Fizikadan masalalar to’plami


§67. Berk elektr zanjirlari uchun Om qonuni



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə106/112
tarix20.10.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#128706
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   112
gupkina-2

§67. Berk elektr zanjirlari uchun Om qonuni.



  1. EYKi 15V, ichki qarshiligi 1 Om bo'lgan galvanik elementga 4 Om tashqi qarshilik ulanganda, zanjirda qanday tok kuchi paydo bo'ladi?


  1. EYKi 20V, ichki qarshiligi 1 Om bo'lgan batareyaga qanday tashqi qarshilik ulansa, zanjirda 2 A tok paydo bo'ladi?


  1. EYKi 2V, ichki qarshiligi 0,2 Om bo'lgan batareyaning chiqishlari, ko'ndalang kesim yuzasi 1mm2, solishtirma qarshiligi 10-7Om·m bo'lgan sim yordamida ulangan. Agar zanjirdagi tok kuchi 4A ga teng bo'lsa, simning uzunligini hisoblang.


  1. EYKi 3V, ichki qarshiligi 2 Om bo'lgan batareykaga ampermetr qisqa tutashtirilsa u 1A tok kuchini ko'rsatadi. Ampermetrning ichki qarshiligini hisoblang.


  1. EYKi 2,2V bo'lgan batareykaga qarshiligi 2 Om bo'lgan sim ulanganda undan 1A tok oqib o'tadi. Qisqa tutashuv toki nimaga teng?


  1. Qarshiliklari 20 Om va 30 Om bo'lgan rezistorlar bir-biriga parallel ulangan holatda, EYKi 14V bo'lgan batareykaga ulandi. Agar zanjirning tarmoqlanmagan qismidagi tok kuchi 1A ga teng bo'lsa, qisqa tutashuv tokining qiymatini aniqlang.


  1. EYKi 15V bo'lgan batareykaga qandaydir tashqi qarshilik ulansa, manba qutblaridagi kuchlanish 9V ga, manbadagi tok kuchi 1,5A ga teng bo'lgan. Manbaning ichki qarshiligini aniqlang.


  1. EYKi 3,6 V bo'lgan tok manbaining ichki qarshiligi 0,1 Om ga teng. Tok manbaiga har birining qarshiligi 1,5 Om bo'lgan uchta lampochka parallel ravishda ulangan. Tok manbai klemmalaridagi potensiallar ayirmasi nimaga teng?


  1. EYKi 15V , ichki qarshiligi 1,4 Om bo'lgan tok manbaiga, qarshiliklari 2 va 8 Om bo'lgan rezistorlar parallel ravishda ulangan. Tok manbaining klemmalaridagi kuchlanish nimaga teng?




  1. EYKi 12V , ichki qarshiligi 1 Om bo'lgan tok manbaiga qarshiliklari 6 Om dan bo'lgan uchta rezistor parallel ulangan. Bitta rezistordagi kuchlanishni toping.




  1. Elektr zanjiri EYKi 7,5 V, ichki qarshiligi 0,3 Om bo'lgan tok manbai va o'zaro parallel ulangan 2 Om va 3 Om rezistorlardan tashkil topgan. Ikkinchi qarshilikdagi tok kuchini toping.


  1. Tok manbai 10 Om qarshilikka ulanganda undagi tok kuchi 2 A ga teng bo'ladi. Agar shu tok manbaini 20 Om bo'lgan tok banbaiga ulasak 1,5 A tok kuchi paydo bo'ladi. Manbaning ichki qarshiligini toping




  1. Agar tok manbaiga 1,8 Om qarshilik ulansa, zanjirdagi tok kuchi 0,7 A ga, 2,3 Om qarshilik ulansa, zanjirdagi tok kuchi 0,56 A ga teng bo'ladi. Manbaning qisqa tutashuv toki nimaga teng?




  1. Ichki qarshiligi 2 Om bo'lgan ampermetr tok manbaiga ulanganda u 5 A tok kuchini ko'rsatdi. O'sha tok manbaining klemmalariga ichki qarshiligi 150 Om bo'lgan voltmetr ulanganda, u 12 V ni ko'rsatadi. Manbaning qisqa tutashuv tokini aniqlang.


  1. EYKi 6V , ichki qarshiligi 2 Om bo'lgan tok manbaiga reostat ulanganda tarmoqdagi tok kuchi 1 A ga teng bo'ladi. Agar reostatning qarshiligi 4 marta kamaytirilsa manbadagi tok kuchi nimaga teng bo'ladi?


  1. Tok manbaiga ikkita bir xil qarshilik ketma-ket ravishda ulangan. Qarshiliklarni bir-biriga parallel ulansa, manbadagi tok kuchi 3 marta oshgani malum bo'lsa, har bir rezistorning qarshiligi manbaning ichki qarshiligidan necha marta katta?


  1. Tashqi qarshiligi 20 Om bo'lgan akkumulyatordan tashkil topgan elektr zanjiriga voltmetr daslab rezistorga ketma-ket ravishda so'ngra, rezistorga parallel ravishda ulangan. Voltmetrning ko'rsatishi har ikki holatda ham bir xil. Agar manbaning ichki qarshil 0,1 Om ga teng bo'lsa, voltmetrning qarshiligi nimaga teng?


  1. Bir-biriga ketma-ket ulangan ikkita voltmetr qandaydir ichki qarshilikka ega bo'lgan tok manbaining klemmalariga ulangan. Voltmetr ko'rsatgichlari 12V va 4V. agar tok manbaiga faqat birinchi voltmetr ulansa u 15V kuchlanishni ko'rsatadi. Manbaning EYKi nimaga teng?


  1. Kondensator manba qutublariga ulangan. Kondensatorga parallel ravishda 15 Om qarshilik ulansa undagi zaryad 1,2 marta kamayadi. Manbaning ichki qarshiligini aniqlang.

Tebranishlar va to`lqinlar.

Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə