Fizikadan masalalar to’plami



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə92/112
tarix20.10.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#128706
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   112
gupkina-2

§55. Sirt tarangligi.

  1. Uzunligi 5mm bo'lgan glitserin va sirt orasida 0,1mN sirt taranglik kuchlari hosil bo'lgan bo'lsa, glitserinning sirt taranglik koeffitsientini hisoblang(mN/m).




  1. Simobning erkin sirtini 5sm2 ga oshirish uchun qancha ish bajarish kerak(µJ)? Simobning sirt taranglik koeffitsienti 0,56N/m.


  1. Agar kapilyar nayda spirt 4,6sm balandlikka ko'tarilgan bo'lsa, nay ichki sirtining diametri nimaga teng(µm)? Spirt sirtni to'liq ho'llaydi. Spirtning sirt taranglik koeffitsienti 23mN/m, spirtning zichligi 800kg/m3.g=10m/s2.




  1. Bir xil kapilyar naylarda suv 144mm, spirt 55mm balandlikga ko'tarilgan. Suyuqliklar nayni to'liq ho'llasa, berilgan malumotlar asosida spirtning zichligini aniqlang. Suvning sirt taranglik koeffitsienti 72mN/m, spirtniki 22mN/m.




  1. Kapilyar nayda suv 27,2mm ga ko'tarildi. Xuddi shunday kapilyar nayda simob qancha pastga tushadi(mm)? suvning sirt taranglik koeffitsienti 0,07mN/m, simobniki 0,56mN/m. simobning zichligi 13600kg/m3. Suv idish to'liq ho'llaydi, simob esa to'liq ho'llamaydi.


  1. Yerdagi kapilyar nayda suv 12mm balandlikga ko'tarildi. Shu nay oyga ko'chirilganda suv unda qanday balandlikga ko'tariladi(mm)? oyda erkin tushish tezlanishi yerdagiga qaraganda 6 marta kichik.


  1. Qandaydir sayyorada joylashgan kapilyar nayda suv 8mm ga, xuddi usha kapilyar nay yerda joylashganda suv unda 12mm ga ko'tariladi. Sayyora sirtidagi erkin tushish tezlanish nimaga teng? g=10m/s2


  1. Suv kapilyar nay bo'ylab 18mm ga ko'tarildi. Agar idish yuqoriga 2m/s2 tezlanish bilan harakatlanishni boshlasa, naydagi suv ustunining balandligi qanday bo'ladi(mm)?g=10m/s2.


  1. Tutash idishlarni diametrlari 0,6mm va 0,1mm bo'lgan kapilyar naylardan yasaldi. Tutash idishlardagi suv sathlari orasidagi farq nimaga teng(sm)? Suvning sirt taranglik koeffitsienti 72mN/m.g=10m/s2.


  1. Simob solingan idishga tushurilgan kapilyar naydagi simobning sathi idishdagi simob sathidan 15mm pastda bo'lib qoldi. Idishga simob ustidan suv quyilgandan so'ng, idishdagi simob sathi kapilyardagi simob sathi bilan tenglashgan bo'lsa, idishga quyilgan suv qatlamining balandligi nimaga teng(mm). Simob zichligi suv zichligidan 13,6 marta katta.

. Elektrostatika.



Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə