Farmakologiya


I. Asosan markaziy ta’sirli vositalar



Yüklə 17,97 Mb.
səhifə53/333
tarix18.09.2023
ölçüsü17,97 Mb.
#122324
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   333
Фармак.дарслик.охирги.21.04.18 (1)

I. Asosan markaziy ta’sirli vositalar

  1. Narkotik analgetiklar (opioidlar):

    • agonistlar morfin, promedol, fentanil, sufentanil, alfentanil

    • agonist-antogonist pentozotsin, nalorfin, nalbufin, butorfanol, buprenorfin

    • antogonist nalokson. naltrekson

  2. Noopioid analgetiklar: paratsetamol, klofelin amitriptilin, dimedrol, karbamazepin

  3. Aralash ta’sir mexanizmli analgetiklar: tramadol

II. Asosan periferik ta’sir etuvchi vositalar:

    • nosteroid tuzilishli yallig‘lanishga qarshi preperat

Narkotik analgetiklar va ularning antogonistlari


Narkotik analgetiklar uchun quyidagilar xosdir:

  • kayf chaqirish, tobelik, qaramlik (jismoniy va ruhiy), o‘rganish.

  • kuchli og‘riqsizlantirish, ayniqsa jarohatlar va kuchli og‘riqlarda(infarkt, saraton va boshqalar).

  • o‘rganib qolganda berilmasa, abstinensiya sindromini yuzaga chiqishi.

Og‘riqsizlantirish va zaharli ta’sirini, ularning o‘zigagina xos bo‘lgan antogonistlari yo‘qotadi.
Narkotik analgetiklarning ta’sir mexanizmi, ularning opiat retseptorlariga ta’sir etishi bilan bog‘liq. Ana shu retseptorlar bilan bog‘lanish turiga qarab narkotik analgetiklar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
Morfinopiy-qoradori tarkibiga kiruvchi alkaloid. Qoradori bu ko‘knorining pishmagan ko‘sagi qobig‘ini tirnaganda chiqadigan, shirasi havoda qurishi natijasida, hosil bo‘ladi. Uni uzoq vaqtdan beri kayf beruvchi, yo‘talga qarshi va ichni to‘xtatish vositasida sifatida qo‘llashgan. Qoradori tarkibi murakkab bo‘lib 20 dan ortiq alkoloidlar ajratilgan. Alkoloidlar opiy vazni 20%tashkil etadi. Undan tashqari oqsillar, polisaxaridlar va boshqalar bor. Kimyoviy tuzilishiga qarab, opiy alkoloidlari, piperidin fenantren va benzil izoxinolin hosillariga kiradilar. Qoradorining asosiy alkoloidi bo‘lib, morfin hisoblanadi. Qoradorining farmakodinamikasi morfin bilan bog‘liq. Opiyda morfin miqdori 10%ni tashkil etadi. MNSga morfin bir xil ta’sir etmaydi: ba’zi markazlarni qo‘zg‘atadi, ba’zilarini esa susaytiradi, chunki morfin tarkibida 2ta gidroksil radikali bor bo‘lib, biri fenol gidroksili (susaytiruvchi), ikkinchisi alkogol gidroksili (qo‘zg‘atuvchi). Narkoz chaqiruvchi vositalardan farq qilib, morfin ta’siri faqat, bosh miyasi kuchli rivojlangan jonivorlardagina yuzaga chiqadi va u MNSni falojlovchi ta’siri bilan bir qatorda uni qo‘zg‘atadi ham.
Og‘riqsizlantirish morfin farmakodinamikasining asosini tashkil etadi, morfin boshqa sezuvchanliklar (taktil, harorat, eshitish, ko‘rish, hid bilish)ga ta’sir ko‘rsatmaydi, bu uni tanlab, faqat og‘riq sezishga ta’sir ko‘rsatishga asosdir. Ko‘p jihatdan morfinning og‘riqsizlantirish ta’siri, bemorning og‘riqqa bo‘lgan munosabatini o‘zgartirish bilan bog‘liqdir, chunki morfin MNS ga tinchlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi.
Morfinning ta’sir mexanizmi: opiat retseptorlari bilan bog‘lanib, antinotsitseptiv sistemaning faolligini oshiradi, hamda MNS (supraspinal yadrolar)da neyronlararo sinapslarda og‘riq impulslarini o‘tkazilishini buzadi. Bunda morfin orqa miya neyronlariga bevosita susaytiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Umuman morfin pastga tushuvchi, tormozlovchi sistema ta’sirini kuchaytiradi. Morfin terapevtik dozalarda yuzaki va yorqin tushlar ko‘rish bilan kechuvchi uyqu chaqiradi. Morfinning tinchlantiruvchi ta’siri miyaning po‘stloq qavatidagi neyronlar, retikulyar formatsiya, limbik sistema va gipotalamusga ta’siri bilan bog‘liq bo‘lsa kerak. Morfinning tinchlantiruvchi ta’siri kayf bilan kechadi, ayniqsa qayta qabul qilinganda, lekin ba’zan uning aksi bo‘ladi. Morfin faqat katta dozalarda tana haroratini tushiradi (haroratni boshqarish markazini susaytirish hisobiga).

  • peshob ajralishini (antidiuretik gormon) kamaytiradi.

  • ishtaxani (adrenalinni buyrak usti bezidan ajralish kuychaytirib, giperglikemiya chaqiradi) pasaytiradi.

  • parasimpatik nervlar tonusini (mioz, bradikardiya, bronxospazm, MIT sfinkterining tonusi ortadi, qabziyat, bachadon qisqarishini) kuchaytiradi.

  • nafas olish markazini susaytiradi, uning SO2 ga bo‘lgan ta’sirchanligini pasaytiradi (nafas kamayadi, lekin chuqur bo‘ladi, keyin ortadi, lekin yuzaki bo‘ladi, keyin davriy nafas yuzaga chiqadi).

  • qayt qilish markazini susaytiradi.

  • peshob xaltasini sfinkteri tonusini oshiradi (peshob ajratish qiyinlashadi).

  • katta va zaharlovchi dozalarda, morfin qon aylanish markazi faoliyatini susayitiradi. Qon bosimini pasayishida, tomirlar kengayishida, gistamin miqdorini ortishi muhim rol o‘ynaydi.

MIT dan morfin yaxshi so‘riladi, lekin jigarda parchalanadi, shuning uchun uni parenteral yo‘l bilan kiritiladi (teri ostiga). Morfinning og‘riqsizlantirish ta’siri 4-6 soat. Morfin ta’sirida tizza refleksi u bilan o‘tkir zaharlanganda ham saqlanadi. Morfin terida qichishish, shilliq qavatlarning shishi kabi allergik reaksiyalar chaqiradi, chunki uning ta’sirida semiz hujayralardan gistamin ajralishi ortadi.
Morfinga o‘rganish rivojlanishining (tolerantlikni ortishi) sababi enkefalin va endorfinlarni hosil bo‘lishini kamayishi yoki ularning parchalanishini kuchayishi bilan bog‘liq bo‘lsa kerak.
Morfin bilan o‘tkir zaharlanish: koma, lekin tizza reflekslari saqlangan bo‘ladi, tana harorati, nafas olish kam, yuzaki bo‘ladi. Og‘ir hollarda Cheyn-Stoks davriy nafasi kuzatiladi. Yurak etishmovchiligi va o‘pka shishi o‘limga sabab bo‘ladi. O‘lim 6 soat ichida ro‘y beradi. Agar bemor 12 soat ichida o‘lmasa, u tirik qoladi, chunki morfin organizmda tez parchalanadi.
Birinchi yordam: oshqozon permanganat kaliy eritmasi bilan yuviladi, (morfinni oqsillaydi). Kislorod ingalyasiyasi, korazol, kerak hollarda suniy nafas oldiriladi. Nalorfin-morfinning antogonisti kiritiladi.
Morfin bilan surunkali zaharlanish-morfinizm deb ataladi. Davolash og‘ir masala bo‘lib, ruhiy xastaliklar shifoxonasida o‘tkaziladi.
Omnopon-qora dori tarkibidagi hamma alkoloidlaridan iborat preparat. 50%-ni morfin tashkil etadi, tarkibida papaverin (spazmolitik vosita) bor. Bu preparatga ham humorlik, o‘rganish, tobelik rivojlanadi.
Kodein-opiy alkoloidi(0,5%). Kayf chaqirmaydi, o‘rganish rivojlanmaydi, og‘riqsizlantirish qobiliyati morfinnikidan 7 marta sust. Nafas markaziga salbiy ta’siri etmaydi, MIT ga ta’siri yo‘q, yo‘tal markazini susaytiradi, lekin morfindan sustroq.
Etil morfin (dionin)-yarim sintetik modda, kodeinga o‘xshash ta’sirga ega.
Promedol- sintetik modda. Og‘riqsizlantiruvchi ta’siri morfinga nisbatan 2-4 marta sust, ta’siri 3-4 soat davom etadi. Nafasni unchalik susaytirmaydi, bronxospazm chaqirmaydi, peshob yo‘llarini bo‘shashtiradi, lekin MITdan yaxshi so‘riladi, uning sfinkterlarini tonusini oshiradi. Bachadonni qisqarishini kuchaytiradi,
Fentanil- sintetik modda, fenil piperidin hosilasi. Juda kuchli og‘riqsizlatirish ta’siriga ega (morfindan 100marta kuchli), lekin ta’siri qisqa: venaga yuborilgandan so‘ng 1-3 daqiqada ta’siri boshlanib, 15-30 daqiqa davom etadi. Nafas olishni buzadi (apnoe). Bronxospazm, qon bosimini tushiradi, bradikardiya, harakat qo‘zg‘alishi, ko‘krak nafasi mushaklarning keskin qisqarishini chaqirishi mumkin. Fentanilga o‘rganish va humorlik rivojlanadi. Neyrolepanalgeziya. Kombinirlangan narkoz, miokard va o‘pka infarkti, stenokardiya, buyrak va jigar kolikalarida og‘riq qoldiruvchi vosita sifatida qo‘llaniladi..
Sufentanil va alfentanil - Ikkala preparat, fentanilga o‘xshash bo‘lsa ham ta’siri tezrok boshlanadi va kamroq davom etadi. Jumladan fentanilning T½=3,6, sufentanilning T½=2,7 va alfentanil T½= 1,3soat.

Yüklə 17,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   333




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə