Fizikadan masalalar to’plami


§. Gorizontga burchak ostida otilgan jismning harakati



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə12/112
tarix20.10.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#128706
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   112
gupkina-2

9§. Gorizontga burchak ostida otilgan jismning harakati.

  1. Gorizontga 300 burchak ostida 20 m/s tezlik bilan otilgan koptok ,yerga necha sekunddan so’ng uriladi?


  1. Gorizontga 600 burchak ostida 40 m/s tezlik bilan uchirilgan raketaning maksimal ko’tarilish balandligini toping(m). g =10m/s2


  1. Snaryad quroldan gorizonga burchak ostida uchib chiqdi va 20 s dan so’ng yerga tushdi. Snaryad ko’pi bilan qanday balandlikga ko’tarildi(m)? g =10m/s2




  1. Gorizontga burchak ostida otilgan tosh eng ko’pi bilan 20 m balandlikga ko’tarilgan bo’lsa, uning uchish vaqtini toping.


  1. Gorizotga 150 burchak ostida 40 m/s tezlik bilan uchirilgan raketaning uchish uzoqligini toping. g =10m/s2


  1. Yer sirtida gorizontga 300 burchak ostida jism uloqtirildi. Jismning uchish vaqti 2 s ni tashkil qilgan bo’lsa, uning boshlang’ich tezligini toping(m/s ). g =10m/s2


  1. Jismni gorizontga qanday burchak ostida otilganda uning eng yuqoridagi tezligi boshlang’ich tezligidan ikki marta kichik bo’ladi?




  1. Gorizontga burchak ostida otilgan jism yerga 15 m/s tezlik bilan urildi. Agar uchish davomida eng katta tezlik eng kichik tezligidan 3 marta katta ekanligi malum bo’lsa, uning maksimal ko’tarilish balandligini toping? g =10m/s2


  1. Zenit kompleksidan raketa qo’yib yuborilgan paytda, yerdan 2 km yuqorida 540km/soat tezlik bilan uchayotgan samolyot aynan uning ustida bo’lgan bo’lsa,raketa qanday eng kichik tezlik bilan uchib chiqanda moljalga tegadi? g =10m/s2


  1. Gorizontga 450 burchak ostida otilgan jism 0,8s dan so’ng hali-ham ko’tarilib, tezligining vertikal tashkil etuvchisi 12m/s ga teng bo’lsa, jismning otilish va yerga tushish nuqtalari orasidagi masofani qanday(m)? g =10m/s2




  1. Jism gorizotga 450 burchak ostida 30m/s tezlik bilan otildi. Jism tezligining tashkil etuvchisi gorizontga nisbatdan 300 burchak tashkil qilgan paytda, jism yer sirtidan qanday balandlikda bo’lgan(m)? g =10m/s2




  1. Gorizontga 450 burchak ostida otilgan diskning maksimal ko’tarilish balandligi 15 m ga teng. Diskning uchish uzoqligini toping. g =10m/s2




  1. Tosh gorizontga shunday burchak ostida otildiki uning otilish burchagi sinusi 0,8 ga teng. Uchish uzoqligini maksimal ko’tarilish balandligiga nisbatini toping.


  1. Jism birinchi marta gorizontga 600 burchak ostida, ikkinchi marta gorizontga 300 burchak ostida otildi. Birinchi marta otilganda jism necha marta balandroqqa ko’tariladi, agar birinchi marta jism otilganda ikki marta uzoqroqqa borib tushgan bo’lsa?


  1. Yer sirtining bir nuqtasidan ikkita tosh bir vaqtda otildi. Birinchi jism otilish nuqtasidan L masofada, ikkinchi jism 3L masofada tushgan. Toshlarning ko’tarilish balandligi bir xil. Ikkinchi jism gorizontga 300 burchak ostida otilgan bo’lsa, birinchisi qanday burchak ostida otiladi?


  1. Jism gorizontga burchak ostida otildi. Jism butun uchish vaqtining qancha qismini, maksimal ko’tarilish balandligining ¾ qismidan yuqorisida bo’ladi(%)?


  1. Minamyotdan qanday tezlik bilan mina uchib chiqanda, u o'zidan 250 m masofada boshlangich tezliksiz vertikaliga 3g tezlanish bilan harakat qilishni boshlagan raketani urib yiqitadi? Mina gorizotga 450 burchak ostida uchib chiqadi. g =10m/s2


  1. Koptok gorizontga 150 burchak ostida 10m/s tezlikbilan tepildi. Koptok tepilgan nuqtadan 3 m masofada vertikal devor joylashgan. Bu devorga koptok elastik uriladi. Koptok tepilgan joy bilan uning yerga tushish nuqtasi orasidagi masofani toping. g =10m/s2




  1. Suv trubadan gorizontga 150 burchak ostida otilmoqda. Agar suv trubadan 20 m masofaga borib tushayotgan bo’lsa, trubadan 1min da qanday massali suv oqib chiqadi? Trubaning ko’ndalang kesim yuzasi 1 sm2 ga teng. g =10m/s2




  1. Suv trubadan gorizontga 300 burchak ostida 10m/s tezlik bilan otilmoqda. Agar trubaning ko’dalang kesim yuzasi 2 sm2 ga teng bo’lsa havodagi suvning massasini aniqlang. g =10m/s2



  1. Yüklə 2,04 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə