Fizikadan masalalar to’plami


b) Maydon kuchlanganligini hisoblash. Maydonlar superpozitsiya prinsipi



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə95/112
tarix20.10.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#128706
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   112
gupkina-2

b) Maydon kuchlanganligini hisoblash. Maydonlar superpozitsiya prinsipi.

  1. Nuqtaviy zaryadlangan zarra vakuumda o'zidan qandaydir masofada 600V/m ga teng bo'lgan kuchlanganlik hosil qilmoqda. Agar zarraning zaryadi 5 marta oshirilib, uning atrofi dielektrik singdiruvchanligi 2 ga teng bo'lgan kerosin bilan to'ldirilsa, maydonning shu nuqtasidagi maydon kuchlanganligi nimaga teng bo'ladi?


  1. Katta bo'lmagan zaryadlangan zarracha o'zidan 10sm masofada 800N/m kuchlanganlik hosil qilmoqda. Zaryaddan 20sm masofada joylashgan nuqtada elektr maydon kuchlanganligini hisoblang.


  1. Ikkita turli ishorali modullari 4nC dan bo'lgan ikkita zarra bir-biridan 60sm masofada turibdi. Bu ikki zaryadni tutashtiruvchi kesmaning o'rtasidagi maydon kuchlanganligini hisoblang. k=9·109m/F .


  1. Ikkita nuqtaviy musbat zaryadlar orasidagi masofa 8sm ga teng. Ikkita zaryadni tutashtiruvchi to'g'ri chiziqda ikkinchi zaryaddan 6sm masofada maydon kuchlanganligi nolga teng. Birinchi zaryad modulining ikkinchi zaryad moduliga nisbati nimaga teng?


  1. Zaryadlari 2nC va -4nC bo'lgan nuqtaviy zaryadlarni tutashtiruvchi kesmaning o'rtasidagi maydon kuchlanganligi nimaga teng, agar bu nuqtada faqatgina birinchi zaryadning hosil qilayotgan maydon kuchlanganligi 2V/m ga tengligi malum bo'lsa?


  1. Ikkita turli ishorali nuqtaviy zaryadlardan musbatining moduli manfiysining modulidan 2,25 marta katta ekanligi malum. Manfiy zaryaddan maydon kuchlanganligi nolga teng bo'ladigan nuqtagacha bo'lgan masofa, zaryadlar orasidagi masofaga nisbatdan necha marta katta?


  1. Zaryadlari 64nC va -48nC bo'lgan nuqtaviy zarralar orasidagi masofa 10sm. Birinchi zarradan 8sm, ikkinchi zarradan 6sm uzoqlikdagi elektr maydon kuchlanganligini hisoblang(kV/m). k=9·109m/F .


  1. Turli xil ishoraga ega bo'lgan har biri 36nC bo'lgan ikkita nuqtaviy zaryad tomoni 2m ga teng bo'lgan teng tomonli uchburchakning ikki qirasida joylashgan. Uchburchakning uchinchi qirrasidagi elektr maydon kuchlanganligini hisoblang. k=9·109m/F .




  1. Turli ishorali har biri 5nC dan bo'lgan ikki nuqtaviy zaryad bir-biridan 2,4m masofada joylashgan. Har bir zaryaddan 3m uzoqlikda joylashgan nuqtaning maydon kuchlanganligi nimaga teng? k=9·109m/F.




  1. Zaryadlari 50nC va -32nC bo'lgan ikki nuqtaviy zaryad bir-biridan 9sm masofada turibdi. Birinchi zaryaddan 5sm, ikkinchi zaryaddan 6sm uzoqlikda turgan nuqtada maydon kuchlanganligi nimaga teng bo'ladi(kV/m). k=9·109m/F.


  1. Zaryadlari 24pC va 135pC bo'lgan ikkita nuqtaviy zaryad bir-biridan 11sm masofada turibdi. Birinchi zaryaddan 4sm, ikkinchi zaryaddan 9sm masofada joylashgan nuqtadagi maydon kuchlanganligini hisoblang. k=9·109m/F.


  1. Kvadratning uchta uchida zaryadi har birining zaryadi 10-11C dan bo'lgan musbat va to'rtinchi uchida zaryadi 2·10-11C bo'lgan manfiy zaryad joylashgan. Agar kvadratning tomoni 10sm ga teng bo'lsa, kvadrat markazidagi elektr maydon kuchlanganligi nimaga teng bo'ladi? k=9·109m/F .


  1. Tomoni 1m ga teng bo'lgan rombning o'tkir uchlarida 1nC, o'tmas uchlaridan birida 5nC musbat zaryadlar joylashtirilgan. Rombning kichik dioganali uning tomoniga teng bo'lsa, rombning ikkinchi o'tmas uchidagi maydon kuchlanganligini hisoblang. k=9·109m/F .


  1. Tomoni 20sm ga teng bo'lgan teng tomonli uchburchakning ikkita qo'shni uchida zaryadlari 14pC bo'lgan nuqtaviy zaryadlar, uchinchi uchida -2pC zaryadga ega bo'lgan nuqtaviy zaryadlar joylashgan. Turli ishorali zaryadlarni tutashtiruvchi tomon o'rtasidagi elektr maydon kuchlanganligi nimaga teng. k=9·109m/F .




  1. Tomoni 30sm ga teng bo'lgan teng tomonli uchburchakning ikkita uchida turli xil ishorali har biri 25pC dan bo'lgan nuqtaviy zaryadlar va uchinchi uchida zaryadi 55pC bo'lgan uchinchi zaryad joylashgan. Uchburchak markazidagi elektr maydon kuchlanganligi nimaga teng? k=9·109m/F .


  1. Tomoni 10sm bo'lgan muntazam olti burchakning uchlarida izma ketin zaryadlari +5nC va -5nC bo'lgan nuqtaviy zaryadlar joylashgan. Barcha zaryadlar tomonidan shakl markazida hosil qilinayotgan maydon kuchlanganligi nimaga teng(kV/m).


  1. Tomoni 10sm ga teng bo'lgan oltiburchakning qo'shni bo'lgan uchta uchida har biri +5nC dan bo'lgan nuqtaviy zaryadlar, qolgan uchta uchida har biri -5nC dan bo'lgan nuqtaviy zaryadlar joylashgan. Barcha zaryadlar tomonidan shakl markazida hosil qilinayotgan maydon kuchlanganligi nimaga teng bo'ladi(kV/m)? k=9·109m/F .


Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə