Fizikadan masalalar to’plami



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə99/112
tarix20.10.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#128706
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   112
gupkina-2

§60. O'tkazgich shar.

  1. Radiusi 0,1m bo'lgan shar sirtidan 10m masofada 20V potensial hosil qilayotgan bo'lsa, shar sirtidagi potensialni toping.




  1. Havoda joylashgan metall sharga 1nC zaryad berildi. Shar radiusi 15sm. Shar sirtidan 10sm masofadagi nuqtada maydon potensialini toping. k=9·109m/F.


  1. Radiusi 5sm bo'lgan shar 150V potensialgacha zaryadlangan. Shar sirtidan 5sm masofada yotuvchi nuqtaning potensiali nimaga teng?




  1. Mingta bir xil simob tomchilari 0,01V potensialgacha zaryadlangan. Tomchilar qo'shilishi natijasida paydo bo'lgan katta tomchining potensiali nimaga teng?


  1. Radiuslari 3 va 7sm bo'lgan bir-biridan juda ham uzoqda joylashgan o'tkazgichdan yasalgan sharlar 20 va 30V potensialgacha zaryadlangan. Bu sharlarni ingichka sim yordamida ulangandan so'ng ularning umumiy potensiali nimaga teng bo'ladi?




  1. Radiuslari 8 va 20sm bo'lgan o'tkazgich sharlar bir-biridan katta masofada joylashgan va ularning zaryadlari 14nC va -7nC. Bu sharchalarni bir-biriga o'tkazgich sim yordamida ulagandan so'ng ikkinchi sharchaning zaryadi nimaga teng bo'ladi(nC)? Sharlarni ulovchi simning sig'imini hisobga olmang.




  1. Bir xil zaryad berilgan metall sharchalar 20 va 30V potensialga ega. Bu ikki sharchani o'tkazgich sim yordamida bir-biriga ulanganda ularning potensiali nimaga teng bo'lib qoladi? Sharlarni ulovchi simning sig'imini hisobga olmang. Sharlar orasidagi masofa sharlarning radiusiga qaraganda ancha katta.




  1. O'tkazgichdan yasalgan ikkita konsentrik sferalar 19 va 20sm radiusga ega. Ichki sfera zaryadlangan tashqisining zaryadi yo'q. agar tashqi sferani yerga ulab qo'yilsa, sfera ichidagi potensial necha marta kamayadi?


  1. O'tkazgichdan yasalgan ikkita konsentrik sferalar 8 va 10sm radiusga ega. Tashqi sfera zaryadlangan, ichki sfera esa elektroneytral. Agar ichki sfera tashqi sferadagi kichik teshikdan o'tuvchi ingichka sim bo'lagi yordamida yerga ulansa, tashqi sferadagi potensial necha marta kamayadi?




  1. O'tkazgichdan yasalgan ikkita konsentrik sferalar 2 va 12sm radiusga ega. Ichki sfera zaryadlangan tashqisining zaryadi yo'q. Agar ichki sferani tashqi sfera bilan ingichka sim yordamida ulansa, undagi potensial necha marta kamayadi?




  1. Radiusi 3sm ga teng bo'lgan yerga ulangan sharga uning markazidan 10sm masofada 20µC zaryad joylashtirilsa, sharda qanday zaryad hosil bo'ladi(µC)?




  1. Radiusi 2sm bo'lgan yakkalangan o'tkazgich sharcha 10nC zaryadga ega. Agar shar markazidan 3sm masofada 12nC zaryad kiritilsa, sharning potensiali necha marta kamayadi?




Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə