Farmakologiya


Ingalyasion narkoz uchun ishlatiladigan vositalar



Yüklə 17,97 Mb.
səhifə45/333
tarix18.09.2023
ölçüsü17,97 Mb.
#122324
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   333
Фармак.дарслик.охирги.21.04.18 (1)

Ingalyasion narkoz uchun ishlatiladigan vositalar


Bu guruhga engil uchuvchan suyuqliklar va gazsimon moddalar kiradi. Ularni maxsus narkoz apparatlari bilan nafas yo‘llari orqali organizmga kiritiladi (intubatsion va maska yordamida). Bunda narkotik moddalar diffuziya yo‘li bilan o‘pka orqali qonga o‘tadilar. Preparatning adsorbsiyasi nafas olinayotgan havodagi konsentratsiyasi, nafasning hajmi va tezligi, alveolalarning yuzasi va o‘tkazuvchanligi, o‘pkadagi qon aylanish tezligiga bog‘liqdir. Narkoz holatining yuzaga kelish vaqti qonda narkotik vosita konsentratsiyasining ortishiga bog‘liq. Narkoz vositalari o‘pka orqali (ayniqsa gazsimon narkotiklar) chiqariladi.

Uchuvchan suyuq narkotik vositalar


Efir
(dietil efir) kuchli narkotik bo‘lib, ta’sir kengligi katta, kam zahar. U bilan chaqiriladigan narkoz oson boshqariladi. Lekin bemorlarning efir ta’siriga sezuvchanligi turlicha. Odatda nafas yo‘llariga kirayotgan havoda efirning konsentratsiyasi 2-12 hajm % bo‘lganda narkoz rivojlanadi va u quyidagi 4 ta bosqichdan iborat:

  1. Analgeziya bosqichi (algos-og‘riq). 2-3 daqiqa davom etadi. Bunda miyaning pustoq qavati va retikulyar formatsiya faolligi keskin susayadi va sezuvchanlik (ayniqsa org‘iqni) yo‘qoladi. Es-xush saqlanadi, ya’ni bemor savollarga javob beradi, sanashi mumkin, atrof-muhitni sezish buziladi. SHartsiz reflekslar saqlangan bo‘ladi. Nafas olish, yurak urishi, qon bosimi deyarli o‘zgarmaydi, lekin xotira (amnesia) yo‘qoladi. Og‘riq sezish keskin kamayganligidan (yoki butunlay yo‘qolganligidan) qisqa muddatli jarrohlik muolajalarini o‘tkazish (masalan, chipqon, absesslarni yorish, yopishib qolgan boylamlarni ajratish, iplarni olish va boshqalar).

  2. Qo‘g‘alish bosqichi miyaning po‘stloq qavati falajlanishi tufayli quyidagi joylashgan markazlarini boshqaruvchi subordinatsiya mexanizmining susayishidan kelib chiqadi, ya’ni po‘stloq qavatining po‘stloq osti markazlarini tormozlovchi ta’siri yo‘qoladi va po‘stloq osti markazining qo‘zg‘alishi yuzaga keladi. Es-xush butunlay yo‘qoladi. Bemorlarda nutq va harakatning kuchli qo‘zg‘alishi kuzatiladi. (baqirish, xaqorat qilish, ashula aytish, yig‘lash va hokazo). Mushaklar kuchi ortadi. Yo‘tal va qayt qilish refelekslari kuchayadi. Nafas olish va yurak urishi tezlashadi. Qon bosimi bir tekis bo‘lmaydi. Orqa miya reflekslari kuchayib ketadi. So‘lak va yuqori nafas yo‘llari bezlarining sekretsiyasi kuchayadi. YUrak va nafas olish to‘xtashi mumkin. Bu bosqich 10-20 daqiqa davom etadi.

  3. Jarrohlik narkoz bosqichida es-xush, og‘riq sezish, reflekslar keskin susayadi. Yuzaki narkoz davridayoq bradikariya, ravon nafas olish va turg‘un qon bosimi kuzatiladi. Efir konsentratsiyasining qonda oshishiga mos ravishda narkoz chuqurlashadi: miorelaksatsiya yuzaga keladi, qon bosimi asta sekin pasayadi, qorachiq kengayadi. Bu bosqichni kerakli vaqtgacha ushlab turish mumkin, lekin efir berish to‘xtatilsa, asta-sekin uyg‘onish davri boshlanadi (taxminan20-40 minutdan keyin). Lekin MNSning faoliyati yana bir necha soat tiklanmaydi. Uning tiklanishi falajlanish tartibiga teskari bo‘lib, eng oxiri og‘riq sezish asliga qaytadi. Analgeziya uzoq vaqt saqlanadi. Narkozdan keyingi davrda bronxopnevmoniya, qayt qilish yuzaga kelishi mumkin. Odatda bu davrda bemorlar uzoq vaqt uxlaydilar (narkozdan keyingi uyqu).

  4. Agonal bosqich narkotik moddaning organizmda katta miqdorda yig‘ilganligidan va shu tufayli nafas va qon aylanish markazlarining falajlanganligidan kelib chiqadi. Qon bosimi pasayadi, qorachiq kengayadi. Asfiksiya. Nafas olish va yurak urishi to‘xtaydi.

Efir ta’sirida qonda adrenalin miqdori oshadi, atsidoz rivojlanadi (keton tanachalari oshadi). Buyrak faoliyati susayadi. Efir mahalliy qitiqlash xususiyatiga ega. Oson alangalanadi. Havo bilan aralashmasi portlaydi. Demak efirning yaxshi va noxush xususiyatlari bor.
Ftorotan -(galotan)-tarkibida ftor atomi bo‘lgan alifatik birikma bo‘lib, narkotik ta’siri efirnikidan 3-4 marta kuchli, narkotik kengligi efirnikiday. Narkoz 3-5 daqiqadan keyin boshlanadi. Qo‘zg‘alish bosqichi qisqa bo‘lib, nutq va harakatning ortishi sust bo‘ladi. Ftorotan miqdori 4 hajm % bo‘lgan aralashmadan nafas olinganda narkoz tez rivojlanadi va uni 0,5-2,5 hajmi % miqdorida davom ettiriladi. Narkozni boshqarish engil. Etarli darajada mushaklarning bo‘shashi kuzatiladi. Simpatik gangliyalar va qon aylanish markazni qamal qilganligidan qon bosimi pasayadi. Ftorotan berish to‘xtatilsa 5-10 daqiqadan so‘ng bemor uyg‘onadi, ya’ni efirnikidan kam vaqtda. Bundan tashqari narkozdan keyingi uyqu davomsiz bo‘ladi, so‘lak, nafas yo‘llari va oshqozon bezlarining sekretsiyasini kuchaytirmaydi. Lekin ftorotan ta’sirida miokardning adrenalinga sezuvchanligi ortib, aritmiya chaqiradi. Ko‘ngil aynash, qayt qilish va atsidoz chaqirmaydi.
Enfluran- tarkibida ftor bo‘lgan karbon suv, ta’siri va xususiyatlari bo‘yicha ftorotanga o‘xshash. Lekin narkotik faolligi yuqori.
Metoksifluran- ham xuddi shunday, farqi buyrak faoliyatini buzadi. Ftorotan, enfluran, metoksifluran alangalanishdan xavfsiz. Xloroform, xlor etil zaharliligi yuqori, narkotik kengligi tor bo‘lganligidan hozirda narkoz uchun ishlatilmaydi.

Yüklə 17,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   333




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə