I bob: O’rta osiyoning qadimiy musiqiy madaniyati va unda o‘zbek musiqa san’atining o‘rni



Yüklə 46,42 Kb.
səhifə1/5
tarix11.12.2023
ölçüsü46,42 Kb.
#147356
  1   2   3   4   5

MAVZU: O’RTA OSIYONING QADIMIY MUSIQIY MADANIYATI
VA UNDA O‘ZBEK MUSIQA SAN’ATINING O‘RNI
Reja:
KIRISH: O‘RTA OSIYONING QADIMIY MUSIQIY MADANIYATI
I.BOB: O’RTA OSIYONING QADIMIY MUSIQIY MADANIYATI
VA UNDA O‘ZBEK MUSIQA SAN’ATINING O‘RNI
1.1. Madaniyat rivojida antik madaniyatning ahamiyati.
1.2. O‘rta asrlar universializm davrining musiqiy dunyoqarashi.
1.3. Yevropa musiqasining shakllanishida grigorian xorlarining roli.
II.BOB:
2.1.
2.2.
2.3.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH:


Madaniyat rivojida antik madaniyatning ahamiyati.
Antik davr madaniyati – jahon sivilizatsiyasining beshigi bo‘lib, u ​davrda filosofiya, madaniyat fan sifatida shakllandi. O‘sha davr yunonlarining turmush tarzi, fikrlashi, ma'naviyati hozirgacha ham insonlarni hayajonga solib kelmoqda.
Antik yevropa madaniyatining shakllanishiga Mesopotamiya va Misr madaniyatining, ayniqsa, arifmetika, astronomiya, mifologiya va teologiya sohalarida erishilgan dastlabki muhim yutuqlarning ahamiyati katta bo‘ldi.
Qadimgi Yunon madaniyati er.avv. XXVIII asrdan er.avv. II asrgacha davom etdi. Yunonlar o‘zlarining vatanini Ellada deb ataganlar. Qadimgi Yunon madaniyatining eng yuqori darajaga ko‘tarilgan davri er.avv. V-IV asrlarga to‘g‘ri keladi. Qadimgi Yunon madaniyati jahon madaniyati tarixida favqulodda hodisa sifatida o‘zini namoyon etdi.
Ellada hozirgi zamon davlatlarining boshqaruv shakli – respublika va demokratiyaning vataniga aylandi. Uning namunaviy shakli Perikl (443- 429 yy) hisoblanadi. Yunonistonda jismoniy va aqliy mehnat ikkiga ajraladi. Jismoniy mehnat bu qullarga, aqliy mehnat qilish esa ozod kishilarga taalluqli edi. Yunonlar davlat va shaxsiy mulk, jamoa va shaxsiy manfaatlarni o‘zaro juda mohirona bog‘lay olganlar. Aristokratiya odobi – musobaqa tamoyillari asosida birinchilardan bo‘lishga intilish qadriyati keng quloch yoydi. Bunday o‘yinlar sahnasi: Olimpiya o‘yinlari,1 munozara, jang maydoni, teatr sahnalari edi.
Yunonlar mifologiyasida birgina xudolarni emas, yerdagi insonlarni ham ulug‘laganlar. Bunga Sofoklning "Dunyoda buyuklar ko‘p. Lekin, insondan boshqa tabiatda kuchlisi yo‘q", yoki Arximedning "Menga tayanch nuqtasini topib beringlar, men dunyoni ostin-ustun qilib tashlayman" degan iboralarini misol tariqasida keltirish mumkin.
Qadimgi Yunon madaniyati beshta davrga bo‘linadi:
Egey madaniyati ( er.avv. 2800-1100 yillar);
Gomer davri (er.avv. XI-IX asrlar);
Arxaik madaniyat davri (er.avv. VIII-VI asrlar);
Klassik (yuqori darajadagi)davri (er.avv. V-IV asrlar);
Ellinizm davri (er.avv. 323-146 yillar).
Egey madaniyatini ko‘pincha Krit-Miken madaniyati deb ham atashadi. Buning sababi Krit oroli va Miken Yunon madaniyatining asosiy markazlari sanalgan. Shuningdek bu davrni afsonaviy podsho Minosning nomi bilan Minoy madaniyati deb ham atashadi.
Falsafa va boshqa fanlar vujudga keladi. Falsafa faniga Fales, Pifagor esa matematikaga asos soladi.
Avval yog‘ochdan, keyinchalik toshdan foydalanib yasaladigan monumental haykaltaroshlikka asos solinadi. Shulardan ko‘proq tarqalgani: 1) yalang‘och holdagi erkaklarning haykallari – "kuros"; 2) tikka turgan ayollar haykallari – "kora".
Poeziya sohasida Gomerning "Illiada" va "Odisseya" dostonlari yaratiladi. Keyinroq shoir Gesiod tomonidan "Teogoniya" va "Ayollar katalogi" poemalarida antik mifologiya o‘zining klassik darajasiga ko‘tariladi. Antik shoirlar orasida Arxilox (lirik poeziya asoschisi), hamda shoira S.O.Lesbos ijodlari alohida o‘rin tutadi. Go‘zallik, sevgi, huzur-halovatni kuylagan Anakreonta ijodi A.S.Pushkin ijodiga ham katta ta'sir ko‘rsatgan.

Yüklə 46,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə