158
Tohir Malikning "Alvido bolalik"asarida obrazlar tasviri
Borataliyeva Noila Shuxratjon qizi
Ingliz tili va adabiyoti fakulteti Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili yoʻnalishi 2-
bosqich talabasi
Ilmiy rahbar: Sevara Usmonova
Annotatsiya:
Ushbu tezisda Tohir Malikning "Alvido bolalik"qissasidagi
qahramonlar, ular oʻrtasidagi oʻzaro
munosabatlar, bu qissa yozilishining jamiyatga
qanday bogʻliqligi xususida fikr yuritilgan.
Kalit soʻzlar:
"Alvido bolalik", oilaviy muhit, yetishmovchilik, tarbiya, jinoyat
va jazo
Oʻzbek yozuvchilarining namoyondalaridan biri boʻlgan Tohir Malik soʻzlardan
shunday mohirlik bilan foydalanadiki, u yaratgan asar har bir oʻquvchi ongida, qalbida
koʻp yillar muhrlanib qoladi. Uning asarlarini oʻqir ekansiz, bevosita asar
qahramonining his-tuygʻulariga sherik boʻlib ketasiz. Shu jumladan, "Alvido bolalik"
qissasi ham o'tkan davr kitobxonlarining ham, yangi
davr kitobxonlarining ham
qalbidan allaqachon oʻrin egallashga ulgurgan. Ushbu asar haqida soʻz borar ekan, asar
zamonaviy hayotni yoritishga xizmat qilgan, asarda ilgari surilgan gʻoya esa jamiyatda
dolzarbligi va ahamiyat kasb etishi bilan boshqa asarlardan farq qiladi. Asar xususida
gap ketadigan boʻlsa, qissaning bosh qahramonlari Asror, Qamariddin, Dilfuza va
Salim boʻlib, ularning orzu-o'ylari,
qarashlari, umid-istaklari turlicha, lekin ularning
diqqat-e'tiborlarini bir nuqtaga qaratadigan narsa esa kimdandir yoki nimadandir bezor
boʻlishlik, alamzada boʻlib, o'qiguvchini mulohazaga undaydi. Bu alamzadalik, bezor
boʻlishliklar asarning boshlanishidayoq keltirilgan: "Hozir qoʻlimga miltiq berib
qoʻyishsa-yu darvozadan otam bilan onam kirib kelishsa, shartta otardim. Ana undan
keyin oʻzimni ham otib yuborishsa mayli. Yoʻq, avval sud boʻlishi kerak. Sudda
gapirishim shart: "Bolasini tashlab ketgan ota-onaning jazosi shu", deyman. "Tirik
yetimlar, hammangiz
ablah ota-onalaringizni topib, otib yuboring. Yolgʻon gaplar
toʻqib, ularni yaxshi odam qilib koʻrsatmang bir- birlaringizga. Ayamay, otib tashlang!"
deyman. "Tirik yetimlarga miltiq beringlar!" deyman. Ana shundan keyin meni otishsa
ham mayli..." Shu kabi alamzadaliklar asar qahramonlarining egri yoʻllarga kirib
ketishiga katta turtki boʻlgan. Asror obrazi haqida soʻz ketsa, u dastlab bilimga
chanqoq, bilimdon maktab oʻquvchisi boʻlgan. Lekin otasining oʻzi
bilan birga
toʻylarga olib chiqishi, yetmaganiga majburlashi ham bolaning ruhiyatiga taʼsir qilgan
va Qamariddin ismli kichik jinoiy toʻdaning boshligʻiga yaqinlashib jinoyatlar sodir
etishigacha borgan. Aslida esa, Asrorning Dilfuza bilan boʻlgan munosabatlarida uning
qanchalar mehribon va samimiy yigit boʻlganligi qissada yaqqol berilgan. Qamariddin
159
esa koʻplab orzular qilgan, lekin atrofidagilarning munosabatlar, jamiyat zulmlari uni
holdan toydirgan. Shuningdek, u tugʻilganidanoq shunday munosabatlar orasida
voyaga yetishi uning jinoyatchi boʻlishiga sabab boʻlgan.
Salimning ehtiyojmand,
otasining ichishi, onasining oilaviy qiyinchilik natijasida bolalarga eʼtibor boʻlishi,
uning jinoyat koʻchasiga kirishga undagan. Qissadagi eng namunali va jonkuyar obraz
mayor Soliyev hisoblanadi. Yozuvchi bu obraz bilan hech qanday jinoyat jazosiz
qolmasligini, haqiqat albatta qaror topishligini isbotlagan. Asarning syujeti haqida
gapiradigan boʻlsak, avvalo, syujet soʻzining lugʻaviy maʼnosi fransuzcha "predmet",
"asosga qoʻyilgan narsa" degan maʼnoga toʻgʻri keladi. Badiiy asardagi bir-biri bilan
uzviy bogʻliq holda kechadigan, qahramonlarining xatti-harakatlaridan kelib chiqqan
holda tashkil topuvchi voqealar tizimidir. "Alvido bolalik" asarining syujetiga
toʻxtaladigan boʻlsak, bu qissa konsentrik, ya'ni tadqiqot syujet turi hisoblanadi. Bunda
asardagi
voqea-hodisa sabablari, ularning kelib chiqishlari atroflicha oʻrganilib,
ommaga taqdim etiladi. Asosan detektiv asarlarni shular jumlasiga kiritishimiz
mumkin.
Yuqorida keltirilib oʻtilgan fikrlardan shunday xulosa qilishimiz mumkinki, asar
qahramonlarining bu darajadagi ayanchli qismatlariga yangona katta aybdor jamiyat
hisoblanadi. Jamiyatda jinoyatlarning avj olishi, ularga befarqlik, poraxoʻrlik, shu bilan
birga bolaning tarbiyasida ota-onaning e'tiborsizligi jamiyat hayotida katta xavf
tugʻdiradi. Qissa xotimasi ayanchli tarzda yakunlandi.
Asrorning bunday jinoyatga
birinchi marta duch kelishi, qissada jinoiy toʻda tomonidan jabrlangan insonni hech
unutolmasligi, unga tunlari uyqu bermasligi Asrorning hali goʻdakligi va soddaligidan
nishona edi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Tohir Malik. "Alvido bolalik" 2018
2. D. Qurbonov. "Adabiyot nazariyasi asoslari" - Toshkent,
Navoiy universiteti
2018
3. htpps: //www.erus.uz
4. https://fayllar.org