Fizikadan masalalar to’plami


§65. Zanjirning bir qismi uchun Om qonuni



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə104/112
tarix20.10.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#128706
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   112
gupkina-2

§65. Zanjirning bir qismi uchun Om qonuni.



  1. Qarshiligi 10 Om bo'lgan simning uchlariga 12 V kuchlanish berilsa, undan 20s ichida oqib o'tgan zaryad miqdorini hisoblang.


  1. Uzunligi 100m bo'lgan simdan 2 A tok oqib o'tayotganda, uning uchlaridagi kuchlanish tushuvini hisoblang. Simning ko'ndalang kesim yuzasi tomoni 3mm bo'lgan kvadrat shakliga ega. Temirning solishtirma qarshiligi 9·10-8 Om·m.


  1. Ikkita bir xil lampa va qarshiligi 3 Om bo'lgan qarshilik 110 V bo'lgan o'zgarmas kuchlanish manbaiga ketma-ket ulangan. Agar har bir lampadagi kuchlanish 40 V ga teng bo'lsa, tarmoqdagi umumiy tokni toping.


  1. Elektr tarmog'iga qarshiliklari mos ravishda 50 Om va 60 Om bo'lgan, plitka va reostat ketma-ket ulangan. Agar plitkadagi kuchlanish tushuvi 75 V bo'lsa, reostatdagi kuchlanishni toping.


  1. Bir xil moddadan yasalgan bir xil uzunlikli o'tkazgichlar ketma-ket ulangan. Birinchi simning diametri 1 mm, ikkinchisiniki 2 mm. Bu simlarga 300V kuchlanish berilgan. Ikkinchi simdagi kuchlanishni hisoblang.


  1. Kuchlanishi 120V bo'lgan tok manbaiga uchta bir xil qarshilik ulangan: ikkitasi parallel, uchinchisi ularga ketma-ket. Parallel ulangan qarshiliklardagi kuchlanishni toping.


  1. Kuchlanishi 100V bo'lgan kuchlanish manbaiga 34 Om qarshilikka ega bo'lgan rezistorga parallel ulangan 20 va 80 Om qarshiliklar ketma-ket ulangan. Qarshiligi 80 Om bo'lgan rezistordagi kuchlanishni toping.


  1. To'rtta 3V kuchlanish va 0,3A tok kuchiga mo'ljallangan elektrlampochkalaribir-biriga parallel ulanib EYK 5,4V bo'lgan tok manbaidan taminlanishi kerak. Lampalarni bunday ulash uchun ularga ketma-ket ravishda qanday qo'shimcha qarshilik ulash kerak? r=0


  1. Kuchlanishi 220V bo'lgan elektr tarmog'iga, qarshiligi 20 Om va 0,5A tok kuchida to'la quvvat bilan yonadigan nechta lampochkani ketma-ket ulash kerak?


  1. Qarshiligi 24 Om va 12V kuchlanishga mo'ljallangan 10 ta lampa, 220 V kuchlanishga ega bo'lgan elktr tarmog'iga qo'shimcha qarshilik bilan birgalikda ketma-ket ulangan. Qarshilikning qanday qiymatida lampalar nominal quvvatda yonadi?


  1. O'zgarmas kuchlanish manbaiga ikkita qarshilikni ketma-ket ulangandagi tok kuchi, bu qarshiliklarni parallel ulangandagi tok kuchidan 6,25 marta kichik. Qarshiliklar necha marta farqlanadi?


  1. Akkumulyatorga 5 Om qarshilik ulangan. Tarmoqdagi tok kuchini o'lchash uchun qarshilikka ketma-ket ravishda ichki qarshiligi 2,5 Om bo'lgan ampermetrni ulashganda u 2 A tok kuchini ko'rsatgan. Ampermetr ulanishidan oldin tarmoqdagi tok kuchi nimaga teng bo'lgan? Akkumulyatorning ichki qarshiligini hisobga olmasa ham bo'ladi.


  1. Kuchlanishi 120 V bo'lgan tarmoqqa voltmetr 14 kOm qarshilik bilan ketma-ket ulanganda 50 V kuchlanishni ko'rsatdi. Agar bu voltmetrni o'sha tarmoqqa nomalum qarshilik bilan ketma-ket ulansa, u 10 V kuchlanishni ko'rsatadi. Nomalum qarshilik nimaga teng bo'lgan(kOm)?


  1. Isitgich 60 V kuchlanishga ega bo'lgan elektr tarmog'iga qandaydir qarshilikka ega bo'lgan simlar yordamida ulangan. Bunda isitgichdagi kuchlanish 40 V ga teng. Agar isitgichga parallel ravishda xuddi shunday isitgich ulansa, undgi kuchlanish nimaga teng bo'ladi?


  1. Isitgich 60 V kuchlanishga ega bo'lgan elektr tarmog'iga qandaydir qarshilikka ega bo'lgan simlar yordamida ulangan. Bunda isitgichdagi kuchlanish 40 V ga teng. Agar isitgichga ketma-ket ravishda xuddi shunday isitgich ulansa, undgi kuchlanish nimaga teng bo'ladi?


  1. Qarshiligi 100 Om bo'lgan ikkita rezistor bir-biriga parallel ulanib ularga qarshiligi 200 Om bo'lgan rezistor ketma-ket ravishda ulangan. Bu tizim o'zgarmas tok manbaiga ulangan. Agar parallel ulangan qarshiliklarning uchlariga sig'imi 10µF bo'lgan kondensator ulangnda unda 0,22mC zaryad paydo bo'lgan bo'lsa, tok manbaining EYK ni aniqlang. r=0


Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə