Fizikadan masalalar to’plami


§57.Maydon kuchlanganligi



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə94/112
tarix20.10.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#128706
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   112
gupkina-2

§57.Maydon kuchlanganligi.
a) Maydon kuchlanganligi va kuch orasidagi bog'liqlik

  1. Zaryadlangan zarra vakuumning malum bir nuqtasida 60V/m maydon kuchlanganligini hosil qiladi. Maydonning shu nuqtasiga 5nC zaryad kiritilib butun sistema shu holatida dielektrik singdiruvchanligi 2 ga teng bo'lgan kerosinga botirilsa, kiritilgan zaryadga tasir etadigan kuch nimaga teng bo'ladi(nN)?


  1. Maydon kuchlanganlik chiziqlari vertikal yuqoriga yo'nalgan bir jinsli elektr mydonda, massasi 0,03µg, zaryadi 3 pC bo'lgan zarra muvozanatda turibdi. Maydon kuchlanganligi nimaga teng? g=10m/s2.


  1. Maydon kuchlanganligi 20kV/m bo'lgan, elektr maydon kuch chiziqlari vertikal pastga yo'nalgan va bu maydonda ipak ipga massasi 0,1kg, zaryadi 0,2mC bo'lgan zaryadlangan sharcha ilingan. Ipdagi taranglik kuchini toping. g=10m/s2.


  1. Ipga osilgan massasi 0,1kg, zaryadi 10µC bo'lgan sharcha bir jinsli, maydon kuchlanganligi 200kV/m va maydon kuch chiziqlari vertikal pastga yo'nalgan maydonga kiritilganda ipdagi taranglik kuchi necha marta ortadi? g=10m/s2.


  1. Massasi 4,5g, zaryadi 0,1µC bo'lgan sharcha zichligi 800kg/m3 bo'lgan moyga botirilgan. Sharcha moddasining zichligi 1500kg/m3. Bu sharcha muvozanatda turishi uchun qanday elektr maydon kuchlanganligini hosil qilish kerak(kV/m)? g=10m/s2.


  1. Ipak ipga ilingan kichgina sharcha 49nC zaryadga ega. Sharcha elektr maydon kuchlanganligi 100kN/m bo'lgan gorizontal elektr maydonda burchak tangensi 0,125 ga teng bo'lgan burchakka og'gan bo'lsa, sharcha massasini(g) toping? g=9.8m/s2.


  1. Massasi 0,1g, zaryadi 4µC bo'lgan zarracha maydon kuchlanganligi 1000V/m bo'lgan elektr maydonida qanday tezlanish bilan harakatlanadi? Og'irlik kuchini hisobga olmang.


  1. Massasi 0,01kg, zaryadi 1µC bo'lgan sharcha maydon kuchlanganligi 20kN/m bo'lgan bir jinsli elektr maydonda qanday tezlanish bilan tushadi. Elektr maydon kuchlanganlik chiziqlari vertikal ravishda yuqoriga yo'nalgan. Ishqalanishni hisobga olmang. g=10m/s2.


  1. Jismga 7·10-8C zaryad berilganda, jism o'zining 10s ga teng uchish vaqti davomida odatdagiga qaraganda 5sm ko'proq masofa bosib o'tdi. Agar elektr maydon kuchlanganligi 100V/m ga teng bo'lsa, jism massasi nimaga teng bo'ladi(g)?


  1. Massasi 10-3g bo'lganchang zarrasi havoda o'zgarmas 0,2m/s tezlik bilan tushmoqda. Bu zang zarrasiga 1,2nC zaryad berib uni maydon kuchlanganligi 10kV/m bo'lgan elektr maydonga kiritilsa, u qanday qaror topgan tezlik bilan vertikal yuqoriga ko'tarilishni boshlaydi(sm/s)? Havoning qarshilik kuchi tezlikka to'g'ri proportsional. g=10m/s2.


  1. Zaryadlanmagan massasi 5mg bo'lgan zarracha havoda 15sm/s qaror topgan tezlik bilan tushmoqda. Bu chang zarrasiga 40nC zaryad berilib maydon kuchlanganligi 3kV/m bo'lgan bir jinsli gorizontal elektr maydonga kiritilsa, zarracha qanday qaror topgan tezlik bilan harakatlana boshlaydi(sm/s)? havoning qarshilik kuchi tezlikka to'g'ri proportsional. g=10m/s2.


  1. Proton 100km/s tezlik bilan uchib kelib maydon kuchlanganligi 50V/m bo'lgan elektr maydonga kuch chiziqlariga qarama- qarshi yo'nalishda uchib kirdi. Proton necha mikrosekunddan so'ng to'xtaydi. Proton zaryadining uning massasiga nisbati 108C/kg.


  1. Bir jinsli elektr maydonida, elktron maydon kuch chiziqlari bo'ylab sekinlashib harakatlanmoqda. Qandaydir vaqtda elektronning tezligi 1,8Mm/s ga teng. Agar elektronning tezligi 0,1µs da ikki marta kamaygani malum bo'lsa, elektr maydon kuchlanganligi nimaga teng. Elektronning solishtirma zaryadini 1,8·1011C/kg.


  1. Massasi 0,01mg, zaryadi 10nC bo'lgan sharcha bir jinsli gorizontal elektr maydoniga joylashtirilgan. Sharcha harakatlanishni boshladi va 4s dan so'ng 50m/s tezlik bilan harakatlanishni boshladi. Elektr maydon kuchlanganligining qiymatini toping(mV/m). g=10m/s2.


  1. Massasi 1g, zaryadi 1nC bo'lgan zarracha maydon kuchlanganligi 20V/m bo'lgan bir jinsli elektr maydonga, maydon kuch chiziqlariga tik ravishda uchib kirmoqda. Zarra o'zining maydondagi 2s harakati davomida o'zining dastlabki harakat yo'nalishiga nisbatdan qanday masofaga siljigan(µm)? Og'irlik kuchini hisobga olmang.


  1. Elektron, elektr maydon kuchlanganligi 60kV/m bo'lgan elektr maydonga, elektr maydon kuch chiziqlariga perpendikular ravishda 8Mm/s tezlik bilan uchib kirdi. Elektronning shundan 5/9ns vaqt o'tgandagi tezligini aniqlang(Mm/s). elektronning solishtirma zaryadi 1,8·1011C/kg.


  1. Proton va alfa zarracha yassi kondensatorga uning plastinalariga parallel ravishda bir xil tezlik bilan uchib kirdi. Kondensatordan uchib chiqishda protonning dastlabki yo'nalishidan og'ishi, alfa zarranikiga qaraganda necha marta katta?


  1. Elektron uzunligi 30sm bo'lgan yassi kondensatorning plastinalariga paralel ravishda uchib kirdi va undan uchib chiqishda o'zining dastlabki yo'nalishiga nisbatdan 1,8mm ga og'di. Agar kondensator qoplamalari orasidagi elektr maydon kuchlanganligi 200V/m ga teng bo'lsa, elektronning dastlabki tezligini toping(Mm/s). Elektronning solishtirma zaryadi 1,8·1011C/kg.


  1. Zaryadi 70µC bo'lgan zaryadni bir jinsli elektr maydon kuch chiziqlari bo'ylab qanday masofaga ko'chirilganda(sm) elektr maydon 1,4mJ ish bajaradi? Elektr maydon kuchlanganligi 200V/m.


  1. Zaryadi 70µC bo'lgan zarrachani maydon kuchlanganligi 10kV/m bo'lgan bir jinsli elektr maydonda, maydon kuch chiziqlariga 600 burchak ostida 0,5m masofaga ko'chirish uchun qancha ish bajarish kerak(mJ). Javobda ishning modulini ko'rsating.


Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə