Fargona davlat universiteti



Yüklə 260,22 Kb.
səhifə4/5
tarix30.05.2023
ölçüsü260,22 Kb.
#114227
1   2   3   4   5
Презентация1

Psixologik nazariya. Iqtisodiyotning siklli rivojlanishini tushuntirishda iqtisodiy nazariyalar bilan bir qatorda psixologik nazariyalar ham keng o‘rin olib bormoqda. Psixologik nazariya tarafdorlariga J.M.Keyns, U.Mitchell, F.Xayek va boshqalarni kiritish mumkin. Ularning fikricha, insondagi optimizm va pessimizm faoliyat aktivligiga obyektiv iqtisodiy omillar: foiz me’yori, pul oqimi, foyda va boshqalar ta’sir ko‘rsatib, buning natijasida ishlab chiqarishning qisqarishi yoki kengayishi ro‘y beradi.
Kreditning kengayishi, talab va ishlab chiqarishning o‘sishi odamlarning kayfiyatini ko‘taradi va aksincha. Bundan tashqari kishilar borgan sari likvidligi yuqori bo‘lgan pul jamg‘arishga moyilligi ortib borishi va o‘z navbatida iqtisodiy rivojlanishga ta’sir etishini ko‘rsatishadi. Hozirgi zamon iqtisodiy fanida iqtisodiy siklning 1380 dan ortiq turlari mavjudligi ta’kidlanadi.
Kitchin sikli zaxiralar sikli deb ham nomlanadi. Bunda Jozef Kitchin (1926 y.) o‘zining e’tiborini tovar zaxiralarining harakat chog‘idagi moliyaviy hisoblar va sotish narxlarini tahlil qilish asosida 2 yildan 4 yilgacha davr davomidagi qisqa to‘lqinlarni tadqiq qilishga qaratadi. Ayniqsa, u siklning davomiyligini jahondagi oltin zaxiralarining tebranishlari bilan bog‘lab, uni 3 yilu 4 oyga teng, deb hisoblaydi. Biroq qisqa muddatli sikllar sabablarining bunday izohi bugungi kunda ko‘pchilik iqtisodchilarni qoniqtirmaydi.
Juglar sikli «biznes-sikl», «sanoat sikli», «o‘rtacha sikl» va «katta sikl» kabi nomlar bilan ham ataladi. Oldingi davrlarda iqtisodiy fan 7-12 yillik sikllarni ajratib ko‘rsatganligi tufayli, aynan shu sikl Fransiya, Angliya va AQShda foiz stavkalari va narxdagi tebranishlarni asosiy tahlil qilish asosida sanoat siklining tabiatini o‘rganishga katta hissa qo‘shgan Klement Juglar (1819-1905 yy.) nomi bilan ataladi.
Birinchi sanoat sikli 1825yili Angliyada metallurgiya va boshqa yetakchi tarmoqlarda mashinali ishlab chiqarish hukmron mavqeni egallagan davrda kuzatiladi. 1836 yildagi inqiroz dastlab Angliyada boshlanib, keyin AQShga ham tarqaladi, 1847-1848 yillarda AQShva qator Yevropadavlatlarida boshlangan inqiroz tub mohiyatiga ko‘ra birinchi jahon sanoat inqirozi bo‘lgan.
Agar XIX asrda sanoat sikli 10-12 yilni tashkil qilgan bo‘lsa, XX asrda uning davomiyligi 7-9 yil va undan ham kam davrgacha qisqargan.
AQShva Yevropaning rivojlangan davlatlari XX asrda 12 ta sanoat siklini boshdan kechirgan bo‘lib, ulardan ettitasi ikkinchi jahon urushidan keyin ro‘y bergan.

Yüklə 260,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə