Fizikadan masalalar to’plami



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə1/112
tarix20.10.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#128706
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112
gupkina-2


MEXANIKA. Dinamika. tarjima:Ismoilov.SH







Москва-2006

FIZIKADAN MASALALAR
TO’PLAMI

РОССИЙСКИЙ ГОСУДАРСТВЕННЫЙ УНИВЕРСИТЕТ . НЕФТИ И ГАЗА им. И.М.ГУБКИНА

Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun fizikadan masalalar to’plami. Togirlangan va toldirilgan . Tarjima: Ismoilov.SH
. KINEMATIKA


Kinematika 1§ . Ko’chish. Yo’l. Tekis harakat.

  1. Jism koordinatalari (0,3)(m) nuqtadan (3,-1)(m) nuqtaga ko’chdi. Ko’chish modulini toping.




  1. Koptok 3 m balandlikdan tushib yerga urilib sakragandan so’ng 1 m balandlikda tutib olindi. Uning bosib o’tgan yo’li ko’chishidan necha marta katta?




  1. Samolyot to’g’riga 600 km yurib, to’g’ri burchak ostida burilib yana 800 km masofani bosib o’tdi. Samolyotning ko’chish modulini toping (km)?


  1. Odam ko’cha bo’ylab 240 m yurib o’nga burildi va yana 70 m yo’l yurdi. Odamning bosgan yo’li ko’chishidan necha foiz(%) ko’p?


  1. Jism x o’qi bo’ylab koordinatasi x0=-7 m bo’lgan nuqtadan 6 m/s tezlik bilan harakatlanishni boshladi. Necha sekunddan so’ng jismning koordinatasi 5 m bo’lgan nuqtada bo’ladi?


  1. Piyoda 4,2 km/soat tezlik bilan yo’lning harakat yo’nalishiga nisbatan 300 burchak ostida harakatlanib 1 min davomida yo’lni kesib o’tdi. Yo’lning eni necha metr?


  1. Stansiyadan 20 m/s tezlik bilan ketayotgan yuk poyezdi chiqdi. 10 min dan keyin xuddi shu yo’nalishda xarakatlanayotgan va 30 m/s tezlik bilan harakatlanayogan ekspres yo’lga chiqdi. Stansiyadan qancha uzoqlashgan paytda ekspres yuk poyezdini quvib yetadi (km).


  1. Sportchilar 3 m/s tezlik bilan 20 m uzunlikdagi qator tashkil qilib yugurishmoqda. Ularga qarama-qarshi tomondan trener 1 m/s tezlik bilan yugurib kelmoqda. Har bir sportchi trenerga to’g’rima-to’g’ri kelgandan so’ng orqaga o’shanday tezlik bilan yugurishni boshladi, hamma sportchilar burilib bo’lgandan so’ng qatorning uzunligi nech metr bo’ladi?


  1. Suv tubiga cho’kayotgan kema exolotidan davomiyligi 30.1 s bo’lgan tovush impulsini tarqatmoqda. Agar dengiz tubidan qaytgan tovush to’lqinlari impulsi 29.9 s bo’lsa va tovushning suvdagi tezligi 1500 m/s bo’lsa kemaning suvdagi tezligini toping.




Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə