Fizikadan masalalar to’plami


m radiusli blok orqali ip orqali ikki yuk osib qo’yilgan. Blok o’qi 1



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə15/112
tarix20.10.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#128706
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   112
gupkina-2

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • 16rad/s
0.2 m radiusli blok orqali ip orqali ikki yuk osib qo’yilgan. Blok o’qi 1 m/s tezlik bilan yuqoriga ko’tarilmoqda. Yuklardan biri yerga nisbatdan 2m/s tezlik bilan tushayotgan bo’lsa, blok diskining burchak tezligini toping.


  1. Miltiqdan otilgan o’q, diametri 20 sm va 50ayl/s tezlik bilan aylanayotgan ingichka devorli silindirni teshib otdi. O’q silindirning diametri yo’nalishida uchib kirgan va undan chiqib ketishda kiruvchi teshik 1 sm ga siljigan bo’lsa, o’qning tezligini toping. π=3,14




  1. Yerning 600 kengligidagi nuqtalarning chiziqli tezligi, ekvatorda yotgan nuqtalarning chiziqli tezligidan necha marta kichik?


  1. Aylana bo’ylab 16rad/s tezlik va 2 m/s chiziqli tezlik bilan aylanayotgan nuqtaning markazga intilma tezlanishini toping.


  1. Diskning aylanish davri 5 marta kamaysa, uning gardishida yotgan nuqtalarning markazga intilma tezlanishi necha marta ortadi?



11§. Kinematik bog’lanishlar.

  1. Blokga ip orqali ikki yuk osib qo’yilgan. Blok o’qi 4 m/s tezlik bilan ko’tarilayotgan paytda yuklarning biri joyida turgan bo’lsa, ikkinchi yukning tezligini toping.


  1. Blok orqali cho’zilmas ip o’tkazildi va ipning uchlariga yuklar osib qo’yildi. Blok o’qi vertikal yuqoriga 2 m/s tezlik bilan ko’tarilishni boshlagan paytda yuklardan biri 3 m/s tezlik bilan pastga tusha boshladi. Ikkinchi yukning tezligini toping.


  1. Sol baland qirg’oqqa arqon yordamida tortib chiqarilmoqd. Sol 1,2 m/s tezlik bilan harakat-lanayotgan bo’lsa, gorizont bilan 600 tashkil qilgan arqon qanday tezlik bilan tortilmoqda(sm/s)?


  1. Uzun ipning uchlariga yuklar maxkamlangan va ular devorda bir-biridan 1,2 m masofada qoqilgan mixlarga osib qo’yilgan. Ikki mixni o’rtasidan ip pastga 1 m/s tezlik bilan tortilmoqda. Yuklar 40 sm ko’tarilganda ularning tezliklari nimaga teng bo’ladi?


  1. Avtomobil balonlari yerda toyinmasdan 60 rad/s burchak tezlik bilan harakatlanayotgan bo’lsa,uning chiziqli tezligini toping? G’ildirakning diametri 60 sm ga teng.


  1. Gildirak gorizontal sirtda 1 m/s tezlik bilan harakatlanmoqda. Gildirak yuqori nuqtasining yerga nisbatdan tezligini aniqlang.


  1. Uzunligi 1 m bo’lgan tayoq yerda yotibdi. Tayoqni bir uchuni vertikal yuqoriga 1,2 m/s tezlik bilan kotarilmoqda. Uning ko’tarilayotgan uchi 80 sm ga ko’tarilganda, uning ikkinchi uchi qanday tezlik bilan sirpanadi(sm/s)?



  1. Yüklə 2,04 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə