Fizika fanidan 5 referat katta adron kolayderi va uning ishlash prinsipi



Yüklə 47,13 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix22.03.2024
ölçüsü47,13 Kb.
#183087
növüReferat
  1   2   3
prizintatsiya



MUXAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT 
TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI 
FARG’ONA FILIALI 
“KOMPYUTER INJINIRING” FAKULTETI 
"TABIIY FANLAR" KAFEDRASI 
FIZIKA FANIDAN 
5 - REFERAT 
Katta adron kolayderi va 
uning ishlash prinsipi

 
 
 
Topshirdi: Odiljonova M 
 
Guruxi: 651-17 
 
Qabulqildi: katta o`qtuvchi Movlonov P
 
 
 
FARG’ONA – 2017 


Katta adron kolayderi va uning ishlash 
prinsipi

Reja: 
1.
 
Katta adron o’zi nima? 
2.
 
Fizika fani oltin davr ichida. 
Bundan yuz yilcha muqaddam koinot cheksiz fazo, unda yulduzlar bir tekis 
taqsimlangan, degan tasavvur hukmronlik qilardi. O‘tgan asrning 20-yillarida 
amerikalik astronom Edvin Xabbl ko‘zga ko‘ringan barcha galaktikalar bizdan turli 
yo‘nalishlar bo‘yicha juda katta tezlik bilan uzoqlashayotganini aniqladi. Bu olam 
tuzilishi nazariyasini qayta qarab chiqishni taqozo etdi. Shu kashfiyot sabab bo‘lib 
butun koinot bundan 15-20 milliard yil oldin ro‘y bergan “katta portlash”ning 
natijasidir, degan xulosaga kelindi. 
Uzoq yillar bu qat’iy nazariya sifatida qabul qilib kelindi. Keyinroq bunday 
nazariyani tasdiqlovchi dalillar ham topila boshlandi. Shulardan birinchisi NASA 
(AQSH kosmik tadqiqotlar markazi) sun’iy yo‘ldoshi — “Sove” uzoq kosmosning 
turli tomonlaridan kelayotgan fon nurlanishining haroratini aniqladi. Bunday 
nurlanish qadimda kuzatilgan “katta portlash”ning qoldiq nurlanishi ekani ma’lum 
bo‘lib, uning qiymati nazariy hisob-kitoblar orqali topilgan issiqlik qiymati bilan bir 
xil chiqdi. Ushbu dalil “katta portlash” ro‘y berganini tasdiqladi. 
Shundan so‘ng, 90-yillarning oxirida olimlar Brukxeven (AQSH)dagi elementar 
zarrachalar tezlatgichida elektronlardan ozod qilingan oltin atomini yorug‘lik 
tezligining 99,9 qismiga qadar o‘zaro qarama-qarshi yo‘nalishda tezlatib, 
to‘qnashtirish orqali sun’iy «katta portlash»ni vujudga keltirmoqchi bo‘lishdi. Bunda 
“katta portlash”dan keyingi jarayonning dastlabki daqiqalaridagi holatini kuzatish 
maqsad qilingan edi. Bu ikki bosqichda — “Feniks” deb ataluvchi birinchi loyiha 
Kolumbiya universitetining professori Nagamiya rahbarligidagi 355 mutaxassisdan 
iborat jamoa tomonidan, “Star” nomli ikkinchi loyiha esa Berkli Lourens 
laboratoriyasidan Jon Xarris boshchiligidagi 350 nafar fizik tomonidan olib borilishi 
ko‘zlangandi. Biroq ko‘pchilik mutaxassislar bunday sinov jiddiy xavf ostida amalga 
oshirilishini e’tirof etishdi. Shunga qaramay, olimlar qayta o‘tkazilgan hisob-kitoblar 
natijasida reaktsiya jarayonida jiddiy xavf kutilmasligini ta’kidlab, sinovni 
o‘tkazishga qaror qildilar. Biroq o‘shanda kollayder quvvatining pastligi tufayli 
kutilgan natijani olishning imkoni bo‘lmadi. 
Bizning asrimizda ayni shu masalani hal qilish uchun 2002 yilning 11 avgust kuni 
Shveysariya va Fransiya chegarasida qurilgan dunyodagi elementar zarrachalarning 
eng yirik tezlatgichi — katta adron kollayderi (KAK) ishga tushirildi. Salkam 10 
milliard dollarga tushgan va juda katta quvvatga ega bo‘lgan bu kollayder dunyoda 


eng yirik yadro fizikasi laboratoriyasi — CERN (Consell Europeen pour la Recher-
che Nucleare)da qurildi. U o‘rtacha 100 metr chuqurlikda, uzunligi 27 kilometr 
bo‘lgan xalqa ko‘rinishidagi tezlatgich bo‘lib, unda qarama-qarshi yo‘nalishda 7 tev 
(terra elektron volt, ya’ni trillion elektron volt) energiyagacha tezlatilgan proton das-
talari to‘qnashtiriladi. Ana shunday to‘qnashish natijasida ajralgan energiya 14 
trillion elektron voltni tashkil etadi. Bunday katta energiyaning ajralishi oqibatida 
ro‘y beradigan hodisalar ma’lum darajada “katta portlash” manzarasini tasdiqlay 
olishi tadqiqotchilar, fizik va astrofizik olimlar uchun juda muhim edi. 
Bunday protonlar kollayderning 27 kilometr uzunlikdagi aylanasi bo‘ylab 
joylashtirilgan 3 mingta igna shaklidagi dasta ko‘rinishida harakatlanadi. Har bir 
to‘plam 100 milliardga yaqin protonlardan tashkil topib, to‘qnashuv “nuqta”larida 
ular bir necha santimetr uzunlikda, diametri esa 16 mikron (eng ingichka soch tolasi 
qalinligida) bo‘ladi. Protonlar parchalangach, vujudga kelgan kvarklar turli tomonga 
sochilib ketadi. Biroq kvarklar uzoq muddat yakka holda bo‘la olmasligi tufayli o‘ta 
qisqa vaqtda birlashib, yangi “og‘irroq” zarra ko‘rinishida katta tezlik bilan atrofga 
sochilayotganda, kollayder detektorlari tomonidan ularning parametrlari qayd qilib 
boriladi. 
Darvoqe, adron kollayderining favqulodda hodisalarsiz ishlashi ta’minlangach,
astronom olimlar olamning paydo bo‘lishiga oid kosmologik moment — “katta port-
lash”dan so‘nggi dastlabki davrga oid eng muhim jarayondan voqif bo‘lishga umid 
bog‘lamoqdalar. 
Vijdonimiz oldida o‘zimizni oqlamoqlik uchun ko‘pincha maqsadga erishish uchun 
kuchimiz yetmadi deb, o‘zimizni ishontirmoqchi bo‘lamiz. Holbuki, amalda biz kuchsiz 
emas, irodasizmiz. 

Yüklə 47,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə