Fotorezistor tavsifini tadqiq etish



Yüklə 38,73 Kb.
səhifə3/4
tarix28.11.2023
ölçüsü38,73 Kb.
#135418
1   2   3   4
1-Lab

Spektral tavsif fotorezistor materiali va unga kiritilgan kirishma bilan aniqlanadi. 1, d,e – rasmda CdS, CdSe, CdTe materiali asosida tayyorlangan fotorezistorning spektral tavsifi keltirilgan. Spektral tavsifi ko‘rinishidan, ayrim turdagi fotorezistorlar uchun “nur tarqatgich –foto qabul qilgich” juftligini sinchkovlik bilan tanlash kerakligi kelib chiqadi.
Chegaraviy chastota – yorug‘lik oqimini modellashtiruvchi sinusoidal signalning chastotasi fcheg bo‘lib, unda fotorezistor sezgirligi modullashtirilmagan oqimdagi (fcheg≈103…105 Gs) sezgirlik bilan taqqoslaganda marta kamayadi.

2–rasm. Kirish signali (a), o‘tish (b) va harorat (d) tavsifi hamda uning shartli belgilanishi (d)
Ayrim hollarda fotorezistorlarning chastotaviy xossalari 2, a, b – rasmda, yuqori (egri chiziq 1) va past (egri chiziq 2) qorong‘ulik o‘tkazuvchanligiga ega bo‘lgan yarimo‘tkazgichlar uchun keltirilgan o‘tish tavsifi bilan tavsiflanadi.
Fototokning harorat koeffitsiyenti fotorezistor parametrining harorat o‘zgarishi bilan o‘zgarishini tavsiflaydi:
(11)
Sanoatda ishlab chiqarilgan fotorezistorlarda αt≈–103…10-4 grad-1. Ba’zida atrof muhitning harorati o‘zgarganda qarshilikning nisbiy o‘zgarishini tasvirlovchi fotorezistorning harorat tavsifi ishlatiladi.
Ostonaviy oqim – fotorezistorni o‘zining xususiy shovqin fonida aniqlashi mumkin bo‘lgan oq oqimning minimal qiymati. oq o‘rtacha kvadrat sinusoidal – modullashtirilgan yorug‘lik oqimi sifatida aniqlanib, uning ta’sirida o‘rtacha kvadratik chiqish elektr signali fotorezistor shovqinining o‘rtacha kvadratik qiymatiga teng bo‘ladi.
3–rasmda fotorezistorning amaliy qo‘llanilishi keltirilgan. Mazkur sxemada A nuqtadagi potensial (3, a – rasm uchun) va (5.32, b – rasm uchun) ifodaga muvofiq o‘zgaradi. 3, a – rasmda fotorezistorga yorug‘lik tushishi bilan A nuqtadagi potensial oshib boradi. 3, b – rasmda esa aksincha potensial kamayib boradi. Demak tanlanayotgan R va Rsez qiymatlari chiqish kuchlanishiga ta’sir qiladi. 3, a – rasmda R ning qiymati katta bo‘lsa, chiqish kuchlanishi ham katta bo‘ladi. Biroq nisbiy sezgirlik yaxshi bo‘lmaydi. 3, b – rasmda R ning qiymati katta bo‘lsa, chiqish kuchlanishi kichik bo‘ladi. Biroq nisbiy sezgirlik yaxshi bo‘ladi.

3– rasm. Fotorezistorning ulanish sxemasi
Yaxshi sezgirlikni va katta chiqish kuchlanishini olish uchun fotorezistor operatsion kuchaytirgich bilan birgalikda ishlatiladi. Bu bilan yuqorida keltirilgan muammo bartaraf qilinadi.

Yüklə 38,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə