Qon aylanish modellari



Yüklə 36,94 Kb.
səhifə1/3
tarix11.12.2023
ölçüsü36,94 Kb.
#147397
  1   2   3
QON AYLANISH MODELLARI


QON AYLANISH MODELLARI
KIRISH
Qon aylanish sistemasi va uning ahamiyati haqida umumiy tushuncha
Qon aylanish sistemasiga yurak arteriya, kapillyarlar, vena va
limfa tomirlari kiradi. Yurak va tomirlar odam organizmida qonning to'xtovsiz harakatlanishini ta'minlaydi.
. Yurakning avtomatik qisqarib va kengayib turishi natijasida qon katta arteriya va kapillyarlar (mayda qon tomirlari) orqali tananing hamma to'qima hamda hujayralariga tarqalib, so'ngra mayda, o'rta va yirik vena qon tomirlari orqali yurakka qaytib keladi.Yurakning chap qorinchasidan tarkibida oziq moddalar, kislorod, gormonlarga boy bo'lgan arterial qon aorta tomiriga quyi¬ladi. Undan yirik, o'rta, mayda arteriya tomirlari orqali to'qima va hujayralar orasida joylashgan kapillyarlarga boradi. Qondagi oziq moddalar, kislorod va gormonlar hujayralarga o'tadi.
Hujayralarda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo'lgan qoldiq moddalar va karbonat angidrid ulardan mayda vena, kapillyar tomirlariga o'tib, so'ngra o'rta, yirik vena tomirlari orqali yurakning o'ng bo'lmasiga kelib quyiladi. Shunday qilib, yurak-qon tomir sistemasi tananing hamma to'qima-hujayralariga oziq moddalar va kislorod yetkazib beradi. Ularda hosil bo'lgan qoldiq moddalami qabul qilib, ayirish organlariga yetkazadi. Shuning uchun yurakqon tomir sistemasi tashuvchi sistema» deb ham yuritiladi.
Yurak-qon tomir sistemasi eng muhim hayotiy vazifani ba¬jaradi. Agar yurak qisqa vaqt to'xtab qolsa, odamning hayoti ham to'xtaydi.
Yurak-qon tomir sistemasi yuqorida aytilganidek, bir necha qismlardan iborat. Bu sistemaning faoliyatini mukammal o'rganish uchun uning har bir qismining tuzilishi va funksiyasi bilan tanishish maqsadga muvofiqdir.
Yurak
Yurakning tuzilishi va joylashishi. Yurak qon aylanish siste¬masining markaziy qismi bo'lib, muskullardan tashkil topgan kovak organdir. Har bir odam yuragining hajmi mushtiga yaqin bo'ladi. Jismoniy mehnat va sport bilan shug'ullanuvchi kishilar¬da yurakning muskullari yaxshi rivojlanib, uning hajmi boshqa¬lar yuragining hajmiga nisbatan kattaroq bo'ladi. Yurakning massasi erkaklarda 220-300 g gacha, ayollarda esa 180-220 g gacha bo'ladi.
Yurak ko'krak qafasida to'sh suyagining orqasida, ikkala o'pka¬ning o'rtasida joylashgan bo'lib, uning ko'proq qismi ko'krak bo'sWig'ining chap tomonida turadi. U orqa tomonidan qizilo'n¬gach va aorta qon tomirining pastga tushuvchi qismi orqali umurtqa pog'onasidan ajralib turadi. Pastki tomonidan esa diafragma orqali qorin bo'shlig'idan ajralib turadi (3-rasm). Yurak devori uch qavatdan: ichki - endokard, o'rta - muskul ya'ni miokard va tashqi - perikarddan iborat. Tashqi pardasi
3-rasm. Yurakning joylashishi va tuzilishi.
I- yurakning ko'krak qafasidajoyJashishi; II- yurakning tashqi ko'rinishi va tojsimon arteriyalari; III- yurakning ichki tuzilishi.
1- o'ng bo'lmacha; 2- o'ng qorincha; 3- chap bo'lmacha; 4- chap qorincha; 5-6- yuqorigi va pastki kovak venalar; 7- yurakning tojsimon venasi quyiladigan joy; 8- o'pka arteriyasi; 9- o'pka venalari; 10- aorta; 11- perikard
qavati; 12- epikard; 13- muskul qavat; 14- endokard qavat.
perikard ikki qavat bo'lib, ichki qavati yurak muskuliga yopishib turadi, u epikard deb ataladi. Tashqi qavati xalta sifatida yurakni o'rab turadi. lkkala qavat o'rtasidagi bo'shliqda suyuqlik bo'lib, yurakning qisqarish va kengayish harakatlariga qulaylik tug'di¬radi.
Yurak to'rt kameradan tashkil topgan: 0 'ng va chap bo'lmacha 0 'ng va chap qorincha. Bo'lmachalaming devori yupqaroq, qorin¬chalar, ayniqsa chap qorinchaning devori qalin bo'ladi, chunki chap qorincha aorta qon tomiriga yuqori bosim bilan qon haydab katta qon aylanish doirasi orqali tananing hamma a'zo va to'qimalariru arteriya qoni bilan ta'minlaydi. Yurakda to'rtta klapan (qopqoq) bo'lib, chap bo'lmacha bilan chap qorincha o'rtasida ikki tavaqali klapan, o'ng bo'lmacha bilan o'ng qorincha o'rtasida uch tavaqali klapan, chap qorincha bilan aorta qon tomiri o'rtasida hamda o'ng qorincha bilan o'pka arteriyasi o'rtasida yarimoysimon klapanlar joylashgan. Yurak klapanlari shunday tuzilganki, ular orqali qon faqat bir tomonga harakatlanadi, ya'ni qon bo'l¬machalardan qorinchalarga, ulardan esa aorta va o'pka artetiyalatiga tomon harakatlanadi.
Yurak yuqorida aytilganidek, qon aylanish sistemasining markaziy organi bo'lib, u nasos singari qon tomirlardagi qonni to'xtovsiz harakatlantiradi va tananing hamma organlari, to'qimalari va hujayralarini oziq moddalar va kislorod bilan ta'minlaydi. Uning kameralari orqali bir minutda katta odamda 5 I qon o'tadi, lekin bu qonning bir tomchisidan ham yurak o'z ehtiyoji uchun foydalanmaydi. Yurak muskullari ikkita maxsus tojsimon arteriya orqali qon bilan ta'minlanadi. Bu tomirlar aortaning boshlang'ich qismidan ajralib, yurak muskullari orasiga kiradi. Artetiya tomirlaridagi qon yurak mus¬kullarini oziq moddalar va kislorod bilan ta'minlab, vena qoniga aylanadi, ikkita yurak venasini hosil qilib yurakning o'ng bo'lmachasiga quyiladi. Katta yoshli odamda tin ch holatda yurakning tojsimon arteriyasi orqali bir minutda 200-250 ml qon yurak muskullariga boradi. lismoniy mashq bajarganda esa bu qonning miqdori 800-1000 ml gacha ortadi. Bir kecha¬kunduzda tojsimon arteriyalar orqali 500 I qon yurak muskulla¬ridan oqib o'tadi.
Yurakning ishlashi. Yurakning asosiy ishi nasos singari vena qon tomirlaridagi qonni so'rib, arteriya qon tomirlariga o'tkazish¬dan iborat. Yurakning bu ishi uning bo'lmacha va qorinchalari devoridagi muskullarning titmik ravishda qisqarishi va kengayishi orqali amalga oshadi. Bo'lmacha va qorinchalar muskullarining qisqarishi sisfola, kengayishi diasfola deb ataladi. Yurakning b~'lmacha va qorinchalarining bir marta qisqarib-bo'shashishi yurakning bir ish sikli deb ataladi. Katta odam tinch holatida yuragi bir minutda 70-72 marta qisqaradi va kengayadi, uning har bir qisqarib-kengayishidan bitta puls hosil bo'ladi. Shunday qilib, yurak bir minutda 70-72 marta ish siklini bajaradi. Uning har bir ish sikliga 0,8 sek. sarflanadi. lumladan yurakning ikkala bo'lmachasi bir vaqtda 0,1 sek davomida qisqaradi, bu vaqtda ulardagi qon qorinchalarga o'tadi. So'ngra bo'lmalar 0,7 sek davomidabo'shashadi. Bu vaqtda qorinchalar 0,3 sek davomida qisqarib, o'ng qorinchadagi qon o'pka arteriyasiga, chap qorinchadagi qon aortaga o'tadi. So'ngra qorinchalar bo'shashib, 0,5 sek davomida tenizm holatida bo'ladi.
Yurakning sistolik va rninutlik hajrni. Yurak qorinchalari har bir qisqarganida 65-70 ml qonni arteriya tomirlariga chiqaradi. Bu yurakning sistolik hajmi deb ataladi. Tinch turgan holatda katta odamning yuragi bir minutda 70-72 marta qisqarib-kengayadi. Har bir qisqarganida undan chiqarilgan qon miqdori uning bir minutda qisqarib-kengayishi soniga ko'paytirilsa, yurakning mi¬nutlik hajmi kelib chiqadi. Masalan, bir marta qisqarganda o'rta¬cha 70 ml qon chiqarilsa, uni bir minutdagi qisqarib-kengayish soniga, ya'ni 70 ga ko'paytirilsa, yurakning minutlik hajmi kelib chiqadi. U 4,9 I ga teng (70 ml X 70 marta =4,9 I). Bir kecha¬kunduzda yurak o'rtacha 100 ming marta qisqarib-kengayadi va 10 t qonni arteriya tomirlariga chiqaradi. Yurak ritmik ravishda uzluksiz ish bajaradi. Uning bir kecha-kunduzda bajargan ishi massasi 64 kg li yukni 300 m balandlikka ko'tarishga teng. Odamning o'rtacha umr ko'rishi 70-80 yil deb olinsa, shu davr ichida yurak aorta tomiriga chiqargan qon miqdori hisoblansa, u 5 km uzunlikdagi kanalni to'ldirib, unda paroxod yurishi mum¬kin bo'ladi.
Jismoniy mehnat, sport mashqlari bajarganda yurakning qisqarib-kengayish soni mashg'ulotning sekin yoki tez bajari¬lishiga ko'ra bir minutda lOO martadan 200 martagacha ko'payishi mumkin. Demak, uning minutlik hajmi ham tinch holatdagiga nisbatan 1,5-3 marta ortishi mumkin. Jismoniy mehnatda chiniqqan sportchilarda mashq bajargan vaqtda yurakning sistolik hajmi 65-70 ml o'rniga 100-150 ml gacha ortadi va bir minutda yurakning qisqarib-kengayish soni 150¬200 martaga yetadi, ya'ni ulaicta yurakning minutlik hajmi 15¬30 I gacha ortishi mumkin. Chang'i sportida 8 soat davomida 100 km masofani o'tgan sportchining yuragi 35 t qonni arteriya tomirlariga chiqaradi.
Yurak avtornatiyasi. Agar baqa yoki boshqa biror hayvonning yuragini tanasidan ajratib olib, fiziologik eritmaga solib qo'yilsa, u tanadan va nerv sistemasidan ajratilganligiga qaramay, ma'lum vaqt davomida qisqarib-kengayib ishlab turadi. Yurakning o'z¬o'zidan bunday ishlash xususiyati yurak avtomatiyasi deb ataladi.Odam tanasidagi boshqa organlarning birortasi bunday xususiyatga ega emas.
Yurak avtomatiyasini uning muskullari orasida joylashgan maxsus nerv-muskul tuzilmalari (tugunlari) ta'minlaydi. Yurak o'ng bo'lmachasining kovak venalari quyiladigan joydagi mus¬kullar orasida Keys-Flyak nerv tugunchasi bo'lib, undagi qo'zg'alish o'ng va chap bo'lmacha muskullari tolalariga tarqalib, ularni qo'zg'atadi va qisqartiradi. So'ngra qisqarish bo'lmacha muskullaridan o'ng bo'lmacha va o'ng qorincha o'rtasidajoylashgan Ashoff- Tovar nerv tuguniga o'tadi, uning qo'zg'alishi Giss nerv tolasi va Purkine tolachalari orqali o'ng va chap qorincha mus¬kullariga tarqalib, ularni qisqartiradi.
Yurak biotoklari. Boshqa hujayra va to'qimalarda bo'lgani sin¬gari, yurak muskullarida ham biologik tok (biotok) bo'ladi. Yurak biotoki elektrokardiografyordamida maxsus lentaga yozib olinadi va o'rganiladi. Lentaga yozib olingan biotoklar elektrokardiogramma (EKG) deb ataladi.
Yurakning har bir siklida, ya'ni bir marta qisqarib-kengay¬ganida lentada elektrokardiogrammaning 5 ta tishi hosil bo'ladi va ular quyidagi harflar bilan belgilanadi: PQRST. EIektrokardiog¬rammaning P tishi bo'lmachalar muskulining qo'zg'alishidan, qolgan QRST tishlari qorinchalar muskulining qo'zg'alishidan hosil bo'ladi. Elektrokardiogramma tishlarining shakli 4-rasmda tasvirlangan.
Jismoniy chiniqqan kishilarning elektrokardiogrammasida tishlar yirikroq bo'ladi va bu yurak muskullarining qisqarish kuchini ko'rsatadi. Aksincha, jismoniy chiniqmagan kishilarda tishlar mayda bo'ladi. Bundan tashqari, yurak kasalliklarida ham elekt¬rokardiogramma tishlarining hajmi, shakli va ular orasidagi masofa ka¬sallikning turiga va yurak muskullarining qaysi qismi zararlanganligiga qarab turlicha o'zgaradi. Agar bo'lmacha muskullari zararlangan bo'lsa, P tish o'zgaradi, qorinchalar mus¬kuli zararlangan bo'lsa, QRST tishlar o'zgaradi. Shunga qarab, kasallikka tashxis qo'yiladi.
Odam tanasida qon juda ko'p yirik va mayda qon tomirlar bo'ylab harakatIanadi. Bu qon tomirlar ikkita yopiq, ya'ni katta va kichik qon aylanish doirasini hosil qiladi. Bu qon aylanish doiralarining ikkalasi ham yurakdan boshlanadi va yurakda tu¬gaydi (5 -rasm).
Katta qOD aylaoish doirasi. Bu qon aylanish doirasi yurak¬ning chap qorinchasidan chiquvchi eng katta arteriya qon tomiri - aortadan boshlanadi. Aorta oldin yuqoriga yo'naIib, ravoq hosil qiladi, so'ngra umurtqa pog'onasi bo'ylab pastga - ko'krak va qorin bo'shlig'i tomon yo'naIadi. Uning ravoq qismining o'ng tomonidan nomsiz arteriya chiqib, ikkiga: o'ng umumiy uyqu arteriyasi va o'ng o'mrov osti arteriyasiga bo'Iinadi. Aorta ravog'ining o'rta qis¬midan chap umumiy uyqu arteriya chiqadi. Aorta ravog'ining chap tomonidan chap o'mrov osti arteriyasi chiqadi.
O'ng va chap uyqu arteriyalarining har biri tananing bo'yin qismida ikkiga, ya'ni tashqi va ichki uyqu arteriyalariga bo'linadi. Tashqi uyqu arteriyalari bosh va yuzning terisini quloq muskul¬larini, tilni, halqum, hiqildoq, so'lak bezlari va tanani bosh qismidagi barcha to'qima va organlami, ichki uyqu arteriyalari esa bosh miyani, ko'z soqqasini arterial qon bilan ta'minlaydi. O'ng va chap o'mrov osli arteriyalarining har biri yelka va qo'ltiq osti arteriyalariga bo'linib, bo'yin, yelka, bilak va qo'l panjasi¬ning terisini, muskullarini, suyaklarini, shu sohadagi bo'g'im¬lami arterial qon bilan ta'minlaydi.
Aortaning ko'krak qismidan qizilo'ngach, qovurg'alararo va bel arteriyalari chiqib, ular qizilo'ngachni, ko'krak qafasi va qorin devori to'qimalarini arterial qon bilan ta'minlaydi. Uning qorin qismidan chiqadigan arteriya tomirlari oshqozon, ichaklami, jigar, taloqni, buyraklar va buyrak usti bezlarini arterial qon bilan ta'minlaydi. Aortaning qorin qismidan chiqadigan arteriyalar to'g'ri ichak,
To'g'ri ichak, siydik xaltasi, ayollarda bachadon hamda son, bol¬dir, oyoq, tovon va panja terisi, muskullari, suyaklari va shu sohadagi bo'g'imlami arterial qon bilan ta'minlaydi.
Aortadan chiqadigan yirik arteriya qon tomirlari o'z navbatida o'rtacha, mayda tomirlarga, ular esa eng mayda kapillyarlarga bo'Iinadi. Bular organlar, to'qimalar orasiga kiradi. Kapillyarlar odam sochidan 50 marta ingichka bo'ladi, ulami oddiy ko'z bilan ko'rib bo'lmaydi, ya'ni faqat mikroskopda ko'rish mumkin. Odam tanasida 100-160 milliardga yagin kapillyar bor. Agar tanadagi hamma kapillyarlar bir-biriga ulansa, ularning uzunligi 60-80 ming kilometr bo'lib, u bilan yer sharini ikki marta aylantirib o'rash mumkin.
To'qimalardagi va hujayralardagi moddalar almashinuvi jara¬yoni ana shu kapillyarlar orqali uzluksiz davom etib turadi, ya'ni kapillyarlardagi arteriya qonining tarkibidagi oziq moddalar, gormonlar, kislorod hujayralarga o'tadi. Hujayralarda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo'lgan qoldiq moddalar va karbonat angidrid vena kapillyar qon tomirlariga o'tadi. Bular o'z navbatida bir-biriga qo'shilib, avval kichik, so'ngra o'rta va yirik vena qon tomirlarini hosil qiladi. Bosh, bo'yin, ko'krak, qo'l kabi organ¬laming vena tomirlari qo'shilib, yuqorigi kovak venani hosil qiladi; oyoq, chanoq, qorin sohasidagi a'zo va to'qimalaming vena qon tomirlari bir-biriga qo'shilib, pastki kovak venani hosil qiladi. Yuqorigi va pastki kovak venalar yurakning o'ng bo'lmachasiga quyiladi. Shu bilan katta qon aylanish doirasi tugaydi.
Qonning yurakning chap qorinchasidan chiqib, tananing bar¬cha a 'zolaridagi arteriyalar, kapillyarlar va venalar bo 'ylab oqib, yurakning 0 'ng bo'lmasiga kelib quyiladigan yo 'Ii katta qon aylanish doirasi deb ataladi.
Shunday qilib, katta qon aylanish doirasi tananing barcha organlari, to'qimalari va hujayralarini oziq moddalar, gormon¬lar, kislorod bilan ta'minlab, moddalar almashinuvi natijasida hosil bo'lgan keraksiz va zaharli moddalami o'ziga qabul qilib, ularni organizmdan chiqarib yuborish vazifasini bajaradi.
Kichik qoo aylaoish doirasi. Bu doira yurakning o'ng qorin¬chasidan chiqadigan o'pka arteriyasi qon tomiridan boshlanadi. O'pka arteriyasi ko'krak qafasida ikkiga bo'linib, o'ng va chap o'pkalarga boradi. Ular o'pkalarda kapillyar qon tomirlariga aylanib, o'pka alveolalari atrofini o'rab oladi. Tashqi muhit havosi bilan o'pka hamda qon o'rtasidagi gaz almashinuvi jarayoni shu
joyda o'tadi. Natijada vena kapillyarlaridagi qon kislorodga to'yi¬nib, arterial qonga aylanadi, lekin u 0 'pka venasi deb ataluvchi to'rtta (har bir o'pkadan ikkitadan) tomir orqali yurakning chap bo'lmasiga quyiladi.
Qonning yurakning 0 'ng qorinchasidan chiqib, arteriyalar ka¬pillyarlar va venalar bo 'ylab oqib (0 'pkalar orqali), yurakning chap bo'lmasiga kelib quyiladigan yo 'Ii kichik qon aylanish doirasi deb ataladi. Shunday qilib, kichik qon aylanish doirasining vazifasi vena qonini arterial qonga aylantirishdan iborat.
Limfa aylanishi
Odam tanasida qon tomirlari bilan birgalikda limfa tomirlari ham mavjud bo'lib, ular bo'ylab limfa suyuqligi oqadi. Limfa sistemasi limfa kapillyarlari, mayda, o'rtacha, yirik limfa tomirlari va limfa tugunlaridan iborat. Limfa aylanishining qon aylanishidan farqi shundaki, limfa tomirlari a'zo va to'qimalarga kelmaydi, balki ulardan boshlanadi. Chunonchi, mayda qon tomirlari, ya'ni ka¬pillyarlardan to'qimalarga o'tgan qonning suyuq qismi (suv va ba'zi bir erigan moddalar)ning ortiqchasi to'qimalardan limfa kapillyarlariga o'tadi. Limfa kapillyarlari bir-biriga qo'shilib, mayda, o'rtacha va yirik limfa tomirlarini hosil qiladi.
Oyoqlardan, qorin bo'shlig'idagi organlardan, ko'krak, bo'yin va boshning chap tomonidan hamda chap qo'ldan yig'ilgan limfa tomirlari birlashib, yirik ko'krak limfa tomirini hosil qiladi va u chap o'mrov osti vena tomiriga quyiladi. Boshning, bo'yinning, ko'krak qafasining o'ng tomonidan va o'ng qo'ldan yig'ilgan limfa tomirlari birlashib, yirik o'ng limfa tomirini hosil qiladi va u o'ng o'mrov osti vena tomiriga quyiladi.
O'mrov osti venalari yuqorigi kovak venaga birlashib, yurakning o'ng bo'lmasiga quyiladi. Limfa tomirlari o'z navbatida tananing turli qismlarida joylash¬gan limfa tugunlari orqali o'tadi. Limfa suyuqligidan mikroblar va organizmga yot moddalar limfa tugunlarida ushlanib qoladi. Limfa tugunlarida hosil bo'lgan limfotsitlar limfa tomirlariga o'tadi. Limfa tugunlari deyarli hamma ichki organlaming darvoza qismida bo'ladi. Bundan tashqari, ular boshning ensa qismida, bo'yinda, jag' ostida, qo'ltiq ostida, qovuq sohasida va boshqa joylarda ham bo'ladi. Odam tanasida 460 taga yaqin limfa tugunlari bor.Tanadagi barcha limfa tomirlarida hammasi bo'lib o'rtacha 1¬2 llimfa suyuqligi bo'ladi. Bir kecha-kunduzda 1200-1500 ml limfa suyuqligi limfa tomirlaridan vena qon tomirlariga quyiladi. Buning o'miga to'qimalardagi suyuqlikdan limfa hosil bo'lib turadi. Jismoniy mehnat va sport bilan shug'ullanganda tanadagi muskullarning ko'p harakatlanishi va kuchli qisqarishi tufayli to'qimalardagi ortiqcha suyuqlik limfa kapillyariga o'tadi, natijada limfa suyuqligi hosil bo'lishi ko'payadi. Aksincha, kishi kam harakatlanganda, shuningdek, yurak, buyrak, jigar kasalliklarida to'qimalardagi suyuqlikning limfa tomirlariga o'tishi kamayadi va buning oqibatida tananing turli qismlarida - oyoqlarda, qorinda, jigarda, bel-dumg'azada shish paydo bo'ladi.
Tananing yuza qismlarida joylashgan limfa tugunlari odamning har xii ka¬salliklarida o'zgaradi va ularning o'zga¬rishi kasallikni aniqlash uchun muhim belgi hisoblanadi. Masalan, tomoq, tish og'riganda, ulardagi mikroblar limfa suyuqligiga o'tib, limfa tomirlari orqali jag' osti va bo'yindagi limfa tugunlariga borib, ularni yallig'lantiradi. Buning natijasida bezlar kattalashadi va og'riydi. Qo'lning jarohatJanishi natijasida yiringli yara paydo bo'lganida, undagi mikroblar limfa tomir¬lari orqali tirsak bo'g'imi atrofidagi va qo'ltiq ostidagi limfa tugunlariga borib, ularni yallig'lantirishi natijasida bu bezlar kattalashadi va og'riydi. Demak, tananing turli qismlarida joylashgan limfa tugunlari kattalashganda va og'riganda shifokorga murojaat qilish kerak (tananing yuza qism¬laridagi limfa tugunlarining joylashuvi 6¬rasmda tasvirlangan). Taloq. Bu ichki a'zo bo'lib, funksiyasi jihatidan limfa sistemasiga yaqin turadi, ya'ni taloqda limfotsitlar hosil bo'lib, ular limfa tomirlariga chiqarib turiladi. Taloq qorin bo'shlig'i chap tomonining yuqori qismida, ya'ni chap qovurg'alar ostida joylashgan. Uning massasi katta odamda 140-200 g. Yuqorida aytilganidek, taloqda limfolsiilar hosil bo'ladi va ular limfa tomirlariga chiqarib turiladi. LimfotsitJar organizmga kirgan mikroblarni yutish va eritish (fagotsitoz) xususiyatiga ega. Demak, taloq organizmning yuqumli kasalIiklardan himoya qilish (immunitet) vazifasini bajarishda ishtirok etadi. Bundan tashqari,taloqda qonning ortiqcha qismi zahira holda to'planadi, ya'ni u qon deposi vazifasini bajaradi. Shu bilan birga taloqda qonning yashash muddatini o'tagan shaklli elementlari (eritrotsitlar va leykotsitlar) parchalanadi.
Jismoniy mehnat va sport bilan shug'ullanganda taloqda lim¬fotsitlar hosil bo'lishi ko'payadi. Demak, bunda odam organiz¬mining yuqumli kasalliklardan himoyalanish qobiliyati (immu¬nitet) kuchayadi.

Yüklə 36,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə