Faylasuflarming nutq tuzilishi va aforizmlari



Yüklə 8,54 Kb.
tarix25.05.2023
ölçüsü8,54 Kb.
#112785
tarjima


tarjima asar edi. Villiam Kakston "Faylasuflarming nutq tuzilishi va aforizmlari" asarini fransuz tilidan tarjima qildi. Villiam Kakstonning bosma kitoblari yuqori tabaqa vakillari va boy savdogarlarga mo'ljallangan edi. Uning kitoblari ancha qimmat turar edi.

Villiam Kakston 90 dan ortiq kitoblarni bosmadan chiqardi va ularning ko'pini o'zi tarjima qildi. Shulardan biri "Aeneid"("Eneida") fransuz tilidan proza shaklidagi hikoya tarzida tarjima qilingan Vergiliyning asari edi. "Dunyo bag'ri" asari lotin tilidagi XIII-asrga oid "qomusiy" she'r bo'lib ilk marta rasmlar bilan bezatilib bosmadan chiqarilgan kitob edi. "Metamorfozalar" Ovidiyning asari bo'lib fransuz tilidan proza shaklida tarjima qilingan. Villiam Kakston turli boshqa tarjima asarlarni ham bosmadan chiqargan. Shuningdek, S.Bonaventuraning "Isoning tug'ilishi haqidagi fikrlar" asarini Nikolay Lav Jan de Galopning fransuzcha tarjimasidan ingliz tiliga o'girgan.

Villiam Kakston bosmadan chiqargan asarlar orasida "Cantebury tales", Joffrey Choserning "Consolations by philosophy" tarjimasi, Lijetning she'rlari, Tomas Malorining "Arturning o'limi" asari, huquqga oid adabiyotlar, tarixiy va tibbiy asarlar bor edi. Tomas Malori Villiam Kakstonni ingliz adabiyoti tarixida

birinchi ingliz noshiri va "Arturning o'limi" romanini bosmadan chiqargan shaxs sifatida ta'riflaydi. Biz Villiam Kakstonning tarjimalariga nazar tashlasak, u lotin va fransuz tillarining aslligini saqlab qolishga intilgani, shuning uchun uning tarjimasi "murakkab adabiy tarjima" sifatida mashhur bo'lganini ko'ramiz. Villiam Kakston tarjima qilgan so'zning ma'nosini izohlash uchun

sinonimlardan keng foydalangan. Tadqiqotchilar Villiam Kakston asosan mexanik tarjimaga e'tibor bergan deb hisoblaydilar.

O'zining tarjimalarida Villiam Kakston qo'shma, mavhum va yangi so'zlardan yoki ingliz tilida birinchi marta qo'llanayotgan so'zlardan foydalangan. Bosib chiqargan asosiy adabiyotlari ingliz tilining orfografiyasi va uslubiyatining rivojiga sezilarli ta'sir ko'rsatgan.



43
Yüklə 8,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə