Qon aylanish modellari


Qonning tomirlar bo'ylab harakatlanishi



Yüklə 36,94 Kb.
səhifə2/3
tarix11.12.2023
ölçüsü36,94 Kb.
#147397
1   2   3
QON AYLANISH MODELLARI

Qonning tomirlar bo'ylab harakatlanishi
Qonning qon tomirlar sistemasi bo'ylab harakatlanishi ge¬modinamika qonuniyatiga asoslangan. Shunga ko'ra, tomirlardagi qonning oqish tezligi ikkita kuchga bog'liq. Ularning birinchisi qon tomirlar sistemasining boshlanish qismidagi va oxiridagi bosimning har xii bo'lishi; bu kuch qonning harakatlanish tez¬ligini ta'minlaydi. Ikkinchisi tomirlardagi qarshilik kuchi, ya'ni qonning quyuqligi, yopishqoqligi va uning tomirlar devoriga ish¬qalanishidir. Bu kuch qonning harakatlanish tezligiga qarshilik ko'rsatadi. Gemodinamika qonuniga muvofiq, arteriya qon tomirlari sistemasining yuqori qismida, ya'ni yurakka yaqin tomonida bosim baland va qonning oqish tezligi yuqori bo'ladi. Quyi qismida esa bosim past va qonning oqish tezligi ham past bo'ladi. Bunga sabab, birinchidan, yurakning chap qorinchasi qisqargan vaqtda qon katta bosim bilan aortaga chiqariladi; ikkinchidan, tomirlar sistemasining quyi qismida aorta va arteriya tomirlari mayda tarmoqlarga (kichik arteriolalar va kapillyarlarga) bo'linishi natijasida qon tomirlar devorining umumiy kengligi ortadi. Bu esa ularda bosimning pasayi&higa, ~on tomirlari devorining qarshilik kuchi ortishiga sabab fbo'ladi, qonning oqish tezligini sekinlashtiradi, ya'ni arteriya qon tomirlari sistemasining eng tor qismi aorta hisoblanadi. Aorta odam tanasidagi tomirlarning eng yirigi bo'lsa ham, undan tarmoqlangan arteriya tomirlari kengligining umumiy yig'indisi aorta kengligidan bir necha marta ko'pdir. Tanadagi barcha 150 mlrd. kapillyar aortaning quyi qismi tarmoqlanishidan hosil bo'ladi va ularning umumiy kengligi aortaning kengligidan 600-800 marta ko'pdir. Shuning uchun aortada bosim baland va qon oqish tezligi kapillyarlardagiga nisbatan yuqori bo'ladi. Qon oqishining o'rtacha chiziqli tezligi aortada 40 smjsek, arteriyalarda 40-10 smjsek; arteriolalarda - 10-0,1 smjsek, kapillyarlarda - 0, I smjsek, venalarda - 0,3-0,5 smjsek ga teng. Tinch holatda katta odam tanasi bo'ylab qon bir mart a aylanib chiqishi uchun 25-30 sek. vaqt ketadi. Jismoniy mehnat va sport bilan shug'ullanganda yurakning qisqarish soni ko'payadi, qon oqishi tezlashadi va uning odam tanasini aylanib chiqishiga sarf lanadigan vaqt qisqaradi. Tananing pastki qismlaridagi vena qon tomirlarida bosim 5¬9 mm simob ustuni atrofida bo'lib, ularda qonning oqish tezligi sekundiga 6-14 srn ga yetadi. Vena tomirlarining yurakka yaqinlashgan qismida esa bosim tobora pasayib, yuqorigi va pastki kovak venalar yurakning o'ng bo'lmasiga quyilishi qismida nolga yaqin bo'ladi. Vena tomirlarining quyi qismida yuqori qismiga nisbatan bosimning baland bo'lishi qonning to'qimalardan yurakka tomon oqishiga imkon beradi. Muskullar qisqarganda, nafas olganda ko'krak qafasi kengayib, uning nasos sifatida so'rish kuchining ortishi vena tomirlaridagi qonning ko'krak qafasi, ya'ni yurakka tomon oqishini ta'minlaydi.
Tomir urishi (puls). Qon tomirlari devorining ritmik ravishda to'lqinlanib turishi tomir urishi, ya'ni puls deb ataladi. Arteriya qon tomirlari devorining to'lqinlanishi arterial puls, vena qon tomirlari devorining to'lqinlanishi vena pulsi deb ataladi. Arterial puls - bu yurakning chap qorinchasi qisqarganda undagi qonning aortaga va undan esa arteriya tomirlariga yuqori bosim ostida chiqarilishi natijasida ular devorining tebranishidan hasil bo'ladi. Yurak minutiga necha marta qisqarsa, arterial pulsining soni ham shuncha bo'ladi. Tinch holatda katta odam pulsining soni bir minutda 70-72 marta bo'lad' Bolalarda yurakning qisqarishiva pulsning soni kattalarnikiga nis atan ko'proq bo'ladi. Bir yoshlik bolada puls soni minutiga 110 ta, 5 yoshda 90 ta, 10 yoshda 80 ta, 16 yoshda kattalarnikiga tenglashadi. puls tana yuzasida joylashgan arteriya tomirlarida sanaladi. Odatda, puls bilakning pastki qismidagi arteriya tomirida, ya'ni kaft usti sohasidagi tomirda sanaladi. Bundan tashqari, tananing boshqa sohalaridagi arteriya tomirlarida ham pulsni sanash mumkin .
Pulsni sanash yurak va qon tomirlar sistemasining ish faoliyatini aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Yuqorida aytilganidek, tinch holatda pulsning soni minutiga 70-72 marta bo 'ladi. Odam hayajonlanganda, tik turganda, yurganda, jismoniy ish va sport bilan shug'ullanganda puls soni ko'payadi. Masalan, juda tez yugurganda puls soni minutiga 180-200 marlagacha ko'payishi mum¬
kin Bundan tashqari, tan a haroratining normaga nisbatan har bir dar ja ko'tarilishida puls soni 8-10 taga ko'payadi. A~miqsa, yurak kasalliklarida puls juda tezlashadi, yuragi ojiz ki shilar ozroq harakat qilsa ham, ya'ni tezroq yursa yoki chopsa, pulsi juda tezlashib, yuragi o'ynab, nafas olishi qiyinlashadi. Shuning uchun bunday kishilar jismoniy mashg'ulotlardan ozod qilinadi.
Qon bosimi.Qon bosimi qonning tomirlar devnriga ko'rsat¬gan bosim kuchidan yuzaga keladi. Qon bosimi ham pulsga o'xshab ikki xii bo'ladi: arterial va vena bosimi. Odatda, yumk-qon tomir sistemasining ish faoliyati asosan arterial bosimni o'1chash yo'li bilan aniqlanadi. Arterial bosim ikki xii: maksimal va minimal bu'ladi. Maksimal bosim yurakning chap qorinchasi qisqarganda qonning aortaga va boshqa arteriya tomirlariga yuqori bosim bilan chiqarilishi natijasida hosil bo'ladi. Maksimal bosim yurak qorinchasi qisqargan (sistola) vaqtda hosil bo'lganligi uchutl sistolik bosimdeb ham ataladi. Minimal bosim yurakning chap qorinchasi kengaygan vaqtda aorta va boshqa arteriya tomirlarida bosimning kamayishi natijasida yuzaga keladi. Minimal bosim yurak qorinchasi kengaygan (diastola) vaqtda yuzaga kelganligi uchun diastolik bosim deb ham ataladi.
Katta yoshli sog'lom odamda tinch holatda maksimal arterial bosim 110-120 mm, minimal arterial bosim 70-80 mm si mob ustuniga reng. Arterial bqsim Riva-Rochchi sfigmomonometri yoki tonometr asboblari yordamida, N. S. Korotkov usulida yelka ar¬teriyasida,o'lchanadi. Buning uchun asbobning rezinali manjeti
Manjet havo bilan shishgan sari, u bilak arteriyasini qisadi va q::mning pastga tomon oqishi to'xtaydi. Shtativdagi simob ustuni esa ko'tarilib, 200 mm ga yetkaziladi. Shunda bilak arteriya¬sida puIs s!~zilmay qoladi. Shu payt fonendoskop asbobining bir uchini q11loqqa o'rnatib, ikkinchi uchini tirsak bo'g'imining chuqurchasiga, ya'ni bilak arteriyasi ustiga qo'yilganda hech narsa eshitilmaydi. Shundan \so'ng asbob ballonchasidagi vintni ozroq bO'sha\tib manjetdan havo sekin-asta chiqariladi va fonendoskop orqali bilak arteriyasi eshitib turiladi. Bu arteriyada yurakning qisqarish tovushi eshitilishi bilanoq shtativning simob ustun;3a
U~ling kO'rsatg,tn raqami maksimal arterial bosim bo'ladi. Arteriyani eshitish davom ettiriladi va unda yurak qisqarishi tovushining; yo'qolishi bilanoq simob ustuniga qaraladi, uning ko'rsatgan raqami minimal arterial bo~im bo'ladi. Odamda arterial qon bosimining' normaga nisbatan ortishi gipertoniya, pasayishi gipotoniy'a deb ataladi, ya'ni maksimal bosim 125-130 mm dan ko'tarilsa va minimal bosim 85 mm dan oshsagipertoi,iya deb ataladi. Maksimal bosim 110 mm dan va minimal bosim 70 mm dan pasaysa gipotoniya deb ataladi. Agar odam hayajonlansa, achchiqlansa, qo'rqsa arterial bosimi vaqtincha ort2ldi, jismoniy ish, sport mashg'ulotlari vaqtida, ayniqsa tez yugurganGla maksimal arterial bosim 150-200 mm gacha ko'ta¬riladi, minim!al arterial bosim esa 40-20 mm gacha, ba'zan 0 gacha pasayadi. Bu sog'lom odamda normal holat bo'lib, 3-5 minut dam olgandari keyin yana normaga qaytadi. Lekin yuragining ish faoliyati kuchi;izlangan odam yuqoridagi kabi jismoniy harakat¬larni bajargan:da, arterial bosimning o'zgarisl 5-10 minutda normaga qaytmaydi va yuragi tez urishi, nafas qisishi, rangining oqarishi kabi noxush belgilar yuzaga keladi.
Yurak va qon tomirlar faoliyatining nerv-gumoral boshqarilishi
Yurak va qon tomirlar faoliyati nerv-gumoral yo'l bilan, uning ishi esa simpatik va parasimpatik (adashgan) nervlar orqali boshqariladi. Simpatik nerv yurak faoliyatini kuchaytiradi, para¬simpatik nerv, aksincha, yurak qisqarishini sekinlashtiradi. Shunday qilib, bu ikkala nerv yurak ishini muvozanatga solib turadi.
Qon tomirlarining devori ham parasimpatik va simpatik nerv tolalari bilan ta'minlangan. Ayniqsa, aorta ravog'ida, uyqu va o'mrov osti arteriyalarining devorida nerv tolalari juda ko'p bo'ladi. Yurax va qon tomir sistemasining ish faoliyati uzunchoq va orqa miyada joylashgan simpatik va parasimpatik nervlarning markazlaridan tashqari, bosh miya yarim sharlari orasida joylash¬gan gi potalamus va bosh miya yarim sharlarining po' stloq qis¬midagi oliy nerv markazlari orqali ham reflektor yo'l bilan boshqariladi. Odam tanasining barcha to'qima va organlarida tashqi muhit ta'sirini qabul qiluvchi sezuvchi nerv uchlari - retseptorlar bo'ladi. Ularning qo'zg'alishi miyadagi mazkur to'qima va organning ishini boshqaruvchi nerv markazlariga o'tkazilishi bilan birga yurak va qon tomirlar ish faoliyatini boshqaruvchi nerv markazlariga ham tarqalib, yurak ishining reflektor yo'l bilan boshqarilishiga ta'sir ko'rsatadi. Masalan, tashqi muhitning yuqori harorati ta'sirida teridagi retseptorlarning qo'zg'alishi simpatik nerv markazini qo'zg'atadi va yurak ishi tezlashadi. Aksincha, odam sovqotganda, sovuq suvda cho'milganda parasimpatik nervning markazi qo'zg'aladi va yurak ishi sekinlashadi. Odam hayajonlanganda, quvonganda, achchiqlanganda, uyal¬ganda va shunga o'xshash ruhiy holatlarda yurak ishi tezlashadi. Bu esa yurak ishi bosh miya yarim sharlarining po'stloq qismidagi nerv markazlari, ya'ni oliy nerv faoliyati orqali boshqarilishini ko'r¬satadi.
Yurak va qon tomirlar faoliyati gumoral yo'l bilan ham bosh¬qariladi. Buyrak usti bezining miya qismida ishlab chiqariladiganadrenalin gormoni, xuddi simpatik nervga o'xshab, yurak ishini tezlashtiradi va qisqarish kuchini oshiradi. Bu gormon qon tomirlatini toraytiradi va arterial bosimni oshiradi. Gi pofiz bezi¬ning orqa bo'lagidan isWanib chiqadigan vazopressin gormoni ham qon tomirlarini toraytirib, bosimni oshiradi.
Tashqi muhit omillarining yurak faoliyati va qon bosimiga ta'siri
Odam organizmi o'zi doimiy yashaydigan joyning iqlimiga, ob-havo sharoitiga moslashadi. Ob-havoning inson salomatligi¬ga, uning mehnat qobiliyatiga va ruhi-kayfiyatiga ta'siri qadim¬dan ma'lum. Odam kuchsizlanganda ba'zi surunkali kasalliklar bilan og'riganda uning organizmi ob-havoning o'zgarishiga juda sezgir bo'lib qoladi, uning organizmi go'yo barometr singari ob-havo bir oz o'zgarsa ham ta'sirlanadi: ba'zi odamlarning boshi aylanadi va og'riydi, boshqalarning bo'g'imlari og'riydi, ayrimlari yuragida sanchish va g'ijimlab og'rishni sezadi, eski bitib ket¬gan jarohatlar o'rnida ham og'riq paydo bo'ladi.
Odam salomatligining ma'lum darajada ob-havoga bog'liqligi¬ni olimlar ko'pdan beri o'rganmoqdalar. Keyingi yillarda bu masalaga e'tibor ancha kuchaydi. Bu odamdagi kasalliklarni iqlim omillari yordamida davolash va oldini olish bilan shug'ullanadi¬gan tibbiyot klimatologiyasi fanining rivojlanishiga sabab bo'ldi. Buning natijasida ob-havo sharoiti qulay bo'lgan joylarda dam olish zonalari, yoshlar oromgohlari, dam olish uylari va sanatoriylar tashkil etish masalalari keng ko'lamda kun tartibiga qo'yilmoqda. Respublika miqyosida ob-havoning har xii o'zgarishlari ba'zi kasalliklar bilan og'rigan kishilarga qanday ta'sir etishi aniqla¬nadigan meteoprofilaktika markazlari tashkil etilgan. Ob-havoning noqulay o'zgarishlari ayniqsa yurak va qon to¬mir kasalliklari bilan og'rigan odamlarga ko'proq ta' sir etadi.Dengiz sathida odam tanasiga 1,033 kg srn' bosim ta'sir qiladi. Bunda o'rta bo'yli odam tanasini taxminan I t massadagi havo bosib turadi. Ammo odamga sezilmaydi, chunki gavdaning ichki bosimi tashqi muhit havosining bosimiga qarshi ta' sir ko'rsatadi. Sog'lom odam organizmining ichki bosimi bilan tashqi muhit havosining bosimi o'rtasida normal muvozanat bo'ladi.
Atmosfera bosimi ortganda tashqi muhithavosining bosimi va odam gavdasining ichki bo'shliqlaridagi bosim o'rtasida farq paydo bo'ladi. Bunday vaqtda ayniqsa, gipertoniya, revmatizm va yurakning boshqa kasalliklari bilan og'rigan odamlarda bosh og'rig'i, bo'g'imlarda, yurakda og'riq seziladi. Arterial qon bosi¬mi ko'tariladi. Ayniqsa, qon bosimi ko'tarilgan keksa odamlarda miyaning mayda qon tomirlari yorilishi tufayli miyaga qon quyi¬lishi mumkin. Buning natijasida qo'l-oyoqlar shol bo'lib qolishi, odam gapirish qobiliyatini yo'qotishi mumkin.
Balandlikka ko'tarilganda havo bosimi pasayadi. Bunday vaqt¬da odam gavdasining ichki bo'sWiqlaridagi gazlar kengayadi. Shuning uchun baland tog'larga chiqqanda chiniqmagan odamlarda (,tog' kasalligi» deb ataluvchi holat yuzaga keladi. Bu kasallik quyi¬dagi belgilar bilan xarakterlanadi. Odamning boshi aylanadi va og'riydi, ko'ngli ayniydi, yuragi tez uradi, tana harorati ko'tari¬ladi. Ayrim hollarda burundan, o'pkadan, oshqozon va ichaklar¬dan qon kelishi mumkin. Radikulit va revmatizm kasalliklari bilan og'rigan odamlarda bel va quymich sohalarida, bo'g'imlarda og'riq paydo bo'ladi, quloq shang'illaydi va og'riydi.
Tashqi muhit harorati odam organizmiga doimiy ravishda ta'¬sir ko'rsatib turadi. Odam o'zi yashaydigan ob-havo sharoiti haro¬ratiga moslashadi. Buning natijasida uning organizmi xuddi rele o'rnatilgan termostatga o'xshab ishlaydi. Organizmda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo'ladigan energiyaning tashqariga ajratiladigan qismining miqdori tashqi muhit haroratiga qarab o'zgaradi. Shu bilan issiq va sovuq sharoitda tana haroratining doimiyligi ta'minlanadi. Organizmning bu xususiyati bosh miyaning gi potalamus sohasidagi nerv markazlari tomonidan boshqariladi.
Issiq vaqtda tanadagi qon tomirlari kengayadi. Qon tananing yuza qismidagi tomirlarda va to'qimalarda to'planib, organizmdan tashqi muhitga issiqlik ajralishi ko'payadi. Bu issiqlikning nurlanishi ter bezlaridan ajralgan suyuqlikning bug'lanishi orqali amalga oshadi. Ammo tashqi muhit haroratining ko'tarilishi bilan bir vaqtda havoning namligi ortsa ter bezlaridan ajraladigan terning bug'lanishi qiyinlashadi va organizmdan issiqlik ajralishi kamayadi. Natijada issiq urish holati ro'y beradi. Bunday vaqtda odamning yurak urishi va pulsi tezlashadi, u holsizlanib o'zini yomon his etadi, boshi aylanadi va og'riydi, ba'zan qayt qiladi, tana harorati ko'tariladi. Ayrim hollarda odam hushidan ketadi. Keksa odamJarda miya qon tomirlari yorilishi mumkin.
Sovuq vaqtda tananing tashqi yuzasidagi qon tomirlari tora¬yadi va organizmdan tashqi muhitga issiqlik ajralishi kamayadi. Bunday vaqtda odamning terisi, ayniqsa yuzlari oqaradi, bir oz qaltiraydi va sovuq sezadi. Lekin organizm haroratining doimiy¬ligi saqlanib qoladi. Ammo yurak-qon tomir sistemasi kasalliklari bilan og'rigan odamlar uchun sovqotish ancha xavt1i. Chunki sovuq sharoitda tanada qon aylanishini ta'minlash uchun yurak normaga nisbatan ko'p ish bajarishga majbur bo'ladi va u zo'riqadi.
Havoning namligi odam organizmiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Odamning yashashi va ish faoliyati uchun havoning namligi va harorati ma'lum bir muvozanatda bo'lishi muhim ahamiyatga ega. Havoning nisbiy namligi 40-60%, harorati + l8x20° bo'lishi odam organizmi uchun eng qulay sharoit hisoblanadi.
Havo quruq bo'lsa, arterial qon bosimi ortadi. Shuning uchun qon bosimi oshgan odamlar bunday sharoitda o'zini yomon his qiladi. Havo namligi ortganda revmatizm kasalligi xuruj qiladi, kasal odamning bo'g'imlari, boshi og'riydi, uyqu bosadi, kayfiyati pasayadi, oyoq-qo'lIarida og'riq paydo bo'ladi, yurak urishi tez¬lashadi.
Shamol ham kuchsiz va kuchli bo'lishiga ko'ra, odam orga¬nizmiga .turlicha ta'sir ko'rsatadi. Yoz faslida esadigan kuchsiz shabada odamga yoqimli ta'sir etsa, qattiq shamol salbiy ta'sir qiladi. Ayniqsa, yurak-qon tomirlari kasallangan od am qattiq shamol vaqtida o'zini yomon his etadi, darmoni quriydi, kayfiyati pasayadi, arterial qon bosimi ko'tarilishi natijasida boshi og'riydi, yurak urishi tezlashadi, nafasi qisadi.
Yurak va qon tomir kasalliklarining oldini olish xalqimiz sog'lig'ini mustahkamlashda, ish qobiliyatini yaxshilashda, o'rtacha umr ko'rishni uzaytirishda katta ahamiyatga ega. Chunki odamning ish qobiliyati pasayib, nogironlikka o'tib qolishining, umriqisqarishining sabablari ichida yurak va qon tomir kasa.lliklari birinchi o'rinda turadi.
Yurak va qon tomir kasalliklarining ko'p uchraydigan tur¬lariga ateroskleroz (qon tomirlari devorining ichki yuzasida yog' va tuz moddalari to'planishi oqibatida tomirlar qattiqJ;ashib, mo'rtlashib va torayib qolishi), gipertoniya (arterial qon bosimi¬ning ko'tarilishi), yurakning ishemik kasalligi (yurak muskullari¬da qon aylanishining buzilishi tufayli sodir bo'ladi), miokard infarkti (qon aylanishi buzilishi tufayli yurak muskullarining ma'¬lum qismi yemirilishi), insult (bosh miyaga qon quyilishi) knbilar kiradi. Bulardan tashqari, yoshlarda, ayniqsa maktab yoshidagi bolalarda ko'p uchraydigan angina, surunkali tonzilit (bodomcha bezlarining yallig'lanishi) va bular oqibatida kelib chiqadigan yurakning yallig'lanish kasalliklari tufayli od am yoshlik ch,:~g' i¬danoq ish qobiliyatini yo'qotib, o'zi xohlagan kasbni egallay olmasligi mumkin.
Yuqorida aytib o'tilgan yurak-qon tomir kasalliklarini yuzaga keltiruvchi sabablar turli-tuman bo'lib, ularning eng asosijllari quyidagilardir:
- kun tartibiga organizmning chiniqishiga qaratilgan jismoniy mashqlarga e'tibor bermaslik, ularni bajarmaslik, kam harakat qilish (gipodinamiya). Buning natijasidayurak faoliyati asta¬sekin kuchsizlanadi, uning har xii kasalliklarga beriluvchanigi ortadi;
- ovqatlanish qoidalariga amal qilmaslik, ayniqsa, mol yog'i va tuzni ko'p iste'mol qilish (bir kecha-kunduzda iste'mol qiJ::l¬digan tuzning miqdori 5 g dan, mol yog'i 30 g dan oshmaslilsi kerak). Yog'li ovqatlar, uglevodlarga boy taomlar (shirinliklair, oq non, xamirli ovqatlar)ni ko'p iste'mol qilishdan semirish ,Ja buning oqibatida yurak muskullari orasida yog' to'planishi tufayli yurak faoliyati zaiflashadi; - burun, tomoq, nafas yo'llarining shamollashi, angina, su.. runkali tonzillit, tish kasalliklarini o'z vaqtida davolatmaslil: kabilar yurak-qon tomir xastaliklari yuzaga kelishiga sabab bo'ladi. Yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olishda yuqorida ko'rsatilgan sabablarni bartaraf etish, organizmni chiniqtirish, jismoniy mehnat, sport bilan muntazam shug'ullanish maqsadga muvofiqdir. Yurak-qon tomir sistemasini chiniqtirishda eng oddiy harakat mashg'ulotlari bo'lgan yurish va yugurish, nafas olishni yax¬shilaydigan gimnastika mashg'ulotJarini bajarish muhim ahamiyatga ega. Har bir maktab o'quvchisi har kuni o'rtacha 20-25 ming qadam (12-15 km) yurishi yoki yugurishi, katta odamlar esa kamida 10-12 ming qadam (8-10 km) yurishi yoki yugurishi kun tartibiga kiritilmog'i lozim. Jismonan chiniqqan odamning yurag.i anatomik va fiziologik jihatdan bir qator ijobiy xususiyatlarga ega bo'ladi. Xususan, yurak muskullarida qon aylanishining kuchayishi, ularning oziq moddalar va kislorod bilan ta'minlanishining yaxshilanishi natijasida muskul tolalari yo'g'onlashadi, yural, devori qalinlashadi, uning klapanlari mustahkamlanadi va hajm i kattalashadi. Bu o'zgarisWar natijasida yurakning qisqarish kucbi ortadi, uning ish qobiliyati yaxshilanadi. Bunday odamlar jisffioniy mashq bajarganda yuragining sistolik hajmi (yurak bir marta qisqarganda aortaga chiqaradigan qonning miqdori) 120¬140 ml gacha ko'payadi (tin ch holatda 65-70 ml bo'ladi). Yurak¬ning minutlik hajmi 25-30 1 gacha ko'payadi (tinch holatda 5 I). Yurakning qisqarish tezligi (puis soni) 150-200 martagacha ortadi (tinch holatda 70 marta). Yurak ishining kuchayishi, undan arteriya tomirlariga chiqariladigan qon miqdorining ortishi, organizmda qon aylanishining tezlashuvi barcha to'qimalar hamda Yurak muskullarini oziq moddalar, gormonlar, vitaminlar, kislorod biJan ta'minlanishini yaxshilaydi. Shuni ta'kidlash kerakki, yurak-qon tomir sistemasini jismo¬niy mashqlar bilan shug'ullanib chiniqtirish asta-sekin olib borilishi kerak. Chiniqishning boshlanishida jismoniy mashqlar h~'ljmi kam bo'lib, asta-sekin ko'paytirilishi kerak. Har bir odam bajaradigan mashqning hajmi, ya'ni har kuni yuradigan va chopadigan masofasi, harakat tezligi uning yoshini, jismoniy ri,vojlanish darajasini, sog'lig'ini e'tiborga olgan holda belgilani¬shi kerak.
Ales holda, yurak zo'riqishi natijasida har xii kasallik¬lar yuzaga kelishi mumkin. Shuning uchun jismoniy mashqlar bilan chiniqishga ahd qilgan odam shifokor va jismoniy tarbiya o'qituvchisining maslahati bilan ish ko'rishi lozim. Chekish va spirtli ichimlik ichishning yurak-qon tomir siste¬IInasiga zararli ta'siri. Chekish (sigaret, nos, nasha va hokazo) va :spirtli ichimliklar iste'mol qilish zararli odatdir. Bu moddalar odam organizmining barcha hujayra, to'qima va organlariga, jumladan, yurak va qon tomir sistemasiga zararli ta'sir ko'rsatib, ateroskleroz, gi pertoniya, yurakning ishemik kasalligi, yurak infarkti, miyaga qon quyilishi kabi og'ir xastaliklar yuzaga kelishiga sabab bo'ladi. Chekish eng zararli odal. Tamaki tutuni tarkibida 3 ming¬dan ko'proq zaharli kimyoviy moddalar borligi aniqlangan. Shu¬lardan nikotin, karbonat angidrid gazi, radioaktiv poloniy, kadmiy, kobalt, qo'rg'oshin, margimush kabilar yurak va qon tomirlar sistemasiga zaharli ta'sir ko'rsatib, odamning sog'lig'ini yomonlashtiradi, ish qobiliyatining pasayishiga sabab bo'ladi.
Qon aylanish tizimi yopiq bo'lib, yurak, arteriyalar, tomirlar va kapillyarlardan iborat. Biz bilamizki, yurak faoliyati to'rt kamerali yurakning dinamik modeli bilan ishlab chiqiladi. Har bir kamera elastik devorlari bo'lgan sferik suv manbai bilan bog'langan, tizim yurak kameralarida qon oqimi tenglamasidan, massa va Puayzelyning saqlanish qonunlaridan iborat. Katta va o'pka qon aylanishining arteriyalari va tomirlari tarmoqlari to'rtta ustun shaklida taqdim etilgan. Ularning har biri yurak kameralaridan biri bilan bog’lanadi. Tomirlar elastik naychalar deb hisoblanadi, ularning diametri va uzunligiga nisbati unchalik katta emas.

Yüklə 36,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə