Fizikadan masalalar to’plami


§. Ikki jismning harakati



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə8/112
tarix20.10.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#128706
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   112
gupkina-2

6§. Ikki jismning harakati.

  1. Bir nuqtadan bir yo’nalishda ikki jism harakatlanishni boshladi. Birinchisi tekis 5 m/s tezlik bilan, ikkinchisi 2 m/s2 tezlanish bilan harkatlanishni boshlagan bo’lsa, u necha sekunddan so’ng birinchi jismni quvib yetadi?


  1. Yo’lovchi poyezd eshigigacha yetishiga 15m qolgan vaqtda poyezd joyidan 0,5m/s2 tezlanish bilan harakatlanishni boshladi. Buni ko’rgan yo’lovchi 4m/s tezlik bilan yugurishni boshladi. Yo’lovchi poyezd eshigini necha sekunddan so’ng quvib yetadi ?


  1. 5 m/s tezlik bilan tushayotgan aerostatdan yerga nisbatdan yuqoriga qaratib 10 m/s tezlik bilan tosh otildi. Tosh qancha vaqtdan so’ng aerostat bilan bir balandlikda bo’ladi? g =10m/s2


  1. Bir vertikal chiziqda bir-biridan 20 m masofada ikkita tosh turibdi. Qandaydir vaqt oralig’ida yuqoridagi tosh pastga 2 m/s tezlik bilan otildi, shu vaqt momentida pastdagi tosh erkin tashlab yuborilgan bo’lsa, ular necha sekunddan so’ng to’qnashadilar?


  1. Yer sirtidan qandaydir balandlikda turib qolgan vertalyotdan 1 s vaqt oralig’i bilan ikki jism erkin tashlab yuborildi. Birinchi jism tashlangandan 4 s o’tgach bu jismlar orasidagi masofa qanday bo’ladi? g =10m/s2




  1. Jism yuqoriga 4 m/s tezlik bilan otilgan tosh eng baland nuqtaga chiqqan paytda, boshlang’ich nuqtadan o’shanday tezlik bilan ikkinchi jism otildi. Bu ikki jim boshlang’ich nuqtadan qanday masofada to’qnashadi(sm). g =10m/s2


  1. Jism 3,2 m balandlikdan tushmoqda. Bir vaqtning o’zida pastdan yuqoriga qaratila ikkinchi jism shunday tezlik bilan otildiki, uning tezligi birinchi jism yerga urilganidagi tezligidan 1,5 marta kichik bo’lar edi. Sharlar qanday balandlikda to’qnashadi(sm)? g =10m/s2




  1. Lift pastga 5 m/s2 tezlanish bilan tushayapti. Agar liftning balandligi 2,5 m bo’lsa ,uning shiftidan tushishni boshlagan jism lift poliga qachon tushadi(s)? g =10m/s2




  1. Yo’lovchidan poyezd eshigigacha 25 m qolgan, poyezd joyidan 0,5 m/s2 tezlanish bilan harakatlanishni boshladi. Buni ko’rgan yo’lovchi o’zgarmas tezlik bilan yugurishni boshladi. Yo’lovchi poyezd eshigini qanday eng kichgina tezlik bilan yugursa quvib yetadi ?




  1. Ikki jism bir to’g’ri chiziq bo’ylab bir-birga qarama-qarshi yo’nalishda, 10 va 20 m/s boshlang’ich tezlik va harakat yo’nalishlariga qarama-qarshi yo’nalgan 2 va 1 m/s2 tezlanish bilan harakatlana boshladi. Ular orasidagi masofa ko’pi bilan qanday bo’lganda ular hali harakatlanayotgan vaqtda uchrashishadi.




Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə