I bob: O’rta osiyoning qadimiy musiqiy madaniyati va unda o‘zbek musiqa san’atining o‘rni



Yüklə 46,42 Kb.
səhifə5/5
tarix11.12.2023
ölçüsü46,42 Kb.
#147356
1   2   3   4   5
Konstantinopallik arxiepiskop- Xrisanf
Uning islohoti vizantiya cherkov notatsiyasi rivojiga katta ta'sir ko‘rsatmadi va hanuzgacha liturgik namunalarda , g‘arbiy cherkovda allaqachon unutib yuborilgan, nevma nota yozuv tizimi xaqidagi xotirani aks etadi.
Vizantiya cherkovidagi hizmatlar o‘zini dabdabaligi va tashqi xashamati bilan ko‘zga tashlangan. Ayniqsa Konstantinopoldagi Ayya Sofiya cherkovi buning yorqin misolidir.
Imperatorlar saroyida musiqachilar va xonandalardan iborat katta xorlar mavjud bo‘lib, ular imperatorni cherkovga tashrif buyurgan vaqtida xor aytimlar va ulug‘lash madhiyalari bilan unga jo‘rlik qilganlar. Ma'lum bo‘lishicha bir qator imperatorlar, cherkov madhiyalarning mualliflari ham bo‘lgan . Xususan, imperator Feofil (829-842), nafaqat cherkov aytimlarini yaratuvchisi , balki, xorga jo‘rlik qilgan cholg‘uchilar safida o‘tirib diniy marosimlar o‘tkazishda shahsan o‘zi qatnashgan. Boshqa imperator- Mixail Parapinaki musiqaga ko‘p vaqt ajratishi bois, davlat ishlarini tashlab qo‘yiganligida zamondoshlari tomonidan ayblangan .
Yana bir imperator –Arslon Faylasuf musiqiy qiziqishlari ham e'tiborga loyiq. Imperator tanovvul qilish vaqtida, saroy xonandalari bilan kuylangan bir qator madhiyalarning muallifi bo‘lgan.Ushbu ma'lumotlar yunon olimlari tomonidan qilingan katta hizmati ularoq musiqa san'ati vizantiyalik imperatorlar saroyida, qolaversa mamlakatda tutgan yuqori mavqyeini beligab beradi
Etnografik va arxeologik tadqiqotlarga tayangan ko‘plab olimlar musiqa san’ati insoniyatni ibtidoiy jamiyat davrida shakllanishi, uning bevosita mehnat va dam olish jarayoni, diniy marosimlar va harbiy yurishlar bilan bog‘liq holda rivoj topishini ta’kidlaydilar. Arxeologik qazilmalar asosida qadimgi devoriy suratlarda aks etib bitilgan chizma rasmlar orqali o‘lim marosimlarida ijro etiluvchi yig‘i-marsiyalar, harbiy marshlar, allalar, cho‘pon kuy va qo‘shiqlari shu singari aynan ko‘plab musiqiy janriar mavjud bolgani xususida asos yaratgan. Sharq mamlakatlarming rivojlanish davrida (mil. V-III ming yil avval) musiqa madaniyaitning ajralmas bo‘lagiga aylanganligiga guvoh bo‘lamiz. Qadimgi Misr, Suriya, Shumer, Bobil, Hindiston va "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 2 / June 2022 ISSN 2181-063X 552 http://oac.dsmi-qf.uz Xitoy mamlakatlarining saroy marosimlari musiqasiz o‘tkazilmagan. Musiqaga ilohiy va afsungar qudratga ega bo‘lgan tirik jonzotlar, xudolar, tabiat va koinotga o‘z ta’sirini o‘tkazuvchi mo‘jizakor kuch sifatida qaralgan. Bizning asrimiz boshida musiqa haqida tasavvurlarni aks ettiruvchi ko‘plab diniy, axloqiy va nazariy risolalar paydo bo‘ldi. Ko‘pincha musiqa san’atining barcha kichik bolaklari xususida, jumladan, tovushqator, parda asosi, ton va musiqiy cholg‘ular haqidagi tasavvurlar aniq timsoliy va ramziy ma’no o‘rnida izoh etilgan. Saroy va diniy maskanlaring oliy tabaqador va noziktaab musiqa san’atiga nisbatan qarama-qarshi oddiy avom xalqning sodda qo‘shiq-kuylari, raqs va aytimlari taqqoslangan. Asta-sekin professional musiqachilar doirasi shakllanib, ularning atrofida maktablar rivojlanib borgan. Qadimgi Yunon musiqa madaniyati haqidagi tasavvurlar arxeologik qazilmalardan topilgan buyumlar, qadimgi yozma manbalar, adabiyot yodgorliklari va maxsus musiqiy parchalar tahlilida shakllanib keldi. Qadimgi Yunon musiqasining rivoji taxminan miloddan avvalgi ikki ming yillikdan tortib, avvalgi V asrga qadar bolgan davrni qamrab oladi. Qadimgi Yunon musiqasining xalq qo‘shig‘i janrlari haqida ma’lumotlar hozirda ham mavjud. Xususan, “georgiki” - dehqon qo‘shiqlari, “epitalama” va “gimenei” - to‘y qo‘shiqlari, “trena - yig‘i qo‘shiqlari, “embateriya” - safar qo‘shiqlari, “skolli” - davra qo‘shiqlari va yana bir qator qo‘shiqlar turlari yunonlaring amaliy hayotidan keng o‘rin olgan. Bu esa, o‘z o‘rnida, folklor musiqasi ma’lum darajada rivojlanganining belgisidir. Qadimgi Yunon musiqasida xudolar sharafiga ijro etiluvchi qo‘shiqlar alohida o‘rin egallaydi. Eng qadimgi qurbonlik marosimi “spondey” - sinkretik janr bo‘lib, asosan musiqa va raqs harakatidan tarkib topadi. Ilk bor musiqani yaratgan va ijro etgan san’atkorlar - “aed” deb nomlanib, u bir vaqtning o‘zida shoir, bastakor, qo‘shiqchi va jo‘rnavoz (torli asbob jo‘rligida) vazifasini bajarar edi. Mashhur musiqachilar ijodi Qadimgi Yunon afsonalarida (Olimp, Orfey, Famirid, Marsiy) va epik poemalarida (Gomeming “Odisseya”sida, Demodok va Femiy asarlarida) tilga olinadi. Tantanali aytim va rivoyatlami kuylovchi professional va mohir xonandalar - aedlar xalq orasida katta hurmat va ehtiromga sazovor bo‘lgan. Agar jismoniy kuch va iroda Olimpiya yig‘inlarida namoyish etilgan bolsa, xonanda va sozandalar, shoirlar uchun alohida musobaqa - Pifiya yig‘inlarida tashkil qilingan. Ko‘p san’at ahli Pifiya o‘yinlarida ishtirok etib, Olimpiya sport ustalari kabi musobaqada g‘oliblikni qolga kiritsagina, g‘oliblik nishoni bolmish - lavr gulchambarlari bilan mukofotlanar edi. Antik madaniyatning eng yuksak yutuqlaridan biri o‘z ichida drama va she’riyat, musiqa va raqsni mujassam etgan qadimgi tragediyalar (fojialar) boldi. Ayniqsa, Esxil, Sofokl, Yevripid qalamiga mansub tragediyalar dunyoda nihoyatda mashhur bolgan. Bugunda ularning nomisiz jahon hamda Yevropa drama va musiqa teatrlari rivojini tasavvur qilib bolmaydi. Buyuk tragiklar - Esxil, Sofokl, Yevripid va komediyachi Aristofan o‘z durdonalarida musiqaga muhim dramaturgik vazifani yuklaganlar.Ushbu davrda musiqa tilida burilish yasagan xor lirikasi yunon adabiyot vakillari va dramaturglari - Timofey, Friniya, Kreks, Melanippida ijodiy izlanishlarida ro‘y beradi. Qadimgi Yunon musiqasi aynan ellinistik davrda (miloddan avvalgi IV asrning ikkinchi yarimidan boshlab) keng miqyosda O‘rta dengiz yerlarida tarqab boradi. Qadimgi Yunon musiqasi amaliyotida turli xil cholg‘u asboblar keng qo‘llab kelinganligi ma’lum: torli guruh - lira, kifara, forminga, kinir, barbiton, lirofeniks, sambika, spadiks, psalteriy, magadis, pektida, epigoniy, nabl; damli guruh - avlos turli xillari (bombiks, borim, kalam, gingr, niglar, elim), siringlar (bir-ikki va ko‘p trubali) va truba (salpinga, keras); urma guruh - timpan, sistr, kimval, krotal, psifir, roptr. Aleksandriyalik mexanik Ktesibiy (miloddan avvalgi III-II asrlar) birinchi suvli organ - gidravlos asbobini kashf etgan. Qadimgi Yunonistonda, shuningdek, musiqiy nazariya va musiqiy estetika sohalari mukammal darajada rivoj topadi. Pifagor va pifagorchilar maktabi musiqaning bir qator akustik qonuniyatlarini ilmiy darajada izohlab berdilar. Aristoksen ilmiy izlanishlarida interval va tovushqatomi empirik-eshitish hissiyotini o‘rganib chiqqan. Musiqa nazariya ilmidagi keyingi tadqiqotlarni - Nikomax, Klavdiy Ptolemey (miloddan avvalgi I-II asrlar), Aristid Kvintilian, Porfiriy, Allipiy (miloddan avvalgi III-IV asrlar) muvaffaqiyatli amalga oshirganlar. Musiqaning etik masalalari, shuningdek, ushbu yo‘nalishdagi konsepsiyani bir qator antik olimlar o‘rganib chiqqanlar. Ular orasida Platon va Aristotel izlanishlari alohida e’tiborga loyiq. Shuni ta’kidlash joizki, qadimgi Yunonistonning gullab-yashnagan davrida Yevropa badiiy madaniyati rivoj i uchun tamal toshi solingan. Bugungi kunga qadar biz o‘sha uzoq davrda iste’molda bo‘gan va qollanilgan ko‘plab musiqiy tushunchalar hamda atamalardan foydalanib kelmoqdamiz. Qolaversa, “musiqa” so‘zining ma’nosi ham uning so‘z o‘zagi bolmish “muza” dan olingan bo‘lib, qadimgi yunonlarning asosiy bosh xudosi bolmish - Zevsning qizlari nomi bilan qiyoslanishi bejiz bolmagan. Qadimgi Rim badiiy madaniyatining shaklanishi bevosita mazkur an’analar vorisligi (etrus, yunon, ellinistik) va Rim davlatining (miloddan avvalgi III asr oxiridan, to avvalgi V asrgacha) kengligi bilan uzviy bog’liq edi. Qadimgi Rim madaniyati nisbatan mustaqil ravishda rivojlangan bo‘lib, mazkur davlatning musiqaga taalluqli ma’lumotlari juda kam. Bu davrlarda maishiy musiqiy-shoirona janrlar (tantana, to‘yona, davra, zikr kabi qo‘shiqlar), asosan damli asboblar, rog va trubalarda ijro etilgan harbiy musiqa hamda “salio” va “arvaliyali aka-ukalar” aytimlari mashhur bo‘lgan. Miloddan avvalgi V asrdan e’tiboran, Rim davlati san’atida yunon san’atiga moslashuv harakati kuzatiladi (xususan, bu mifologik mavzulami qollanishida, ritorik maktablarda yunon tilida dars o‘tilishi, yunon san’at buyumlarini xarid qilish va h.k.). Yunoniston kabi Rimda ham poetik asarlarni (Goratsiy odalari, Vergiliy ekloglari, Ovidiy poemalari) tibiya va kifara asboblari jo‘rligida ijro etish san’ati keng targ‘ib qilindi. Keng qo‘llanilgan cholg‘ular orasida arfa va liraning xilma-xil turlari, gidravlos (suvli organ cholg‘usi), kimval va boshqalami e’tirof etish joiz Pantomima teatri tarkibida ishtirok etgan yakkaxon-raqqos va unga jo‘r bo‘lgan xor hamda turli-tuman cholg‘u asboblarining katta guruhi kelgusida aynan cholg‘u musiqa sohasi rivojida muhim rol o‘ynadi. Qadimgi Rim madaniyati yunonga nisbatan, o‘z demokratik rivojidan chetlashib, endilikda tomoshabop - orombaxsh shaklu shamoilida rivoj topdi. Musiqaning gedonistik tushunchasiga bo‘lgan. katta qiziqish Rim zodagonlari orasida havaskorlikning rivojlanishiga olib keldi (imperator Neron “yunon musobaqalarini” tashkil qiladi va bu yerda o‘zi ham qo‘shiqchi va kifarachi sifatida qatnashadi). Miloddan avvalgi I asr yakunida imperator Domitsian yunon “Pifiya o‘yinlari” kabi shoirlar, xonanda va sozandalar orasida “Kapitoliy musoboqalarini tashkil etdi. Rim imperiyasining taniqli musiqachilari - Anaksenor, Tigelliy, Menekrat, Mezomed, Terpniy, Diodor nomlari elga tanildi. O‘z qudrati va saltanatini kengaytirib borgan, Qadimgi Rim madaniy hayotida (gullash davri mil. avval III asrdan boshlab, to milodiy III asrga qadar davom etgan) musiqa ijtimoiy ahamiyatga ega hodisa bolgan. Musiqa san’ati, shakl va janrlari barcha bayram va marosimlar, qadimgi va mashhur bolgan gladiatorlar kurashlari, sirk va teatr tomoshalari, pantomima san’atlariga jo‘r bo‘lib kelgan. Ko‘plab mamlakatlar va davlatlarga g‘alabali yurishlarni qilgan Rim harbiylari tarkibiga bir necha yuz yilliklar davomida katta sonli harbiy orkestr kirgan. Rim va yunon zodagonlarining oilalarida farzandlariga shartli ravishda musiqa va raqsdan bilim berganlar, ularni o‘rgatgan ustozlarni esa, jamiyatda va xalq orasida katta obro‘-e’tiborga loyiq deb topganlar. Musiqa - san’at turlaridan biridir. Rassomchilik, me’morchilik, teatr va boshqa san’at turlari bilan bir qatorda musiqa inson hayotida muhim o‘rin tutadi. Musiqa san’ati asarlari ma’naviy boyliklar hisoblanadi va kishilarga estetik zavq beradi, ularga ma’naviy ozuqa bo‘ladi va estetik didini tarbiyalaydi. Musiqa inson hayoti davomida unga doimo hamrohdir. Musiqa sadolari ostida qilingan mehnat unumli, musiqa bilan olingan dam maroqli bo‘ladi. Kishilarning bayramlari, to‘y-tomoshalari ham, fojiali motam marosimlari ham musiqa bilan o‘tadi. Qadimgi Rim imperiyasining sharqiy va g‘arbiy qismlarga parchalanib ketishi (395-yil), so‘ngra g‘arbiy Rim davlatining xonavayron bolishi (476-yil) Antik davlat botishidan dalolat berdi. Xristian dini Rim imperiyasiga yangi madaniyat, yangicha tafakkur, yangi g‘oyaviy olamni olib keldi. Bu madaniyat “butparastlik” madaniyatidan tubdan farq qilgan. Milodiy II asrdan boshlab Qadimgi Rim musiqasining rivojini ilk xristian musiqasi bilan birlashtiradi. Shu bilan Yevropa qit’asidagi musiqa tarixida yangi davr boshlanib, u O‘rta asr davri bilan e’tirof etildi. Musiqa san’ati juda qadimda paydo bo‘lgan. Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida yashagan odamlar tabiatdagi musiqiy va shovqin tovushlarni farqlay bilganlar, kuylashni o‘rganganlar, dastlabki cholg’u sozlarini yaratganlar. Hozirgi kungacha bu sozlar takomillashgan, ulardagi ijro uslublari ham rivojlanib boyigan. Xalq orasidagi musiqiy qobilyatlarga ega bo‘lgan kishilar ajoyib musiqa asarlari yaratib musiqa san’atini boyitganlar. Musiqa san’ati paydo bo‘lgandan boshlab bugungi kungacha ikki yo‘nalishda rivojlangan, degan fikr o‘rinli. Birinchi yo‘nalish - xalq musiqiy ijodi. Ikkinchi yo‘nalish - kompozitorlik ijodi. Xalq musiqasi, birinchi navbatda, kishiga ruhiy yengillik baxsh etish vazifasini bajarsa, ikkinchi tomondan, kishining tashqi dunyoga estetik munosabatda bo’lishini shakllantiradi (masalan, gul va bulbul, kamalaklar rangi, raqsdagi nafislik va boshqalar), uchinchi tomondan esa tarbiyaviy ta’sir vazifalarini ham bajaradi. Xalq musiqasi tabiat, jamiyat hodisalari va inson hulq-atvoridagi guzallikni idrok etishga, ulardan zavqlanishga xizmat qiladi. Xalq musiqasi ommaviy tarzda rivojlangan bo’lib, ularning ko’pchiligi mehnat va turmush shart-sharoitlari hamda biror-bir marosimga bog’liq ravishda vujudga kelgan. Mehnat va marosim qo’shiqlari muayyan sharoitdagina yuzaga keladi va hayotning o’zidan olinadi. Xalq musiqasi kishilar ongiga san’at asarlarining eng ta’sirchan vositasi sifatida tevarak-atrofda ro’y berayotgan voqea hamda hodisalarni singdirishga yordam beradi. Bu jarayon kishining estetik kechinmalariga ta’sir etish orqali amalga oshiriladi. Demak, kishilarning ma’naviy ehtiyojlarini qondirishda ana shunday an’anaviy xalq musiqasi, qo’shiq va folklor tomoshalarining ahamiyati nihoyatda kattadir. Shuning uchun хalq musiqasiga boy bo’lgan bayramlar, sayillar va turli xil tomoshalar inson ma’naviyati shakllanishi va taraqqiyotida asosiy manba hisoblanadi Qadimda xalq orasida xonanda va sozandalar yashagan. Ular kuy va qo‘shiqlar yaratganlar. Bu asarlar nota yozuvi bo‘lmaganligi sababli og’izdan-og’izga o‘tib bizgacha etib kelgan. Kim yaratganligi noma’lum bo‘lgani sababli bu asarlarni xalq musiqiy ijodining mahsuli deyiladi. Ma’lumki yaratuvchanlik, ijod, insonga xos fazilatdir. Har bir avlod kuy va qo‘shiqlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritgani uchun bu asarlar xalqniki degan fikr asoslidir. Kompozitorlik ijodi nota yozuvi paydo bo‘lgandan so‘ng rivojlangan. Kompozitorlar o‘z asarlarini nota bilan yozadilar. Bu erda muallif aniq bo‘lgani sabab ularning asarlari xalq musiqiy ijodi namunalaridan alohida turadi.
Har bir san’at turining o‘z janrlari bo‘lgani kabi musiqa san’atining ham o‘z janrlari bor. “Janr” so‘zi frantsuzcha bo‘lib “san’at asarining turi” degan ma’noni bildiradi. Masalan, rassomchilikda portret, natyurmort, peyzaj kabi janrlar bor. Musiqa san’ati janrlari ikki xil: 1. Xalq musiqa ijodi janrlari. 2. Kompozitorlik ijodi janrlari. Har bir xalqning o‘z musiqa san’ati bor. Boshqa san’at turlari bilan bir qatorda musiqa ham xalq ma’naviy taraqqiyotining ko‘zgusi hisoblanadi. Musiqa san’ati asarlarida xalqning hayoti, turli davrlardagi ijtimoiy turmushi, urf-odatlari, dindiyonati, ahloqi haqidagi qarashlar o‘z aksini topgan
XI asrda yaratilgan dostonlardan biri Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» dostoni hisoblanadi. «Qutadg‘u bilig» dostonida muallif o‘z oldiga qoraxoniylar davlati hokimiyatini mustahkamlash, Tavg‘achxon bilan Eloqxonlar o‘rtasidagi ixtiloflarni bartaraf etish, hukmron doiralarning turli ijtimoiy tabaqalarga munosabatini belgilash, ma‘rifat va obodonchilik uchun kurash, yaxshi xulq-odobni targ‘ib qilish kabi maqsadlarni qo‘ygan. «Qutadg‘u bilig» qoraxoniylar hokimiyatining o‘ziga xos odob-ahloq nizomnomasi bo‘lib, bu ramziy- majoziy tilda bayon etilgan asar yurt egalari bo‘lmish katta-kichik amaldorlarga atab yozilgan va unda mamlakatni adolat bilan boshqarish, tinchlikni saqlash, xalqning og‘irini yengil qilish, turmushini farovon aylash, jamiyatning ma‘naviy axloqiy negizlarini mustahkamlash, ilm-ma‘rifatga keng e‘tibor berish, iste‘dod sohiblarini qo‘llab-quvvatlash, huquq, burch, adolat bo‘yicha maslahat va tavsiyalar berilgan. Yusuf Xos Hojib «Qutadg‘u bilig» dostonida 4 odob tamoyilidan keyin musiqiy borasida bosh odob mezoni navo atamasi ikki ma‘noda keladi. Birinchi tor ma‘noda kuy, kuy yo‘li. Ikkinchisi - keng ahloqiy ma‘noda rug‘iy ozuqa, ruhiy bahra va shu orqali ruhiy olamga, ilohiyatga intilish yo‘l topish. Bu o‘rinda Qutadg‘u boshida quyidagi bayt mavjud. Kimki erur qalbi benavo, Na ulukdir, na tirikdir, dardi bedavo.
Bu so‘zlarning tagida chuqur odob- ahloq falsafasi yotadi. Chunki kichik koinot deb qaralgan inson zoti o‘zining ruhiyati bilan ulug‘ va boshqa jonzotlardan farq qiladi. Ruhiy barkamollikka intilish Xorazmshohlar dunyo qarashida yetakchi ahamiyat kasb etgan va musiqiy zavq olishga katta etibor qaratilgan. Shohlar, vazirlar, davlat arboblari, hattoki sultonlar musiqiy ilmiga katta e‘tibor berib, nafis majlislaru shohona bazmlarning zakiy va zabardast sozandalar davrasida o‘tkazishda, o‘zlari ham soz chalishga talpinganlar. Xususan, Xorazm sultonlaridan Takash, Muhammad Xorazmshoh va Jaloladdin Manguberdilar o‘zlari dutor chalish hamda ko‘p qismli navbalar (Xorazm dutor maqomlarining qadimiy nomi) ijro etishni odat qilganlar. Zamonasining eng «Buyuk ustoz - Shayxi sharif» unvonini olgan qomusiy olim Faxriddin Roziyning (1149-1209) «Jome‘ al-ulum» («Ilmlar majmuasi») asari xorazmshoh Alouddin Takash iltimosiga binoan yozilgan. Muallif fanlarni naqliy (kalom, fiqh, mazxab, tafsir va h.k.) va aqliy (tarix, grammatika, aruz, mantiq, fizika, algebra, musiqa, astronomiya, siyosat, davlat boshqaruvi va h.k.), furu‘iy (boshqa fanlardan hosil bo‘luvchi) va asliy (asosiy) singari qismlarga bo‘ladi. XI-XIV asrlarda Sharqda boshqa ilmlar qatori musiqani ham jadal sur‘atlar bilan rivojlanishi va «ilmi advor» ta‘limotini qaror topishi munosabati bilan oldingi asabi hamda abjad tizimlaridan mukammalroq jadval yozuvi joriy etiladi. Uni endi tom ma‘nodagi nota yozuvi deyish mumkin. Ushbu davrlarda yetakchi cholg‘u asbobi «ud» bo‘lganligi uchun, bu yozuv unga moslangan hamda «ud jadvali» («tabulatura»si) nomini olgan. Ud jadvali ilk bor «ilmi advor» ta‘limotining asoschisi Safiuddin Abdulmo‘min Bag‘dodi Urmaviy (1216-1294) tomonidan joriy etilgan. Ilmi advor ta‘limotining peshvozlari Maxmud Sheroziy (1236-1311) va Abdulqodir Marog‘iy (1353-1435) Adurahmon Jomiy va boshqalar bu ta‘limotni davomchilari bo‘lib maydonga chiqdilar. Safiuddin Urmaviy (vafoti 1294 y.). Sharq musiqa ilmini, Forobiy va Ibn Sinodan keyin, eng yirik namoyandasi hisoblanadi. Safiuddin Abdulmo‘min Urmaviy buyuk Forobiy kabi musiqa ilmi va amaliyotida barobariga zabardast bo‘lgan. U qadimiy Ozarbayjonning Urmiya shahrida (Tehrondan 120 km, janubda) tug‘ilgan. Lekin uning deyarli butun umri Abbosiylar saltanatining poytaxti Bag‘dodda o‘tganli sababli arab tadqiqotchilari uni Safiuddin Urmaviy Bag‘dodiy deb ham yuritadilar. Safiuddin 19 yoshligida mohir ijrochi, hofiz va mashhur bastakor bo‘lib tanilgan. Safiuddin Urmaviy musiqa san‘ati, bilim va mahorati haqida o‘z davrida va keyingi zamonlarda ko‘plab rivoyatlar yuzaga kelgan. Safiuddin boshqa ilmlarda, xususan, aniq fanlar borasida ham katta shuhrat qozongan. Zamonasining yirik matematigi Nasriddin Tusiy asarlari Safiuddin ijodiga zo‘r ta‘sir ko‘rsatgan va uning musiqaviy qarashlarida oqilona g‘oyalarni yuksak cho‘qqiga ko‘tarilishiga olib kelgan. U o‘zidan oldin o‘tgan olimlar Forobiy, Ibn Sino meroslarini ijodiy o‘zlashtirib, musiqa ilmini yangi pog‘onaga ko‘targan.
«Sharafiya» («Kitob al-Sharafiya») va «Davrlar kitobi» («Kitob aladvor»), Urmaviyning ilmu ta‘lif borasidagi qarashlari Sharq musiqasida hozirgacha o‘z ahamiyatini saqlab kelmoqda. Bu ta‘limotning xususiyati nimada? Agar Forobiy va Ibn Sino musiqaning parda tuzilish sistemasini empirik asosda (ya‘ni tajribaga tayanib) tuzgan bo‘lsalar, Urmaviy bu jihatdan oqilona g‘oyalarni oldinga suradi. Forobiy va Ibn Sino tovushqatorlari asosida katta-kichikligi turlicha bo‘lgan pardalar yotsa, Urmaviy ularni bir xilda teng taqsimlashni joriy qiladi. Musiqa ilmida maqom iborasi birinchi bo‘lib Safiuddin Urmaviy tomonidan ishlatilgan. Sharq musiqasida keng tarqalgan «12 maqom» sistemasi ham ana shundan boshlanadi. Keyinchalik atoqli tojik mutafakkiri Abdurahmon Jomiy (XV asr) 12 maqomni ustozona musiqaning eng qadimiy yo‘llari deb biladi. Jamlarning maqomlardan keyingi xili ovozlar deb yuritiladi. Ular 6 ta. Uchinchi navi esa sho‘balar deyiladi. Sho‘balar soni 24 ta. Yuqorida qayd qilinganidek, jamlar doiralar deb ham yuritilgan. Urmaviyning zamondoshi Qutbiddin Sheroziy (1236-1311 yillar) o‘z zamonasining ulkan musiqashunosi va olimi edi. Uning «Durratu toj, g‘urratu deboj» deb nomlanuvchi ensiklopediyasining musiqaga oid qismi «Dar bayoni haqiqati parda, ovoz, tarkib va sho‘ba» mashhurdir. Bu davrga kelib musiqiy qasidalar bitish el sozandalari orasida rasm bo‘la boshlaydi. Qasida «nazmiy asar turi». Sharq mumtoz adabiyotidagi she‘riy janrlardan biri, ko‘pincha biror shaxsning (odatda hukmdor yoki oliy martabali kishining) madhiga bag‘ishlanib bitilgan. Qasida hajmi 20 baytdan 200 baytgacha bo‘ladigan she‘riy asarlardan iborat bo‘lgan. Amir Temur saltanatining tashkil topishi bilan Samarqand ma‘muriy markazga aylandi. Buxoro esa ma‘naviy va siyosiy hayotning tayanchi vazifasini o‘tay boshladi. So‘ngra Temuriylar saltanatining parchalanib ketishi munosabati bilan uning asosiy o‘zagida poytaxti Buxoro, ikkinchi yirik shahri Samarqand bo‘lgan Shayboniylar (XVI asr), Ashtarxoniylar (XVII asr) va Mang‘it xonlari (XVIII asr) davlati qaror topdi. Amir Temur zamoniga kelib uning harbiy yurishlari natijasida turli mamlakatlardan keltirilgan hunarmandlar, olimlar, xonandayu sozandalar shahar madaniyatining o‘sishiga katta hissa qo‘shdilar va sanoyi nafisa bilan qiziquvchi yoshlarga o‘z hunarlarini o‘rgatdilar. Bu davrdagi o‘ziga xos bir an‘ana maxsus nog‘oraxonalar tashkil etilib u yerdagi nog‘orachilarning vazifasi kun chiqishi, tushlik va kun botish paytida kuylar chalish, keyinchalik kunning har soatiga mo‘ljallab ijod qilingan maqom, sho‘ba va ovozalarni ijro qilish, ayniqsa ro‘zayi ramozon oylarida ro‘zadorlarni saharlikka uyg‘otadigan kuylar chalish nog‘oraxonalarda amalga oshirilgan. Amir Temur tomonidan shuningdek otda chopish, kurash, nayzabozlik, qilichbozlik, chavandozlik va boshqa harbiy o‘yin musoboqalari hamda ko‘pkarilarining har tomonlama taqdirlanishi alohida ahamiyat kasb etgan. Bu tomosholarda harbiy musiqaga keng e‘tibor berilib, ayniqsa ochiq havoda ijro qilinadigan damli va zarbli cholg‘ularning ahamiyati oshirilgan. Bunday katta tantanalar Samarqand, Hirot va boshqa yirik shaharlarda «tarabxona», «tomoshagoh», «saylgoh» kabi maydonlarda o‘tkazilgan. Amir Temur lashkarida musiqa cholg‘ulari faqatgina ma‘naviy ramziyot hisoblanmasdan, balki ko‘proq hollarda asosan harbiy matonat, shijoat nishoni, jangchilarning tabaqa va martabalarini ko‘rsatuvchi harbiy daraja belgisini anglatgan. Bu borada «Tuzuklar»da shunday deyiladi: -»Amr qildimki, o‘n ikki katta amirlarning har biriga bitta bayroq va bir nag‘ora berilsin. Amir ul umaroga bayroq va nag‘ora, tuman tug‘i va chortug‘ taqdim etsinlar. Mingboshiga esa bir tug‘ va karnay bersinlar. Yuzboshi va o‘nboshiga bittadan katta nag‘ora bersinlar. Aymoqlarning amirlariga bo‘lsa bittadan burg‘u taqdim etsinlar. To‘rt beglarbegining har biriga bittadan bayroq, nag‘ora, chortug‘ va burg‘u bersinlar» Amir Temurning musiqa san‘atini yuqori darajada baholashi, cholg‘ulardan harbiy nishon, jasorat ramzi sifatida foydalanishi jahon muhoraba (urush jang) san‘ati tarixida mislsiz voqeadir. Amir Temur armiyasining harbiy orkestri - damli va zarbli cholg‘ularning xilmaxil turlaridan tashkil topgan. Ularning ko‘pchiligi Turk hoqonligi, Somoniylar, Qoraxoniylar va Xorazmshohlar davrlarida mashhur bo‘lgan. Bunda azaldan Markaziy Osiyoda yaxshi tanish bo‘lgan nog‘ora turlari ko‘s, tabira, al-tabra, bir tomonli nog‘ora, chindoul, doul-paz, katta nog‘ora kabilardan foydalanilgan. O‘rta asr miniatyuralaridagi tasvirlarga qaraganda, qo‘sh nag‘oralar sipoh12iy sozandalar tomonidan otning ustida, egarning ikki tarafiga joylanib chalingan. Katta ko‘s nog‘ora esa aksariyat miniatyuralarda tuyaning o‘rkachiga o‘rnatilgan holda tasvirlangan. Dovul cholg‘usi o‘sha paytda duhul nomi bilan mashhur bo‘lgan. Temur davri esa ma‘naviy ko‘tarinkilik musiqa san‘atining deyarli barcha jabhalari uchun keng imkoniyat tug‘dirib berdi; Sozandalik va xonandalik, musiqa ta‘limi, bastakorlik ijodi, musiqa ilmi kamol topdi. Asrlar qa‘rida shakllangan an‘anaviy, «ustoz-shogird» ta‘lim tizimi keng quloch yozdi. Bu uyg‘onish nafaqat poytaxt Samarqandda, balki uning avlodlari davrida Buxoro, Xiva va Kitob, Balx, Qobul, Hirot, Astrabod, Agra, Sultoniya kabi yirik shaharlarda ham qizg‘in kechdi. O‘rta asrlar an‘anasi shaharlarda mahallalar asosan kasb-kor bo‘yicha joylashar edi. (kulollar mahallasi, bozzozlar mahallasi, degrez mahallasi joriy etilgan). Bu kasb sohiblarining alohida obro‘ va nufuzga sazovor bo‘lganlari atrofida, maxsus ijod, ijro va ilmiy mavqega ega ijodiy maktablar shakllandi. Amir Temur va uning vorislari, xususan Shohrux Mirzo, Ulug‘bek Mirzo, Boysunqur Mirzo, Husayn Boyqaro, Bobur Mirzolar tabiatan ilmparvar, ma‘rifatparvar hukmdorlar bo‘lganligidan, ularning davrida ilmu urfon va ma‘rifatning juda ko‘plab sohalarida dovrug‘i olamga mashhur alloma olimlar, mutafakkirlar, shoiru adiblar yetishib chiqib yurtimiz shuhratini yuksakka ko‘tardilar. Temuriylar davrida badiiy adabiyot, xattotlik, tasviriy san‘at, musiqa, miniatyura madaniyati ham rivoj topdi. Temuriylar davrida keng tarqalgan ilmi advor ta‘limotini o‘rganishda Marog‘iyning «Maqosid ul alhon» risolasi alohida o‘rin tutadi. Unda katta usullarni riyoziy uslubda mutanosib bo‘laklarga bo‘linish masalasi batafsil tushuntiriladi. Zamonasining «sohibi advori», shoir Abdulqodir Marog‘iy arab, fors va turkiy tillarda she‘rlar yozgan hamda hofiz va go‘yanda sifatida bu tillarda bemalol ijro etgan. Abdulqodir Marog‘iyning risolalarida esa o‘zi yashagan davr amaliyotida qaror topgan qirqdan ortiq musiqa cholg‘ularining ta‘rifi berilgan. Asarlarda nay turlariga oid ma‘lumotlar ham keltirilgan. Ular hatto o‘z nomlariga ega bo‘lganlar: shohnay, tanburnay, qiznay va boshqalar. Mazkur turlarning farqi, avvalo, nay tanasining qalinligi va asbobning umumiy hajmiga bog‘liqligidir. Hozirgi zamon maqom amaliyotida bu cholg‘uning faqat bitta, eng qulay turi qaror topgan. Nay barcha maqom cholg‘ularini sozlashda o‘ziga xos «kamerton» vazifasini o‘taydi. Marog‘iyning risolalarida «navbati murattab» turkumlar haqidagi ma‘lumotlar ham mavjud. Shuningdek, risolada Navba hamda uning yanada murakkabroq muayyan tarixiy shakli «navbati murattab» (ya‘ni «tartiblashgan navbalar») to‘g‘risida aytib o‘tiladi. Samarqand va Hirotda Marog‘iydan keyin ko‘plab musiqashunoslar yetishib chiqqan. Manbalarda o‘nlab zabardast musiqashunoslarning nomlari tilga olinadi. Ulardan eng ko‘zga ko‘ringan va eng muhimlari hamda musiqiy risolalari bizgacha yetib kelganlari orasida Abdurahmon Jomiy, Muhammad Binoiy, Zaynulobiddin Husayniylarni qayd etish lozim. E‘tiborli tomoni shundaki, bu mualliflar musiqiy risolalarining barchasi Alisher Navoiyga bag‘ishlangandir. Buning ustiga nomlari zikr etilgan ulamolar Sulton Husayn Boyqaro va bosh vazir Alisher Navoiyning yaqin maslakdoshlari bo‘lganlar. Bu esa davlat tepasida turgan podsho va vazirning o‘zlari saroy muhitida hamda zodagonlar orasida dunyoviy urf-odatlarni, jumladan, musiqiy san‘atni ham keng targ‘ib etganligining yorqin ko‘rinishidir. Ma‘lumki, Husayn Boyqaro va Alisher Navoiylar yoshligidan turli ilmlar qatorida musiqiydan ham puxta bilim olganlar. Ikkalasi ham musiqiy ijrochilik va ijod sohalarida sezilarli yutuqlarni qo‘lga kiritganlar. Umuman olganda, temuriyzodalarning tarbiyalanishida musiqiyga alohida e‘tibor berilgan. Ta‘lim-tarbiya ishlarining boshida turgan Alisher Navoiy «Xamsat ul-mutahayyirin» risolasida qo‘l ostidagi temuriyzodalarga musiqiy saboq berish uchun Hirotning to‘rtta yetuk musiqashunosiga to‘rtta risola yaratishni buyurganligi to‘g‘risida yozadi. Ulardan qoniqmagan Alisher Navoiy o‘z ustozi Abdurahmon Jomiydan yangi bir asar bitishni iltimos qiladi va natijada oldingilaridan afzal risola dunyoga keladi. Musiqa va she‘riyatni uyg‘unligi, ruhiy ta‘sirchan ma‘naviy ozuqa ekanligi musiqa va she‘riyatni boshqa biron his-tuyg‘u lazzatiga qiyoslash qiyinligi haqida Alisher Navoiyning «Mahbub-ul-qulub»ida quyidagi hikmatlar bitilgan: «Shodlikni oshiruvchi mug‘anniy, g‘amni ketkazuvchi mutribdir. Ularning har ikkalasiga hol va dard ahli jon fido qilurlar. Soz chalinib, yoqimli xonish qilinganda, eshituvchining hayoti, naqdi unga fido bo‘lsa ne g‘am. Ko‘ngul quvvati yaxshi cholg‘uchidan, ruh ozig‘i xush ovozdandir. Xushxon mutribdan dard ahlining o‘ti tez bo‘lur, agar go‘zal bo‘lsa, hol ahli o‘rtasida qiyomat ko‘char. Har bir sozandaning sozi dardliroq bo‘larkan, uning chertishi yarali yurakka ta‘sirliroq tegadi. Porloq yuzli mutrib xalqumidan yoqimli qo‘shiq taratib, hol ahlining kuygan bag‘ridan tutun chiqaradi. Xushfe‘l mutrib, agar fahm-farosatli ersa, odam ko‘ngli toshdan bo‘lsa ham eriydi, unga tobe‘ bo‘ladi, xususan, ham aytsa va ham chalsa, ko‘ngil mulkiga qanday qo‘zg‘olonlar soladi» - deb ta‘riflaganlar. Navoiy ijodi musiqa tarixi, nazariyasi, estetikasi, shuningdek, sozlar, kuy shakllari, ijrochilik va boshqa ko‘plab sohalarga oid ma‘lumotlar ham bor. Navoiy risolalarida musiqaga oid yuzlab so‘zlar ishlatilgan. Ular faqat musiqa ilmi doirasi bilan cheklanmaydi. «Navo», «Parda», «Tor» «Nag‘ma», «Doira» atamalari yana ko‘p ma‘nolar anglatadi. Navoiy asarlarida Rud, Shohrud, Barbad, Ud, Chang, Nay, Tanbur, Sagona, Rubob, Kubiz, Karnay, Egri daf, Nog‘ora, Kus va boshqa sozlar tilga olinadi. Cholg‘u asboblarinig majoziy ma‘nolari tavsifi, ayniqsa, «Lison uttayr» asarida keng o‘rin olgan. Navoiy asarlaridan Xuroson va Movarounnahr xalqlari musiqiy merosiga oid shakl va janrlar haqida ham qimmatli ma‘lumotlar topish mumkin. Navoiyning musiqa ijodiyotiga bevosita aloqadorligini uning zamondoshlari va bir qator musiqashunoslar ham e‘tirof etgan. Bobur Navoiy naqshlar (ashula-cholg‘u asarlari) hamda peshvolar muallifi bo‘lganligi «Boburnoma»da keltirilgan. Qolaversa, musiqashunos Darveshali Changiy o‘sha davrlarda amaldagi 24 usuldan bir qanchasini Ulug‘bek, 12 tasini Husayn Boyqaro, 7 tasini Alisher Navoiy qalamiga mansub ekanligini o‘z asarlarida aytib o‘tgan. Navoiy ijodi haqida A.Fitrat shunday yozadi, Hazratning devonlari, dostonlari, butun adabiy asarlarini bu kungacha yaxshi saqlab qolgan bizlar, uning musiqiy asarlaridan hech birini saqlay olmadikmi, ular yo‘qolib bitganmi? degan haqli savollarga javob izlashga urinadi va shu fikrga ishonchli dalil sifatida O‘zbekistonning ko‘p hududlarida ijr
Yüklə 46,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə