18
mumli yoki parafinli kapsulaga qadoqlanib, qog‘oz xaltachaga solinadi.
Tegishli
yorliq yopishtiriladi.
Pasporti:
Kalsiy karbonat 1,8 0,3*6=1,8
Belladonna suyuq ekstrakti (1:2) -0,09gr V –VI tomchi 0,015*6=0,09
0,09*2 =0,18
m
umumiy
=1,8q0,18=1,98g
m 1 ta poroshokning og‘irligi 1,98/6=0,33 g
Retsept tayyorlanib bo‘lgandan so‘ng, uni orqasida qaysi ekstraktdan
foydalanilgani albatta ko‘rsatilishi kerak.
3.2. Suyuqliklar bilan poroshoklar tayyorlash (belladonna nastoykasi bilan)
Suyuqliklar bilan poroshok tayyorlash
. Murakkab poroshoklar tarkibiga
ayrim hollarda nastoykalar kiradi.
Nastoyka deb, o‘simlik va hayvon
mahsulotlaridan
har xil konsentratsiyali spirt, spirt-efir yordamida olingan
ajratmalarga aytiladi. Nastoykalar odatda 1:5 va 1:10
nisbatda tayyorlanib,
dorixonalarga tayyor holda keltiriladi. Suyuqliklar poroshok tarkibiga qo‘shib
tayyorlanganda, ularning sochiluvchanlik darajasiga ta‘sir etmasligi kerak. Agarda
sochiluvchanligi talabga javob bermasa, u holda quyidagi
ikki usulning biridan
foydalaniladi:
Poroshok tarkibidagi nastoykani ta‘sir etuvchi moddasi uchmaydigan bo‘lsa
(masalan, belladonna nastoykasi) u holda poroshok qizdirilgan hovonchada
tayyorlanadi.
Poroshok tarkibidagi nastoykani ta‘sir etuvchi moddasi uchsa (masalan,
valeriana nastoykasi), u holda poroshokka indifferent modda (qand, sut qandi)
qo‘shib tayyorlanadi.
Indifferent modda poroshok tayyor bo‘lguncha qo‘shiladi va qancha olinganligi
retsept hamda signaturada ko‘rsatiladi.
Rp.: Tincturae Belladonnae gtt. II
19
Sacchari 0,3
Misce
fiat pulvis
Da tales doses №6
Signa. Bitta poroshokdan kuniga 2 mahal ichilsin.
Dostları ilə paylaş: