Filologiya Magistratura talabasi: Asatulloyeva Muhayyo Alisher qizi



Yüklə 30,78 Kb.
tarix27.08.2023
ölçüsü30,78 Kb.
#120988
annotatsiya





O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
Fakultet: filologiya Magistratura talabasi: Asatulloyeva Muhayyo Alisher qizi
Kafedra: o‘zbek tilshunosligi Ilmiy rahbar: Iskandarova Sharifaxon Madaliyevna
O‘quv yili: 2021-2023 Mutaxassisligi: lingvistika (o‘zbek tili)
MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI ANNOTATSIYASI
Mavzuning asoslanishi va dolzarbligi. Antroposentrik yo‘nalishlar va qarashlardan kelib chiqib, o‘zbek tili terminologiyasi va professionalizmlarini tadqiq etishda pragmatik nuqtayi nazardan yondoshdik. Chunonchi, kasb-hunar leksikasini uslubiy-stilistik jihati bilan birga badiiy asarda inson nutqida qanday pragmatik ma’nolar kasb etishini tadqiq etdik. Bu esa ilmiy ishimiz dolzarbligini belgilaydi. Ayniqsa, U.Hamdam romanlarini tadqiq etish asosida o‘zbek adabiyoti va tilshunosligi nuqtayi nazaridan professionalizmlarga baho berish, lingvistik tadqiq etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadqiqot obyekti. U.Hamdam romanlaridagi professionalizmlarning uslubiy-pragmatik jihatdan tahlil jarayoni tadqiqot ishining predmetini tashkil qiladi. U.Hamdam romanlaridagi professionalizmlar tadqiqot ishining obyekti hisoblanadi.
Tadqiqotning maqsadi va vazifalari. U.Hamdam romanlaridagi professionalizmlarni o‘rganishning amaliy va nazariy asoslari va o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishdan iborat. Professionalizmlarning shu paytgacha tadqiq etilamagan pragmatik tomonlarini tadqiq etish.
Ishning ilmiy yangiligi. Pragmatik nuqtayi nazardan U.Hamdam romanlaridagi professionalizmlar ilk bor tadqiq etildi; kasb-hunar leksikasi qatnashgan iboralarning badiiy asardagi uslubiy xususiyatlari tahlil qilindi; shaxslarning muloqot jarayoni va professionalizmlarning bir biriga bog‘liq tomonlari ochib berildi; kasb-hunar doirasidagi murojaat shakllari o‘rganildi.
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Tilshunoslikning barcha tarmog‘larida termin va professionalizmlar shu tilning so‘z boyligini, lug‘at qatlamini va terminologiyasini qay darajada ishlanganligini ko‘rsatadi. Pragmatik nuqtayi nazardan esa termin va so‘z-terminlar nutqada qay maqsadda qo‘llanilishini, muloqotni oson lo‘nda bo‘lishini ifodalaydi.
Tadqoqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi. O‘zbek tilshunosligida termin va professionalizmlarni tadqiq etgan tilshunos olimlar qatoriga H.Dadaboyev, S.Ibrohimov, A.Madvaliyev, A.Sobirov, M.Abdiyev, R.Doniyorov, G.G‘ulomova, Sh.Usmonova G‘.ismoilov, Sh. Norboyeva, Z. Jo‘raboyeva, U.Tursunovlarni kiritish mumkin. Ularda atamalar va kasb-hunarga oid so‘zlar, birikmalar va iboralarning lingvistik mohiyati, so‘zlashuvdagi ma’nosi va ijtimoiy ongdagi holati tadqiq etilgan.
Tadqiqotda qo‘llanilgan metodikaning tavsifi. Tadqiqotni amalga oshirishda assosiativ tilshunoslik hamda lingvokulturologik, pragmatik ilmiy tadqiqotlarga hamda lingvistik tavsiflash, qiyosiy va tasviriy metodlarga tayanildi.
Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati. Mazkur tadqiqotning nazariy ahamiyati, avvalo, U.Hamdam romanlaridagi termin va professionalizmlarni uslubiy va pragmatik jihatlarini o‘rganishga oid tadqiqotlarda foydalanish mumkinligi bilan izohlanadi.
Ish tuzilmasining tavsifi. Ushbu tadqiqot ishimiz kirish, 3 ta bob, qisqa xulosa, umumiy xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib, 80 sahifani tashkil etadi.


Yüklə 30,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə