Farmakologiya


Tibbiyotda ko‘proq effektor a’zolar adrenoretseptorlariga ta’sir etuvchi vositalar qo‘llaniladi. Bu vositalar ikkiga bo‘linadi



Yüklə 17,97 Mb.
səhifə37/333
tarix18.09.2023
ölçüsü17,97 Mb.
#122324
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   333
Фармак.дарслик.охирги.21.04.18 (1)

Tibbiyotda ko‘proq effektor a’zolar adrenoretseptorlariga ta’sir etuvchi vositalar qo‘llaniladi. Bu vositalar ikkiga bo‘linadi:

  1. Adrenomimetiklar (adrenoretseptorlarni qo‘zg‘atuvchi vositalar)

  2. Adrenoblokatorlar (litiklar)-adrenoretseptorlarni qamal qiluvchi vositalar.

Ta’sir etish joyi va tabiatiga asoslanib adrenergik sinapslarga ta’sir ko‘rsatuvchi vositalar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:

  1. Adrenoretseptorlariga bevosita ta’sir etuvchi moddalar:

a) bevosita ta’sir etuvchi adrenomimetiklar-NA, adrenalin;
b) adrenoblokatorlar-fentolamin, anaprilin va boshqalar.

  1. Adrenoretseptorlariga bilvosita ta’sir etuvchi moddalar:

a) bilvosita ta’sirli adrenomimetiklar (simpatomimetiklar)-tiramin, efedrin;
b) bilvosita ta’sirli adrenolitiklar (simpatolitiklar)-oktadin,rezerpin, ornid.
Adrenoblokatorlar va adrenomimetiklarning α va β adrenoretseptorlarga tanlab ta’sir ko‘rsatishini inobatga olib, ular quyidagi guruxlarga bo‘linadi:
Adrenomimetik vositalar:

  • α va β adrenoretseptorni qo‘zg‘atuvchilar
    adrenalin gidroxlorid (β1, β2, α1, α2)
    noradrenalin gidrotartarat (α1, α2, β1)

  • asosan α adrenoretseptorlarni qo‘zg‘atuvchilar
    mezaton (α1), naftizin (α2), galazolin (α2)

  • asosan β adrenoretseptorlarni qo‘zg‘atuvchilar
    izadrin (β1, β2), salbutamol (β2), terbutalin (β2), dobutamin (β1), fenotdiol (β2).

Adrenolitik (adrenoblokator) vositalar:

  • α– adrenoretseptorlarni qamal qiluvchi vositalar (α –adrenoblokatorlar) tropfen (α1, α2) prazozin (α1), fentolamin (α1, α2), digidroergotoksin (α1, α2)

  • β- adrenoretseptorlarni qamal qiluvchi vositalar (β-adrenoblokatorlar) anapirlin (β1, β2) metoprolol (β1), oksiprenolol (β1, β2), talinolol (β1).

  • α va β- adrenoretseptorlarni qamal qiluvchi vositalar (α, β adrenoblakotorlar) mavlol, labetalol (β1, β2, α1).


Yüklə 17,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   333




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə