Фонд бозори тизимидаги фонд биржалари


Kurs ishining asosiy maqsadi



Yüklə 488,5 Kb.
səhifə2/6
tarix21.05.2022
ölçüsü488,5 Kb.
#87559
1   2   3   4   5   6
Bankdagi maxsus schyotlar hisobini yuritish tartibi.

Kurs ishining asosiy maqsadi Fond bozorini muvofiqlashtirishning jaxon tajribasi va uni O‘zbekiston sharoitida qo‘llash masalalarini ilmiy asosda o‘rganish, mavjud xolatlarni tahlil etish asosida tegishli taklif va tavsiyalarni shakllantirishdan iborat.
Kurs ishi predmeti O‘zbekistonda fond bozorini muvofiqlashtirish mexanizmini tahlili, moliya bozori segmentlarini tartibga solishning huquqiy mexanizmi samaradorligini oshirishdagi mavjud muammolar va ularni hal etish yo‘llari.
Kurs ishi ob’ekti, qimmatli qog‘ozlar bozorimizni muvofiqlashtirish mexanizmini o‘rganishda rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar fond bozorlari va real sektoriga inqirozning ta’siri, G 20 lik guruhiga kiruvchi ayrim mamlakatlarning inqirozga qarshi qo‘llayotgan choratadbirlari, shuningdek, milliy qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya institutlari faoliyati va tartibga solishning huquqiy asoslaridan foydalanildi va tadqiqot ob’ekti sifatida o‘rganildi.

I. bob. Fond bozorini muvofiqlashtirish mexanizmining nazariy asoslari va jahon tajribasi


1.1. Fond bozorini muvofiqlashtirishning ahamiyati, roli va vazifalari
Moliya bozorini tartiblashtirish – uning funksional va operatsion tarkiblarini uyg‘unlikdagi faoliyatini, undagi barcha qatnashchilarning moliyaviy instrumentlar bilan bog‘liq barcha munosabatlarini tizimli tarzda samarali rivojlantirish maqsadida davlat tomonidan vakolat berilgan organlar tomonidan o‘rnatilgan unga oid me’yorlar majmuasiga mos ravishda muvofiqlashtirish va nazorat qilishning tartibli jarayonini.
Moliya bozorini tartiblashtirish tushunchasiga mos ravishda, qimmatli qog‘ozlar bozorini tartiblashtirish – uning funksional va operatsion tarkiblarini uyg‘unlikdagi faoliyatini, undagi barcha qatnashchilarning qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq barcha munosabatlarini tizimli tarzda samarali rivojlantirish maqsadida vakolatli davlat va o‘zini o‘zi muvofiqlashtiruvchi organlar tomonidan o‘rnatilgan unga oid me’yorlar majmuasiga mos ravishda muvofiqlashtirish va nazorat qilishning tartibli jarayonini.
Dunyoning barcha mamlakatlarida davlatning moliyaviy-iqtisodiy siyosatini (investitsiyalarni jalb qilish, modernizatsiyalash va industrial rivojlantirish negizida barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash maqsadida) samarali yuritilishi uchun moliya bozori davlat tomonidan tartiblashtirishning alohida mukammal tashkillashgan ob’ekti sifatida namoyon bo‘ladi, uni muvofiqlashtirish va nazorat qilishda davlat zimmasiga katta vakolat, maqsad, vazifalar va funksiyalar yuklatiladi.
Moliya bozorini davlat tomonidan tartiblashtirish – moliya bozorining rivojlanish tendensiyalarini makromoliyaviy darajada, undagi uning qatnashchilari faoliyatini esa mikromoliyaviy darajada mamlakatda o‘rnalilgan qonununchilik me’yorlari doirasida belgilangan tartibda muvofiqlashtirish va nazorat qilish jarayoni. Bu jarayonga davlat o‘zining tanlab olgan rivojlanish modeli va tamoyillari, undagi maqsad va vazifalariga mos ravishda me’yoriy tartiblashtiruvchi ta’sir ko‘rsatish asosida davlatning moliyaviy-iqtisodiy siyosatini amalga oshiradi.
Davlatning bunday ta’siri o‘z ichiga xuquqiy, iqtisodiy, administrativ, ijtimoiy, informatsion, texnik va h.k. usullarning keng diversifikatsiyalashgan majmuini oladi.
Davlat tomonidan shakllantirilgan va uzluksiz rivojlantirilib boriladigan moliya bozorini tartiblashtirish tizimi moliya sohasida davlat siyosatining asosiy instrumenti hisoblanadi.
Davlatning moliya bozorini tartiblashtirish jarayonidagi ishtirokini muhim xususiyati unda davlat bir vaqtning o‘zida quyidagi maqsadli strategik rollarni bajarishi bilan belgilanadi: moliya bozorining bosh regulyatori; emitent; investor; moliya bozorida moliyaviy munosabatlarni tashkillashtiruvchi va rivojlantiruvchi, davlat moliyaviy-iqtisodiy siyosatini amalga oshiruvchi professional institut.
Bunda davlatning maqsadlari milliy manfaatlar bilan belgilanadi.
Davlatning bosh maqsadi – moliya bozorini tizimli ravishda samarali tartiblashtirish asosida milliy manfaatlarni kompleks ta’minlash. Bunda davlat moliya bozori orqali:

  • iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb qilishni, real sektorni modernizatsiyalashni va industrial rivojlantirishni, umuman barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydi;

  • davlatning moliyaviy-iqtisodiy (monetar, fiskal) siyosatini amalga oshiradi;

  • moliya tizimining havfsizligi va raqobatbardoshligini

ta’minlaydi;

  • moliyaviy globallashuv jarayonlarini rivojlantiradi.

Strategik nuqtai nazaridan sanab o‘tilgan maqsadlarga erishish milliy manfaatlarga qaratilgan bo‘lganligi uchun moliya bozorini tartibli rivojlantirish na faqat vakolatli davlat organlarining, balki moliya bozorining boshqa barcha qatnashchilarini ham muhim vazifasidir. SHu sabali moliya bozorini davlat tomonidan tartiblashtirishning bosh amaliy maqsadi – milliy bozorga nisbatan barcha qatnashchilarning, bunda ko‘p jihatdan investorlarning ishonchini ta’minlashdan iboratdir.
Moliya bozorini yuqorida ta’kidlab ko‘rsatilgan tartiblashtirish jarayonida davlatning bosh vazifasi – milliy manfaat va milliy g‘oya doirasida moliya bozori faoliyatining yuqori samarali mexanizmini yaratish va unga bozorning barcha qatnashchilari tomonidan so‘zsiz bevosita rioya qilinishi asosida rivojlanishini ta’minlashdan iboratdir. Asosiy vazifasi - investorlarning huquqlarini himoyalash va qonuniy manfaatlarini ta’minlash; bozorlarning adolatliligi, samaradorliligi va shaffofliligini qonunchilik bilan belgilangan tartibda, usullarda va shakllarda ta’minlash; risklarni samarali boshqarilishini ta’minlash.
Ta’kidlash joizki, faqat yuqorida keltirilgan moliya bozorining tartiblashtirish milliy (davlat) tizimini maqsad va vazifalari vakolatli davlat organlari va moliya bozori qatnashchilari tomonidan samarali bajarilganidagina moliya bozori o‘zining iqtisodiyotdagi vazifalarini, funksiyalarini va rolini ko‘ngildagidek to‘liq bajara oladi.
YUqorida aytilganlar qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha komissiyalarning Xalqaro tashkiloti (International Organization of Securities Comissions - IOSCO) tomonidan 1998 yil sentyabr oyida qabul qilingan “qimmatli qog‘ozlar sohasida tartiblashtirish maqsadlari va tamoyillari” nomli bazaviy hujjatida keltirilgan maqsadlar bilan umuman olganda hamohang. Xususan, ushbu hujjat bilan quyidagi o‘rnatilgan: “tartiblashtirish ho‘jaliklarda kapitallarni shakllanishiga va iqtisodiy o‘sishga ko‘maklashishi zarur”, buning asosida qimmatli qog‘ozlar bozorini tartiblashtirishning uch maqsadi qo‘yilgan:

  1. Investorlarni himoyalash (manipulyasiya, tovlamachilik va insayderlik hollardan).

  1. Bozorlarning adolatliligi, samaradorliligi va shaffofliligi (bozorda qatnashchilar tengligi, informatsiyaga teng va keng ega bo‘lish).

  1. Tizimli riskni pasaytirish (qimmatli qog‘ozlar industriyasida risklarni samarali boshqarish).

Moliya bozorini tartiblashtirish tizimi – uzluksiz dinamik rivojlanib boruvchi, faoliyati iqtisodiy-xuquqiy mexanizm bilan ta’minlangan, alohida funksional va institutsional tarkiblarga ega bo‘lgan, milliy moliya tizimi faoliyatini milliy manfaatlar, maqsadlar va qonunlar doirasida me’yorlab rivojlantiruvchi murakkab majmuaviy tuzilma. Bu tuzilma moliya bozori faoliyatini m’yorlab rivojlantiruvchi murakkab tizim sifatida o‘z ichiga bir-biri bilan o‘zaro moliyaviy bozor munosabatlari bo‘yicha uzviy bog‘langan ko‘plab qism va elementlarni oladi.
Uning asosiy tarkibiy qismlaridan bo‘lib davlat qonunlari va ularning ijrosiga moliya bozorining barcha qatnashchilari tomonidan rioya qilinishini nazorat qilib boruvchi vakolatli institutlar hisoblanadi. Davlat qonunlari bilan moliya bozorida moliyaviy instrumentlar bilan bog‘liq barcha operatsiya va munosabatlarni tashkil etilishi va amalga oshirilishining umumiy konsepsiya va tamoyillari o‘rnatiladi.
Davlat qonunlari doirasida moliya bozori rivojlanishi tendensiyalaridagi joriy davrda va kelajakda turli mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarni oldindan ko‘zda tutish qiyinligi sababli, moliya bozorini tartiblashtirish milliy tizimining uzilmas qismlaridan bo‘lib tegishli qonunosti hujjatlar majmuasi hisoblanadi. Bu majmua o‘z ichiga moliya bozorini tartiblashtirishga oid quyidagi hujjatlar to‘plamini oladi: muassasalararo majburiy bo‘lgan me’yoriy hujjatlar (nizomlar, instruksiyalar, tartib-qoidalar, standartlar), hukumat qarorlari va farmoyishlari va h.k.
Vakolatli tartiblashtiruvchi institutlar qonun va qonunosti hujjatlarni amaliyotga joriy qilib moliya bozori tomonidan ularga rioya qilinishini ta’minlaydi. Bu hujjatlarning ishlashi chog‘ida vakolatli institutlarning vazifasi qonunbuzarliklarni aniqlash, profilaktikasini olib borish, o‘rnatilgan me’yorlar doirasida tekshiruvlar o‘tkazish, ulardan og‘ishlarni aniqlab belgilangan tartibda choralar ko‘rish.
SHunday qilib, aytish mumkinki, har qanday, eng samarali bo‘lgan ham milliy tartiblashtirish tizimi joriy va kelajak davrlarda ideal mukammalllik darajasi talablariga javob bera olmasligi va mos ravishda tartiblashtirish mexanizmiga joriy o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi holatlari mavjud bo‘lganligi sababli, ularni shartli ravishda faqat ma’lum bir vaqt davrida moliya bozori talablariga nisbatan javob beruvchi samarali deb qabul qilish mumkin. Bunday holat tartiblashtirish tizimi institutlariga va moliya bozorining boshqa qatnashchilariga ham ta’sir ko‘rsatmasdan qolmaydi.
Moliya bozorini tartiblashtirish milliy tizimlari (jumladan, unsurlari) tasnifi bo‘yicha turli yondashuvlar mavjud.
Moliya bozori segmentlari bo‘yicha tartiblashtirish ularda muomalada bo‘luvchi moliyaviy instrumentlar bilan bog‘liq operatsiya va munosabatlarni muvofiqlashtirish va nazorat qilishga qaratilgan bo‘lishi mumkin. Masalan, bank instrumentlari segmentini tartiblashtirish elementi, sug‘urta instrumentlari segmentini tartiblashtirish unsuri, qimmatli qog‘ozlar bozorini (segmentini) tartiblashtirish elementi, valyuta segmentini tartiblashtirish unsuri. Bu unsurlarning barchasi birgalikda qo‘shilib, uyg‘unlikda bir butun milliy tartiblashtirish tizimini tashkil qiladi.
Faoliyat turlari bo‘yicha tartiblashtirish moliya bozorining qatnashchilari operatsiyalarini (emission, investitsion, professional moliyaviy institutlar, savdoni tashkillashtirishni) muvofiqlashtirish va nazorat qilish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Tashkiliy tuzilishi bo‘yicha tartiblashtirish ko‘p pog‘onali murakkab muvofiqlashtirish va nazorat qilish tizimi ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Masalan, bir-biri bilan bog‘liq tartiblashtirishning xalqaro, milliy, regionallararo, regional va munitsipal pog‘onalari.
Tartiblashtirish institutlari bo‘yicha – davlat organlari (Moliya vazirligi va Markaziy bank), vakolatli davlat muassasasi, kvazi-hukumat tashkiloti (umumilliy makroregulyator), davlat va o‘zini o‘zi muvofiqlashtiruvchi tashkilotlar bilan birgalikda bo‘lgan, alohida makroregulyatordan iborat tizim tomonidan tartiblashtiriluvchi tizimlar.
Tartiblashtirish usullari bo‘yicha – funksional, institutsional, administrativ, indikativ, o‘zini o‘zi tartiblashtirish, makroregulyativ (9.5 paragrafga qaralsin) va gibrid (aralash) usullariga asoslangan tizimlar.
Tartiblashtirishning milliy tizimini tashkillashtirishda qabul qilingan yondashuvlari bo‘yicha – hukumat tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri tartiblashtirish (masalan, Irlandiya, Niderlandы, Portugaliya), moliya va bank tizimlarini regulyatorlari bo‘lmish organlar tomonidan tartiblashtirish (masalan, Belgiya, Daniya, YAponiya, Qozog‘iston), mahsus tuzilgan vakolatli davlat tashkiloti tomonidan tartiblashtirish (masalan, AQSH, Buyuk Britaniya, Italiya, Fransiya, Ispaniya, Rossiya), aralash tizimlar.
Tartiblashtirish ko‘lami (hajmining kengligi va chuqurligi) bo‘yicha – moliyaviy global (xalqaro, meta, planetar), makromoliyaviy va mikromoliyaviy darajada tartiblashtirish.
Tartiblashtirish indikatorlari bo‘yicha – meta-, makro-, mikroindikatorlarning chegaraviy (kritik) miqdorlari (eng past va eng baland) darajalari doirasi ichida.
Tartiblashtirish infratuzilmaviy tarkiblari bo‘yicha – funksional va institutsional tarkiblarini uyg‘unlikda tartiblashtirish tizimi.
Tartiblashtirish funksiyalari bo‘yicha – u yoki bu darajada moliyaviy global (xalqaro, meta, planetar), makroiqtisodiy, mikroiqtisodiy, qonunchilik, infratuzilmaviy, industrial, texnik (bozorning sifat va miqdoriy parametrlarining optimal darajasini ushlab turish) funksiyalarga asoslangan tartiblashtirish tizimlari.
Moliya bozoriga ta’sir ko‘rsatish bo‘yicha – umumiqtisodiy darajadagi bilvosita (kredit-pul, byudjet-soliq, ijtimoiy, valyuta, xususiylashtirish va h.k. siyosatlar negizida) va bevosita (administrativ) ta’sir ko‘rsatishga asoslangan tartiblashtirish tizimi.
Manfatlarni himoyalanishi bo‘yicha – davlat manfaatlariga, yirik (strategik) investorlar manfaatiga, minoritar (mayda) investorlar manfaatlariga, aralash manfaatlarga qaratilgan tartiblashtirish tizimlari.
Iqtisodiy tuzum shakli bo‘yicha – ochiq va yopiq iqtisodiyot modellariga asoslangan tartiblashtirish tizimlari.
Tartiblashtirish tuzilmasining tashkil etilishi bo‘yicha – faqat davlat regulyatorlarining ishtirokiga, davlatning ko‘proq va o‘zini o‘zi tartiblashtiruvchi tashkilotlarning kamroq ishtirokiga, davlatning kamroq va o‘zini o‘zi tartiblashtiruvchi tashkilotlarning ko‘proq ishtirokiga asoslangan tizimlar.
Tartiblashtirish maqsadlari bo‘yicha – davlat, nodavlat va boshqa turli mulk shaklidagi yuridik shaxslar, jismoniy shaxslar (asosan investorlar) faoliyati (operatsiyalari) va funksiyalarini moliya bozori qatnashchilari sifatida uyg‘unlikda (integrallashgan holda, tarzda) tartiblashtirish tizimi.
Tartiblashtirish modellari bo‘yicha – mumtoz (anglo-sakson), kontinental (asosan germancha), yaponcha-koreyscha, islomiy (Indonezii, Malayziya, Pokiston va h.k.), aralash modellarga asoslangan tartiblashtirish tizimlari.
Qimmatli qog‘ozlar bozorida davlat va bozorning boshqa qatnashchilarining manfaatlari makrodarajada ko‘pdan bir-birlari bilan mos kelsada, lekin individual hollarda farqlanishi mumkin. SHuning uchun ko‘pchilik mamlakatlarda fond bozorini tartiblashtirishda vakolatli davlat organi va o‘zini o‘zi tartiblashtiruvchi tashkilotlar o‘rtasida javobgarlik ajratilib, lekin birgalikdagi tartiblashtirish mexanizmi qo‘llaniladi. Bunda davlat baribir ustuvor mavqega ega bo‘lib qoladi. Bu mexanizm amaliyotda ko‘proq samara berib kelmoqda.
Moliya bozorini davlat tomonidan tartiblashtirish shakllarini ikki katta guruhga ajratish mumkin:
 to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki administrativ tartiblashtirish;  bilvosita yoki iqtisodiy tartiblashtirish.
Masalan, qimmatli qog‘ozlar bozorining davlat boshqaruvi:

  • emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilulvraini (avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan chiqariluvlarning parametrlariga qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar), qimmatli qog‘ozlar emissiya risolasini ro‘yhatdan o‘tkazish, hamda emitentlarning ularda nazarda tutilgan shartlar va majburiyatlarga rioya qilishlari ustidan nazoratni amalga oshirish;

  • qonun hujjatlariga muvofiq qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risidagi axborot emitentlar va qimmatli qog‘ozlar bozori qatnashchilari tomonidan ma’lum qilinishini ta’minlash;

  • mutaxassislarni attestatsiyalash, professional ishtirokchilar faoliyatini litsenziyalash va nazorat qilish;

  • investorlar hamda qimmatli qog‘ozlar bozorining boshqa ishtirokchilari bergan shikoyatlarni ko‘rib chiqish va qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari bajarishi majburiy bo‘lgan xulosalar chiqarish, ko‘rsatmalar berish;

  • qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qimmatli qog‘ozlar bozorining qatnashchilari faoliyati ustidan nazorat qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Qimmatli qog‘ozlar bozorini davlat tomonidan tartibga solish qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Moliya bozorini iqtisodiy tartiblashtirish davlat tomonidan quyidagi iqtisodiy richaglar va kapitallar yordamida amalga oshiriladi:

  • soliqqa tortish tizimi (soliqlar turi va stavkalari, ular bo‘yicha imtiyozlar);

  • kredit-pul siyosati;

  • davlat kapitallari (davlat byudjetit, byudjetdan tashqari fondlar, moliyaviy resurslar va h.k.);

  • davlat mulki va resurslari (davlat kompaniyalari, tabiiy resurslar va erlar).

Vakolatli davlat tartiblashtirish organlari tomonidan uyg‘unlikda tartiblashtirishning funksional va institutsional usullari amalga oshiriladi.
Institutsional usul moliya institutlarining mavqei va moliyaviy holatini hamda moliyaviy faoliyatini boshqarish sifatini muvofiqlashtiradi. Bunda moliyaviy institutlarga nisbatan iqtisodiy talablar qo‘yiladi, aktiv va passivlari tuzilmasi muvofiqlashtiriladi, iqtisodiy nochorlikka olib kelishi mumkin bo‘lgan riskli operatsiyalarda ishtirok etishi cheklanadi yoki ma’n etiladi.
Institutsional tartiblashtirish usuli banklar va sug‘urta tashkilotlari hamda investitsiya institutlari va emitentlar faoliyatini tartiblashtirishning asosi hisoblanadi.
Tartiblashtirishning funksional usuli moliyaviy instrumentlar bilan bog‘liq operatsiyalarni sodir etilishi uchun tegishli tartib-qoidalar, standartlar, etik me’yorlarni o‘rnatadi. Etik normalarni asosan o‘zini o‘zi tartiblashtiruvchi tashkilotlar amaliyotga kiritadi.



Yüklə 488,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə