Fizikadan masalalar to’plami


§. Og’irlik maydonidagi harakat(vertikal)



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə6/112
tarix20.10.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#128706
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112
gupkina-2

5§. Og’irlik maydonidagi harakat(vertikal). (Quydagi misollarda agar alohida aytilmasa havo qarshiligi hisobga olinmaydi.)

  1. 12 m balandlikdan boshlang’ch tezliksiz tashlangan jism 1 s dan so’ng yerdan qanday balandlikda bo’ladi. g =10 m/s2


  1. Boshlang’ich tezliksiz tushayotgan jismning o’ninchi sekunddagi bosgan yo’li uning dastlabki sekunddagi bosgan yo’lidan necha marta katta? g =10 m/s2


  1. Jism 3 sekundan so’ng yerga tushishi uchun uni qanday tezlik bilan vertikal yuqoriga otish kerak? g =10 m/s2


  1. Yer sirtidan 20 m/s tezlik bilan otilgan jism qanday maksimal balandlikka ko’tariladi? g =10 m/s2


  1. Vertikal yuqoriga otilgan shar otilish nuqtasiga 2,4 s dan so’ng qaytib tushgan bo’lsa, shar qanday maksimal balandlikgacha ko’tarilgan(sm)? g =10 m/s2


  1. Ikki jism yer sirtidan vertikal yuqoriga otildi. Bunda birinchisining tezligi ikkinchisinikidan 4 marta katta bo’lsa, uning maksimal ko’tarilish balandligi birinchisining maksimal ko’tarilish balandligidan necha marta katta.


  1. Vertikal tushayotgan jismning qandaydir vaqtdagi tezligi 6 m/s ga teng bo’lsa , uning ikki

sekundan keyingi tezligini toping? g =10 m/s2

  1. Koptok qandaydir balandlikdan pastga 4 m/s tezlik bilan otildi. Uning harakat boshidan 2 sekund ichidagi o’rtacha tezligini toping. g =10 m/s2


  1. Pastga 2 m/s tezlik bilan otilgan jismning 1 s dan keyin tezligi necha marta ortadi? g =10 m/s2


  1. Vertikal pastga otilayotgan jismning tezligi 1 s dan so’ng 6 marta ortgan bo’lsa, ikki sekunddan keyin uning tezligi boshlang’ich tezligidan necha marta ortiq bo’ladi?


  1. Agar vertikal yuqoriga otilgandan 0,8 s dan keyin uning tezligi ikki marta kamaygan bo’lsa, u qanday boshlang’ich tezlik bilan otilgan? g =10 m/s2



  1. Yüklə 2,04 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə