Foydalanish tahlili


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 263,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix26.05.2023
ölçüsü263,92 Kb.
#112912
1   2   3   4   5   6   7
o-zbek-va-ingliz-adabiyotida-metaforalarning-foydalanish-tahlili

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784 
www.oriens.uz 
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 
3(4), April, 2023 
93 
tushiriladi, lekin u kontekstdan sezilib turadi, demak, metaforada tasvirlanayotgan 
predmet ana shu ikkinchi a’zo orqali idrok qilinadi”
4

Ular og’zaki nutqdan ko’ra, she’riyatda, umuman adabiyotda ko’proq ishlatiladi. 
Bu esa o’quvchiga ma’noni chiroyliroq va ta’sirchanroq yetkazib berishga xizmat 
qiladi.Metafora yozuvchining ijodiy mahsuli hisoblanadi.Shuning uchun uning 
she’riyatdagi o’rni beqiyosdir. Ayniqsa, o’zbek she’riyatida Abdulla Oripov - 
she’rlarida eng ko’p metafora ishlatgan shoirdir. Birgina misol tariqasida shoirning 
“Saraton” she’rini olish mumkin
5

Ko’rdimku manglaying ter bilan qotib
Berahm otashga berganingda tob. 
Ko’rdim-ku tepangda o’zim yo’qotib, 
Hayratdan lol qotib qolganin oftob. 
Ushbu she’rda “berahm otash” hamda “lol qotmoq” ya’ni quyoshning lol qolishi 
metafora hisoblanadi. Demak, olov, otashning jonsizligi va unda rahmlilik xususiyati 
yo’qligi sababli shoir bunda jonlantirishdan foydalangan va metafora vujudga kelgan. 
Bundan tashqari, oftob ham jonsiz, ya’ni lol qolish quyoshga xos emasligi sababli uni 
metafora deb atash mumkin. Bundan tashqari, “Yuzma-yuz”, “O’zbekiston” hamda 
“Muallimlarga” singari she’rlarida ham shoir metaforaga ko’plab murojaat qilgan. 
O’zbek she’riyatida so’zlarning ko’chma ma’noda qo’llanilish Usmon Azim 
she’rlarida ham uchrab turadi. 
Masalan: Men ko’cha kezaman, yog’a boshlar qor 
Oppoq qo’lchalarin yelkamga tashlab
6

Ushbu she’rda “qo’lchalarin yelkamga tashlab” iborasi metaforani vujudga 
keltiradi. Chunki, yog’ayotgan qorning jonsizligi va uning qo’llari mavjud emasligi 
sabab bo’ladi. 
She’riyatda metaforaning qo’llanishi nafaqat o’zbek tilida ingliz tilida ham keng 
qo’llaniladi va ingliz adabiyotida John Donne o’zbek adabiyotidagi Abdulla Oripov 
singari metaforadan eng ko’p qo’llangan shoir hisoblanadi. Misol tariqasida uning 
“The Sun Rising” she’rini tahlil qilish mumkin. 
She’s all states, and all princes, I, 
Nothing else is. 
Princes do but play us, compared to this, 
All honor’s mimic, all wealth alchemy
7

4
Qo’ng’urov P.,O’zbek tilining tasviriy vositalari,T.,1977 
5
Sayt.www.uzbaza.uz 
6
Sayt.tafakkur.net 
7
Poetryfoundation.org



Yüklə 263,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə