I bob: O’rta osiyoning qadimiy musiqiy madaniyati va unda o‘zbek musiqa san’atining o‘rni



Yüklə 46,42 Kb.
səhifə4/5
tarix11.12.2023
ölçüsü46,42 Kb.
#147356
1   2   3   4   5
Abu Rayxon Beruniy (973-1048 yy). Xorazmda tavallud topgan bu mutafakkir, serqirra olim astronomiya, tarix, tibbiyot, riyoziyot, jug‘rofiya, geodeziya, meteorologiya, etnografiya, falsafa, filologiyaga oid 150 ga yaqin asarlar yaratgan. Bu asarlar Beruniy nomini jahonga taratdi. Shuningdek, uning xikoyalar, she'rlar bitganligi xam ma'lum. Beruniy o‘rta asrda birinchi bo‘lib globus yaratdi. U arab, fors, hind turkiy tillarni mukammal bilgan. Uning «Farmokanaziya», «Geodeziya», «Hindiston», «Minerologiya», «Ma'sud qonuni», «qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarlari o‘zbek va rus tillariga tarjima qilingan. Maxmud G‘aznaviy saroyda ham xizmatda bo‘lgan. U Ibn Sino bilan ham zamondosh edi.
Abu Ali Ibn Sino (980-1037 yil) U falsafa, mantiq ruxshunoslik, adabiyotshunoslik, she'riyat, musiqa, geologiya, minerologiya, fizika, matematika, tibbiyot, astronomiyaga oid yuzlab asarlar yaratdi. Abu Alining ilmiy qiziqishlari doirasi shu qadar keng bo‘lganki, uning 40 dan ziyod tibbiyotga, 30 ga yaqin astronomiya va tabiatshunoslik fanlariga, 185 ta falsafa, mantiq va ilohiyotga bag‘ishlangan asarlar yaratgani ma'lum.
Vizantiya musiqa madaniyati.
Vizantiya musiqasining lotin cherkov aytimlari va diniy hizmatlariga o‘tkazgan ta'siri va ahamiyati xususida yuqorida bir necha bor qayd etilganligiga qaramay uni o‘rganilishi bir muncha mushkil kechgan. Xristian davrining ilk boshlanish bosqichidanoq Vizantiya musiqa san'ati haqida ma'lumotlar bo‘lishiga qaramay, amaliy musiqa namunalari bizgacha yetib kelmagan.Shu bois, birinchi asr xristian musiqasi haqidagi fikr -mulohazalar asosan ruhoniylar yozib qoldirgan qo‘llyozmalaridagi umumiy qarashlar tizimi asosida shakllandi.
Vizantiya - yunon madaniyatining vorisi sifatida o‘zining musiqiy an'analarida qadimgi yunon xalq qo‘shiqlar va ibodatxona madhiyalarini saqlab qoldi.Ammo, so‘nggi rivojlanish pallada ular unutilib boradi. Hanuzgacha o‘rganilmagan qadimgi vizantiya musiqasi negizida pinhon sirlangan ellinlar musiqasining tovushqatorini saqlanib qolgan bo‘lsa ajab emas. Biroq, mazkur davrda vizantiyaning gullab yashnagan arxitekturasida qadimgi yunon va rim madaniyatlariining ta'sirini aniq ko‘rish mumkin. Bugunda vizantiya musiqasini tadqiq qilish borasidagi asosiy to‘sqinlik, o‘ziga xos qadimgi vizantiya nota yozuvini bugungi kunga qadar o‘rganib chiqilmaganiga borib taqaladi.
Qadimgi Vizantiya arxitekturasi
Bizgacha original ko‘rinishda yetib kelgan eng qadimgi yodgorlik papirus qog‘oziga bitilgan ersgersog Raynerning qo‘llyozmasidir.Mazkur manba to‘rtinchi asrga mansub bo‘lib unda biz xech qanday nota belgilarni ko‘rmaymiz va buning oqibatida ayrim olimlar qadimgi vizantiya liturgiyasi faqat oddiy rechitativ ko‘rinishidagi aytimlardan iborat bo‘lgan degan fikrni olg‘a surishlariga sabab bo‘ldi. Balki, ma'lum ma'noda sharqiy mamlakatlarga xos bo‘lgan og‘zaki ijodiyot tizimi, professional san'atkorlar tomonidan qadimgi liturgiyalarni yoddan bilishiga sabab bo‘lgan. Mavjud nota belgilari lotin cherkovidan tashqarida, havaskorlar toifasi uchun katta yordam bo‘lgan.Bunday belgili yozuv tizimi qadimgi yunon prosodiya1 bilan bog‘liqlik rishtalariga ega .
Haqiqiy nota yozuvi Vizantiyada sakkizinchi asrga kelib paydo bo‘ladi. Uni asoschilardan biri vizantiya liturgiyasini tubdan isloh qilgan shahs Ioann Damashqli (700-760) bo‘ladi. Damashqda tug‘ilgan ruhoniy qo‘l ostida diniy aytimlar “oktoix”2 orqali sakkiz glasdan iborat bo‘ldi.Uning tizimi asosida qadimgi yunon cherkovida bugungi kunga qadar saqlanib qolgan kechki yunon nota yozuvi shakllandi. Ioann Damashqli islohoti nota belgilar yordamida cherkov aytimlarining melodik xarakatini aks etishga qodir bo‘ldi.
Damashqli Ioann ngi nota yozuv tizimi asosan bosh Konstantinopol cherkovi (bugunda masjidida) keng tarqalgani bois («agia Sophia») uning nota yozuvi «agiopolik» deb nom oldi .
.Istanbul. Ayya Sofiya cherkovi, so‘nggi asrda masjidi
Ioann Damashqli nota yozuvi masalasi xususida tadqiqotchilar bir to‘xtamga kelmagan. Xususan, vizantiya musiqasining ko‘zga ko‘rinarli olimlari qatorida abbat J. Tibo va fransuz olim L. Gastue, o‘n uchinchi asrda vujudga kelgan vizantiya nevmalari aslida ushbu asrda ijod qilgan musiqa nazariyotchisi,kompozitor Ioanna Kukuzel ihtirosi va qalamiga mansub (XIII asr) deya ta'kidlaydilar.
Ushbu asarga doir qo‘llyozmalar ko‘pligi bois agiopolik va kukuzel ko‘rinishdagi nevmalarini o‘qish mumkin. O‘rta asr qo‘llyozmalarida nevmalar xususida ma'lumotlar yetarli darajada. Ular. agiopolitlar, enxiridiyalar (boshqaruv), va papadiki(ruhoniylar qoida qonunlari) kitoblari xususida ma'lumot berib, qadimgi nota belgilari grammatikasini aks etgan musiqiy alifboni tashkil qiladi.
“Papadiki” - ko‘p asrlar davomida nus’ha qilib ko‘chirilgan eng qadimgi o‘rta asr namunasidir. Ushbu manbani o‘rganish asnosida olimlar nafaqat o‘rta asr nota yozuvi sirlarini ochish, balki, ushbu yo‘l bilan yozib olingan o‘rta asr liturgiyalarining xarakterini aniqlash imkoni paydo bo‘ldi.
XIX asrda vizantiya nota yozuvini isloh qilinishi borasida yana bir qadam qo‘yildi. Uni arxiepiskopom Xrisanf amalga oshirib ortiqcha belgilarni olib tashlash orqali, vizantiya nota yozuvini yanada sodallashtiradi.

Yüklə 46,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə