Fizikadan masalalar to’plami


§.Bir necha ketma-ket yuz beradigan harakat



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə9/112
tarix20.10.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#128706
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   112
gupkina-2

7§.Bir necha ketma-ket yuz beradigan harakat

  1. Jism to’g’ri chiziq bo’ylab birinchi 5 s ichida 2 m/s tezlik bilan tekis harakatlandi, keying 5 s ichida 2 m/s2 tezlanish bilan tekis tezlanuvchan harakatlandi. Jismning bosib o’tgan yo’lini toping.


  1. Yuguruvchi 4 s ichida tezligini 10 m/s gacha oshirib, keyin o’zgarmas tezlik bilan harakatlandi. Yuguruvchining 100 m masofadagi natijasi qanday(s)?


  1. Shoxbekatdan uzoqlashayotgan avtomobil o’z tezligini 10 s ichida 20 m/s gacha oshirdi. Keying 5 s ichida o’zgarmas tezlik bilan harakatlanib, tormozlanib o’zgarmas tezlanish bilan 5 s ichida to’xtadi. Avtomobil butun harakati davomida necha metr yo’l bosadi?


  1. Avtomobil butun yo’lning 0,1 qismiga teng ikki svetafor orasidagi masofani tekis tezlanuvchan harakat qilib tezligini 20 m/s gacha oshirdi. So’ng avtomobil tekis harakatlandi va yo’lining so’ngi, birinchi qismiga teng qismida tekis sekinlanuvchan harakatlanib to’xtadi. Avtomobilning butun yo’ldagi o’rtacha harakat tezligini toping(km/soat).


  1. Bola chang’ida o’zgarmas tezlanish bilan harakat lanib 50 m li qiya tekislikdan 10 s ichida tushdi va gorizontal yo’lda 25 m yo’l bosib to’xtadi. Bolaning gorizontal yo’ldagi tezlanishini toping.


  1. Yer sirtidan vertikal yuqoriga uchirilgan raketa dvigatellari 10s davomida raketaga o’zgarmas 30 m/s2 tezlanish bergan. Dvigatellar o’chirilgandan so’ng raketa yer sirtida qanday maksimal balandlikgacha ko’tariladi(km)? g =10m/s2


  1. Yer sirtidan vertikal yuqoriga uchirilgan raketa dvigatellari 20 s davomida ishlab, o’chirilgandan so’ng ham qanchadir ko’tarilib maksimal balandlikga erishdi. Agar raketaning maksimal ko’tarilishbalandligi 1,5 km ga teng bo’lsa uning ko’tarilayotgan vaqtdagi tezlanishini toping. g =10m/s2


  1. Raketa 20 s davomida 0,8g tezlanish bilan ko’tarildi. Raketa dvigatellari o’chirilgandan keyin necha sekunddan so’ng raketa yerga tushadi? g =10m/s2


  1. Jism to’g’ri chiziq bo’ylab boshlang’ich tezliksiz, tekis tezlanuvchan harakat qilmoqda, 28 s dan so’ng jism tezlanishi 4% ga kamaydi yo’nalishi esa jismning harakat yo’nalishiga qarama-qarshi yo’naldi. Tezlanishni yo’nalishi o’zgargandan qancha vaqt o’tgach jism harakat boshiga qaytadi.


  1. Konkichi 450 m masofani qandaydir v tezlik bilan o’tgach 0,5 m/s2 tezlanish bilan sekinlanib to’xtadi. v tezlikning qanday qiymatida konkichining umumiy harakat vaqti eng kichik bo’ladi?




Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə