. Uning ilmiy-tarixiy qimmati, ayni paytda juda katta ijtimoiy, madaniy-tarbiyaviy ahamiyati ham shundadir».51 M.Saidovning ta’kidlashicha, doston murakkab san’at asari bo’lib, uning doston boiishi uchun adabiy matn, musiqa bo’lishi, kuylovchi hofizlik san’atini puxta egallagan va soz cherta bilishi zarur."
Bu ta’riflarda qarama-qarshilik yo’q va biri ikkinchisini to’ldiradi. Birida dostonning epik voqelikka munosabati nazarda tutilsa, ikkinchisida folklorning spesifikasi, dostonlarning sinkretik xarakteriga e’iibor beriladi. V.M.Jirmunskiy va H.T.Zarifovlarning ta’rifida xalq dostonlarining bosh xususiyati, M.Saidov nazarda tutgan adabiy matnning asosiy belgisi, ya’ni dostonlarning mazmunan qahramonlik xarakteriga ega bo’lishi va ular afsonaviy bahodirlar, ulug’ shaxslar haqida epik idealizatsiya doirasida to’qilgan rivoyaviy asarlar ekanligi birinchi o’ringa qo’yilgan. Bu ta’rifda dostonning o’tmish bilan, xalq tarixi bilan mahkam bog’liqUgi ham o’ziga xos ravishda hisobga olingan. Chindan ham dostonlarda tarixni xalqona tushunish, uni jonlantirish mavjud. Ularda xalqimiz boshidan kechirgan ijtimoiy-siyosiy voqealaming, etnik birlik va mustaqillik uchun olib borilgan kurashlarning tarixiy mohiyati badiiy bayon etilgan. Shunday qilib, dostonlar haqiqiy va ideal tarix birlashib, chatishib ketgan olamshumul voqealarni tasvirlagan, xalqimizning axloqiy, falsafiy, diniy qarashlarini, hayoti, urf-odatlari va maishatini qomusiy bir tarzda ifodalagan o’tmish yodnomalaridir.
Dostonlarda tarixiy voqelik xalq fantaziyasi asosida umumlashgan obrazlarda o’z ifodasini topadi. Binobarin, ularda epik umumlashtirish hukmronlik qiladi. Bunday umumlashtirish xalqning ijtimoiy adolat haqidagi ideallari va orzu-umidlari bilan yo’g’rilgan. Demak, dostonga epiklik, monumentallik xos bo’lib, kompozitsion va sujet qurilishi jihatidan murakkab voqea-hodisalarni qamrab oladi. Bunday voqea va hodisalar mazmunan qahramonlik xarakteriga ega bo’lib, ular xalq idealidagi bahodir atrofiga birlashtiriladi. Favqulodda kuch-qudratga ega bunday yakka shaxslarda butun bir xalqning orzu-umidlari, imkoniyat va intilishlari mujassamlashgan. Xalq dostonlarining jam xususiyatlari uning o’ziga xos uslubi va badiiy shaklini belgilaydi, ya’ni kuy va ijro bilan mahkam bog’liq bo’lgan yirik hajmli va keng ko’lamli dostonlarning poetik bayoniga ko’tarinkilik, tantanavoriik, an’anaviylik, she’riy va prozaik qismlarning davomiy almashinib kelishi xosdir.
O’zbek xalq dostonlari juda uzoq tarixiy taraqqiyot bosqichlarini bosib o’tdi. Uning eng qadimgi namunalarn saqlanib qolmagan. O’tgan asrda yozib olingan dostonlargina bu janrning ko’p davrlar osha xalq baxshilari hofizasida og’zaki ravishda muayyan o’zgarishlar bilan bizgacha yetib kelganligidan dalolat beradi. Shuning uchun ham ularni xalq baxshilari faoliyatidan ajratib o’rganish mumkin emas.
Baxshilar. Xalq og’zaki ijodining yuksak professional san’at turi — doston va dostonchilikning paydo bo’lishi, taraqqiyoti baxshilar nomi bilan bog’liqdir. H.T.Zarifovning yozishicha, baxshi mo’g’ulcha va buryafcha baxsha, bag’sha so’zlaridan olingan bo’lib, ustod, ma’rifatchi degan ma’nolarni beradi. O’zbekiarda baxshi — keng ma’noda xalq dostonlarini kuylovchi, yodda saqlovchi va nasldan naslga o’tkazuvchi san’atkor. Xalq orasida baxshi so’zi turli xarakterdagi ikki vazifani bajaruvchi shaxsga nisbatan qo’llangan. Ko’pjoyda professional dostonchi, ayrim joylarda afsungarlik, folbinlik. shamanlik qiluvchi shaxsga nisbatan ishlatilgan. Uzoq o’tmishda bu ikki vazifani bir shaxs bajargan. Keyinchalik esa, kasbda muayyan ajralish yuzaga kelgan. Ko’pjoyda esa, ikkinchi vazifani bajaruvchi shaxs qushnoch, duoxon, kinnachi kabi turli-tuman so’zlar bilan ifodalanadi. Ba’zi turkiy xalqlarda bunday farqlanishni yanada yaqqolroq ko’ramiz. Masalan, baxshi — turkmanlarda professional dostonchi, qozoq va qirg’izlarda afsungar, duoxon, folbin. Ammo bizga malum o’zbek baxshilari va ularning ustozlari baxshilik san’atini turli afsungarlik yordamida kasal boquvchilik vazifasi bilan qo’shib olib bormaganlar. Biroq dostonchilik san’atini kasal boquvchilik duoxonlik bilan qo’shib olib boruvchi baxshilar haqida ayrim ma’lumotlar borki, uzoq o’tmishda boshqa ko’pchilik xalqlar ijodkorlari kabi o’zbek dostonchilari ham bu ikki vazifani barobar bajargan bo’lishlari kerak. Bir qator baxshilarning hozir ham o’z san’atlarini sir tutib, uni «ilohiylashtirishlari», baxshilik san’ati haqida xalq orasida mavjud bo’lgan turli-tuman afsonalar buni yanada tasdiqlaydi.
Xalq dostonchilarini O’zbekistonning ayrim yerlarida baxshi so’zidan boshqa nomlar bilan ham yuritiladi. Masalan, Surxondaryo va Qashqadaryoning ayrim joylarida yuzboshi, Janubiy Tojikiston o’zbeklari orasida soqi, Surxondaryo va Janubiy Tojikistonning ayrim joylarida sozanda, Farg’ona vodiysida sanovchi, ayrim tumanlarda jirov, jirchi, oqin, oxun va hokazo.
O’zbekiarda xalq dostonchisini shoir deb atash ham keng tarqalgan. Shoir arabcha so’z bo’lib, poetik asarlar ijodkori bo’lgan yozma va og’zaki adabiyot vakillariga nisbatan qo’llaniladi. Xalq ijodida badihago’y ijodkorlar, epik an’ana doirasida o’zlarining yangi-yangi variantlarini, hatto yangi dostonlarni ham yarata oladigan baxshilar shoir deb ataladi. Masalan, Ergash shoir, Fozil shoir, Islom shoir, Po’lkan shoir va boshqalar.
Baxshilar xalq dostonlarini biror sozda, ko’p yerlarda do’mbira, ayrim joylarda qo’biz yoki dutorda kuylaydilar. Xorazm baxshilari esa dostonlarni, asosan, dutorda ijro etadilar, ularga g’ijjak va balomonda sozandalar jo’r bo’ladi. 30-yillarda Xorazm baxshilari dostonlarni tor va rubobda kuylay boshladilar. Shu munosabat bilan ayrim baxshilar ansamblida g’ijjak o’rniga skripkadan foydalanish, ansamblga doirachi, hatto o’yinchi olib kirish hollari bo’ldi. Bola baxshi va uning ansambli bunga misol bo’ladi. Xorazmda ba’zan epik asarlar yoki ularning parchalarini garmonda ijro etish hollari ham mavjud. Bunday hollarda ularni baxshi emas, balki sozchi deb yuritilgan. Masalan, Qurbon sozchi, Qodir sozchi va boshkalar. Sozchilar epik asarlami to’la ijro etishdan ko’ra, undan parchalar, termalar va o’zlari yaratgan asarlami kuylashga alohida e’tibor berganlar.
Demak, epik asarlami elga yetkazishda O’zbekistonning deyarli barcha yerlarida yakka ijrochilik hukmron bo’lsa, Xorazmda, asosan, jamoaviy ijrochilik yetakchilik qiladi. Ijro davomida dostonlarning she’riy qismlari kuylansa, prozaik o’rinlari baxshilarning o’zlariga xos ifodali tilda bayon etiladi.
Xorazmda epik asarlami, ulardan olingan parchalar va ayrim termalami kuylovchi ijodkorlarning yana bir turi xalfalar, deb yuritiladi. Xalfachilik, asosan, ayollar orasida keng tarqalgan.
Xalfachilik san’ati ikki xil: a) ansamblli xalfalar; b) yakka xalfalar. Ansamblli xalfalar uch kishidan iborat. Ya’ni ustoz xalfa (ayni vaqtda garmon chaladi va ashula aytadi), doirachi (ashulaga jo’r bo’ladi, ba’zan raqsga tushadi) va o’yinchilar (raqsga tushadi, qayroq bilan o’ynaydi, yalla va lapar aytadi, ba’zan doira chaladi) birlashib, ansamblni tashkil etadilar. Bu tip xalfalar xalq dostonlarini, ulardan olingan parchalami, to’y qo’shiqlarini, lapar va yalialarni, o’zlari yaratgan yoki boshqa ijodkorlar asarlarini garmon va doira jo’rligida kuylaydilar. Bibi shoira, Xonimjon xalfa, Ojiza, Onajon Safarova, Nazira Sobirova kabilar shunday xalfalardandir.
Yakka xalfalar doston va qo’shiqlarni sozsiz ijro etadilar. Ular dostonlarni yoddan yoki qo’lyozma va kitobdan yoqimli ohangda o’qish, «Yor-yon>, «Kelin salom», «Muborak» kabi to’y qo’shiqlarini ijro etish bilan shuhrat qozonganlar. Roziya Matniyozov qizi, Saodat Xudoyberganova, Poshsho Saidmamat qizi, Ambarjon Ro’zimetova, Anorjon Razzoqova kabilar yakka holda xalfachilik qilganlar.
Xalfalar ko’proq «Oshiq G’arib va Shohsanam», «Oshiq Oydin», «Asilxon», «Hurliqo va Hamro», «Qumri», «Qissayi Zebo», «Tulumbiy», «Zavriyo», «Durapsho», «Bozirgon», «Xirmon dali» kabi dostonlarni, Maxtumquli she’rlarini, turli marosim qo’shiqlarini va o’zlari yaratgan asarlarni ijro etadilar. Ular mahalliy xalqning barcha to’y-hashamlarida, turli marosimlarda, ayollar yig’inlari va bayramlarda qatnashadilar, to’y va marosimlami boshqaradilar. Xalfachilik ayollar san’ati sifatida Xorazm vohasida shu kunlarda ham keng davom etmoqda.
O’tmishda epik asarlarni xalqqa yetkazuvchilar qatorida qissaxonlar ham bo’lgan. Qissaxonlar xalq dostonlarining qayta ishlangan nusxalarini, qiziqarli tarjima hikoyalarni, mumtoz adabiyot namunalaridan «folklorlashtirilgan» variantlarni, turli xil jangnomalarni choyxonalarda, turli yig’inlarda, xalq to’plangan joylarda yodaki aytganlar yoki qo’lyozma va bosma matn asosida o’zlariga xos ohangda o’qiganlar.
Qissaxonlar «Rustami Doston», «Tohii* va Zuhra», «Hikoyati Go’ro’g’li sulton», «Bahrom va Gulandom» kabi dunyoviy qissalarai ijro etish bilan birga, ko’proq diniy mazmundagi asarlarni ham o’qib yurganlar. Ayrim hollarda eng qobiliyath qissaxonlarning o’zlari qissa tuzishgacha, ba’zan yangi asarlar yaratishgacha ko’tarilganlar, aytayotgan asarlariga ijodiy yondashganlar.
O’tmishda qissaxonlik shahar joylarda keng rivojlangan bo’lib, keyingi vaqtlarda, umuman, uchramaydi. Hodi Zarif, Buyuk Karimov, Mansur Afzalov, Muzayyana Alaviya, Jumaniyoz Qobulniyozov, Muhammadnodir Saidov singari olimlarning tadqiqotlari shuni ko’rsatadiki, XIX asr va XX asr boshlarida o’zbek baxshilari repertuarida yuz ellikka yaqin doston bo’lgan. Folklorshunoslarimiz ulardan yuzga yaqinini (variantlari bilan to’rt yuzdan ortiq) yozib oldilar.
O’tgan asrda ikki yuzdan ortiqroq dostonchi aniqlandi va ro’yxatga olindi. Ulardan Jumanbulbul, Jassoq, Bo’ron shoir, Jolmon baxshi, Sulton kampir, Tilla kampir, Xonimjon xalfa, Bibi shoira, Suyav baxshi, Amin baxshi, Yo’ldoshbulbul, Sultonmurod, Qurbonbek, Xidir shoir, Yo’ldosh shoir, Suyar shoir, Sherna yuzboshi, Haybat soqilar xalq orasida shuhrat qozongan. Ergash Jumanbulbul o’g’li, Fozil Yo’ldosh o’g’li, Po’lkan shoir, Islom Nazar o’g’li, Umir shoir, Abdulla shoir. Xolyor Abdukarim o’g’li kabi yetuk shoirlar baxshichilikdagi juda boy an’analar asosida muhim voqealarni tasvirlovchi yigirmadan ortiq yangi dostonlar yaratdilar.
Baxshi o’zlashtirgan va ijodiy tarzda kuylab kelgan barcha asarlar uning repertuarini tashkil etadi. O’zbek xalq baxshilari repertuari janr e’tibori bilan nihoyatda cheklangan. Ular folklorning faqat ikki janridagi asarlarni, ya’ni termalar va dostonlarni kuylab kelganlar. Baxshilar terma va dostondan boshqa asarlar (ertak, qo’shiq, latifa va shu kabilar) ni bilsalar ham, ularni aytmaganlar. Mabodo biror dostonning mazmunini hikoya qilib bersalar, uni «ertak qilib aytish» deb hisoblaganlar. Biroq bunday aytish professional dostonchi uchun odatdagi hoi emas. Shuni aytish kerakki, ayrim dostonlar bizgacha faqat, mazmunlari orqaligina yetib kelgan. Masalan, «Oysuluv» dostoni shunday asarlardandir.
Baxshilar repertuarining hajmi ham bir xil emas. Odatda, oddiy baxshilar besh-o’nta doston bilganlar. Shunda ham bir-ikki dostonni yaxshi kuylaganlar. Eng qobiliyatli, talantli, yuksak hofiza quwatiga ega bo’lgan ijodkorlar repertuarida o’ttiz-qirq va hatto undan ortiq doston bo’lgan. Ergash shoir, Fozil shoir, Po’lkan shoir, Islom shoirlar shunday dostonchilardan edi. Ular qator epik asarlarni mahorat bilan kuylaganligi uchun bunday dostonlarning ko’pchiligi ularning nomi bilan abadiy bogianib qoldi. Masalan, «Alpomish» deganda, beixtiyor ko’z o’ngimizda Fozil Yo’ldosh o’g’li; «Ravshan» deganda, Ergash Jumanbulbul o’g’li; «Orzigul» deganda, Islom shoir namoyon bo’ladi. Favqulodda xotira qudratiga ega bo’lgan Po’lkan shoir yetmishdan ortiq dostonni yod bilar edi. Har bir doston ikki-uch ming satrdan tortib, o’n-o’n besh, hatto yigirma ming misragacha she’rni, qariyb shuncha prozaik qismni ham o’z ichiga olishini hisobga olinsa, xalq baxshilarining salohiyati, hayratomuz yodlash va esda saqlash qobiliyati, ijod qilish qudrati o’z-o’zidan ayon bo’ladi. Hodi Zarifov xalq baxshilarining esda saqlash va ijod qilish qobiliyatini ko’rsatish uchun shunday bir misolni keltiradi: Atoqli xalq shoiri Ergash Jumanbulbul o’g’li 1922-yilda Toshkentda bosilib chiqqan qozoqcha «Qiz-jibek» dostonini ikki marta o’qib chiqqach, bir oydan keyin unga o’zining ijodiy unsurlarini qo’shgan holda qaytadan o’zbek tilida deyarli aynan aytib va yozib beradi. Baxshilarning esda saqlashi uchun bir asarni bir-ikki o’qib berishning o’zi kifoya edi."

Yüklə 65,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə