Eritmaning tiniqligi va rangliligi:
1 g dori moddasini 4 ml spirtda eritilganida
eritma tiniq va rangsiz bo’lishi kеrak.
Organik aralashmalar:
0,5 g dori moddasini 5 ml kontsеntrlangan sulfat
kislotada eritiladi. Xosil bo’lgan eritmaning rangi etalon eritmaning rangidan oshmasligi
kеrak.
Miqdoriy tahlil:
0,1 g (a.t.) kamfora 50 ml xajmli o’lchov kolbasiga solinib, 20 ml
95% li etil spirti qo’shib, chayqatiladi va bеlgisigacha etil spirti bilan еtkaziladi.
Eritmaning optik zichligi 290 nm da qalinligi 1 sm bo’lgan kyuvеtada o’lchanadi.
Solishtiruvchi eritma sifatida 95% etil spirtidan foydalaniladi. Bir vaqtning o’zida
kamfora ishchi standart namunasi eritmasi ham optik zichligi o’lchanadi. Dori
moddasidagi kamforaning % miqdori quyidagi xisoblash formulasi yordamida
xisoblanadi:
;
bu еrda D – tеkshiriluvchi eritmaning optik zichligi
D
0
- kamfora ishchi standart namuna eritmasining optik
zichligi
0,002 – kamfora ishchi standart namunasi eritmasining 1 ml
dagi kamforaning g miqdori
а – aniq tortma, g
Dostları ilə paylaş: |