Foydalanilgan adabiyotlar gimnastika snaryadlari


KUP KOMPLEKTLI GIMNASTIKA SNARYADLARI



Yüklə 79,5 Kb.
səhifə2/2
tarix26.10.2023
ölçüsü79,5 Kb.
#132077
1   2
GIMNASTIKA DARSINI O’TKAZISH TALABLARI

3. KUP KOMPLEKTLI GIMNASTIKA SNARYADLARI

Bunday snaryadlarning konstruksiyasi quyidagi talablarga javob beradigan bo‘lishi kerak: a) snaryad konstruksiyasi gruppa bo‘lib mashq qilishga imkon beradigan bo‘lishi kerak; b) o‘lchamla­ri shug‘ullanuvchilarning yosh xususiyatlariga mos bo‘lishi kerak; v) snaryadlar sodda yasaladigan, ishonchli, tez o‘rnatishga qulay bo‘lishi kerak.


1. Bolalarning uni­versal gimnastika sna­ryadi. Uning ishlatiladigan qismi —g‘iloflangan, los arqon.
2. Uzun yoki kup komplektli turnik. Uni istalgan balandlikda o‘rnatsa bo‘ladi. Uzi tirgovuchlarga o‘rnatib qo‘­yilgan bir qancha temir tayoqlardan iborat bo‘­ladi.
3. Uzun bruslar (past yoki balandligi har xil). Tirgovuchlar­ga o‘rnatilgan bo‘ladi.
4.Uzun gimnastika koni. Kigiz yoki dermatin qoplangan yog‘och karkasdan iborat bo‘ladi.
5. Ko‘p komplektli halqalar konstruksiyasi.
6. Tayanib sakrash moslamalari.
INVENTARLAR
Gimnastika tayoqchalari diametri 25—30 sm bo‘lib, undan mashg‘ulotlarda erkaklar ham (100 sm), ayollar ham (100 sm), bolalar ham (90 sm) foydalanadilar.
3. SNARYADLARDA BAJARILADIGAN MASHQLARNING TERMINLARI

Tutish — snaryadni ushlash usuli. Tutishning quyidagi turlari bor: ustdan tutish, ostdan tutish, turlicha tutish, teokari tutish, chalishtirma tutish, keng tutish, tor tutish, jips tutish, chuqur tutish. Tutish so‘zi qisqartirish qoidasiga binoai odatda tushirib qoldiriladi.


Osilish — snaryadda shug‘ullanuvchining yelkalari tutish nuqtasidan past bo‘lgan holat. Osilishning quyidagi turlari bor: oddiy osilishlar — bunda snaryadni gavdaning qaysidir bir qismi bilan (ko‘pincha qo‘l bilan) tutiladi; aralash osilishlar bun­da gavdaning yana biron qismidan (oyoqdan, "oyoqlardan va hokazolardan) qo‘shimcha tayanish uchun foydalaniladi.
Oddiy osilish: osilish, qo‘llarni bukib osilish, bukilib osilish, kerishib osilish va hokazo.
Aralash ooilish: cho‘qqayib osilish turgancha bu­kilib osilish, yotib osilish, turib osi­lish. Boshqa holatlar aniqlik kiritib bayon qilinadi. Masalan, bukik oyoqlarda osilish.
Tayanish — shug‘ullanuvchining yelkalari tayanch nuqtasidan yuqo-rida bo‘lgan holat. Tayanishlar oddiy va ara­lash bo‘ladi.
. Tayanishdagi o‘z-o‘zidan tushunarli holatlarda bir-gina «burchak» so‘zinipg o‘zi kifoya qiladi. Masalan (bruslarda), orqaga siltanib ko‘tarilish — oldinga siltanib burchak yoki o‘ng oyoqni (o‘ng tomondagi) yog‘och ustidan o‘tkazib burchak hosil qilish va hokazo: oyoqlarni tashqariga kerib tayanish va hokazo.
Aralash tayanishlar: o‘ng oyoqda cho‘qqayib tayanib, chap oyoqni or­qaga uzatish yoki orqaga uzatib uchini qo‘yish, bukik qo‘llarga tayanib yotib, chap oyoqni orqaga uzatish, oyoq­larni kerib turib tayanish va hokazo.
O‘tirish—snaryadda o‘tirgan holat. Utirishning quyidagi turlari bor: bruslarda oyoqlarni kerib o‘tirish, sonda o‘tirish va hokazo.
Snaryadlarda bajariladigan mashqlarning boshlanishini qu­yidagi terminlar bilan ta’riflash qabul qilingan: sakrab, yugurib kelib, osilib turib, tayanib turib, qo‘llarda tayanib turib va hokazo. Ayrim hollarda ixchamlashtirish maqsadida bevosita boshlang‘ich harakatning (birinchi elementning) nomi aytilaveradi. Masalan, tebranib turish (turnikda) va gavdani rostlab ko‘tari­lish orqaga aylanish va hokazo.
Ko‘tarilish — osilib turishdan tayanishga yoki pastroq tayanishdan yuqoriroq tayanishga o‘tish. (Harakatni boshni oldanga qaratgan holda bajariladi.) Ko‘tarilishning quyidagi turlari bor: galma-gal kuchanib ko‘tarilish, kuchanib ko‘tarilish, bir oyoqni silkitib to‘ntarilib ko‘tarilish siltanib to‘ntarilib ko‘tarilish, kuchanib to‘ntarilib ko‘ta­rilish, o‘ng (chap) oyoqda ko‘tarilish ikkala oyoqda ko‘tarilish, gavdani rostlab ko‘tarilish va hokazo.
Pastga tashlanish — ko‘tarilishga teskari harakat. Asta-sekin tashlanishni pastga tushish deb aytish qabul qilingan.
Aylanish— gimnastikachining tayanishdan boshlanib, snaryad (turnik, yog‘och va hokazo) o‘qi atrofid'a aylanma harakatlanishi. Aylanishning quyidagi turlari bor: oyoqlarni kerib tayanishdan oldinga (orqata) aylanish, tayanishdan oldinga yoki, orqaga ayla­nish, katta aylanish. Burilish — gavdaning vertikal o‘q atrofida harakatlanishi. Burilishning quyidagi turlari bor: oldinga siltanib burilish, orqaga siltanib burilish, oyog‘ini osmonga qilib turi?b burilish va hokazo.
Oyoqni osmonga qilib turish — gimnastikami tanasining biron qismiga tayanib, oyoqlarini yuqoriga uzatgan vertikal holat. Bunday turishning quyidagi turlari bor: yelkada, qo‘llarda, bir qo‘lda va hokazo. Uni ijro etish usullari: kuchanib, siltanib, bukilib, kerishib va hokazo.
Tebranish — aylanish o‘qiga nisbatan erkin harakatlanish: Ijro usullari: kuchanib, bukilib, sakrab. Bir necha bor siltanish — tebranish deyiladi.
Yoysimon tebranish — tayanishdan yoysimon harakat qilib osilishga o‘tish.
Uchish—bu shug‘ullanuvchining snaryad (odatda halqa). bilan birgalikda bir marta tebranma harakat qilishidir. Bir necha bor uchish uchib turish deyiladi.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI

Kerimov F.A. Sport soxasidagi ilmiy tadqiqotlar. – T.: Zar qalam, 2004. – 334 b.


Salamov R.S. Sport mashg‘ulotlarini nazariy asoslari. –Toshkent: O‘zDJTI, 2005. – 238 s.
Umarov D.X. Dastlabki tayyorgarlik bosqichida yosh gimnastikachilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish texnologiyasi // Fan-sportga. - T., 2007. -№2. - B.10-14.
Eshtayev A.K. Gimnastika darsi: O‘quv qo‘llanma. - T.: 2004. -120 b.
Yüklə 79,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə