|
![](/i/favi32.png) Fizikadan masalalar to’plami§. Impulsning saqlanish qonuni
|
səhifə | 42/112 | tarix | 20.10.2023 | ölçüsü | 2,04 Mb. | | #128706 |
| gupkina-221§. Impulsning saqlanish qonuni.
Massasi 1,8·105 kg bo’lgan elektrovoz 0,5 m/s tezlik bilan harakatlanib, tinch turgan massasi 4,5·104 kg bo’lgan pagonga urildi. Ularning to’qnashuvidan so’ng birgalikdagi tezligini aniqlang(sm/s).
Tezligi 5 m/s bo’lgan 200 g massali shar, massasi 300 g tezligi 4 m/s bo’lgan va birinchi sharning harakat yo’nalishida harakatlanayotgan ikkinchi shar bilan noelastik to’qnashdi. Sharlarning to’qnashuvdan so’nggi tezligi nimaga teng(sm/s)?
Ikkita shar bir-biri tomon 3 m/s tezlik bilan harakatlanmoqda. Ular to’qnashgandan so’ng birgalikda 1,5 m/s tezlik bilan harakatlanishni boshlashdi. Ularning massalari nisbatini toping.
Massasi 3 Т bo’lgan zambarakdan, massasi 15 kg bo’lgan snaryad 650 m/s tezlik bilan gorizontal yo’nalishda uchib chiqdi. Snaryad otilgandan so’ng zambarakning tezligini toping(sm/s).
Konkichi yuk ortilgan chang’ini 5 m/s tezlik bilan itarib bormoqda. Qandaydir paytda konkichi chang’ini oldinga itarib yubordi va chang’i 8 m/s tezlik bilan harakatlanishni boshladi. Shundan so’ng chang’ichi qanday tezlik bilan harakatlanishni boshlaydi(sm/s)? Chang'ining yuk bilan birgalikdagi massasi 90 kg, chang’chining massasi 60 kg. Javobda topilgan kattalikning modulini ko’rsating.
Massasi 200 kg bo’lgan qayiq 1m/s tezlik bilan suzmoqda. Qayiqdagi bola qayiqning harakat yo’nalishiga qarama-qarshi tomonga gorizontal holatda sakradi. Shundan so’ng qayiqning tezligi 3m/s gacha oshdi. Bola suvga nisbatdan qanday tezlik bilan sakraganini aniqlang. Bolaning massasi 50 kg.
Dostları ilə paylaş: |
|
|