Foydalanish tahlili


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 263,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix26.05.2023
ölçüsü263,92 Kb.
#112912
1   2   3   4   5   6   7
o-zbek-va-ingliz-adabiyotida-metaforalarning-foydalanish-tahlili

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784 
www.oriens.uz 
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 
3(4), April, 2023 
92 
yozuvchi yoki shoirga o’zining his-tuyg’ularini bayon etishga va asarni ma’noli 
hamda chiroyli yetkazib berishga yordam bersa, ikkinchi tomondan o’quvchiga 
keltirilgan asarni osonroq tushunish, tasavvur qilish yoki ularni o’zida his qilib xulosa 
chiqarishga yordam beradi. Bundan ko’rinib turibdiki, metaforaning she’riyatdagi, 
umuman badiiy ijoddagi o’rni beqiyosdir.
MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Metafora so’zining morfologik va sintaktik xususiyatlari: 
Grek tilidan kirib kelgan bo’lib, so’z yoki iborani o’xshashlik yoki o’xshatishga 
asoslangan ko’chma ma’noda ishlatish va shunday ma’noda ishlatilgan so’z yoki 
ibora, istiora yoki majozdir
2
(“quloq” so’zining qozonning qulog’i ma’nosida
ishlatilishi metaforaga yaqqol misol bo’la oladi). 
A.Potebnya “Metafora qisqargan o’xshatishdir” deb ta’riflaydi. O’xshatishga 
xos bo’lgan, “aynan”, “kabi”, “xuddi” singari so’zlar ishtiroki mataforani yuzaga 
keltiradi. Biroq, metaforalar yuqorida ta’kidlangan so’zlar ishtirokisiz ham hosil 
bo’lishi mumkin. 
Masalan, “ochiq ko’ngil” birikmasi ham metafora. Sababi, ushbu birikma 
“mehribon”, “g’amxo’r” ma’nolarini bidirmoqda. Lekin, ko’rinib turibdiki ko’chma 
ma’nodagi birikma “kabi”, “xuddi” singari so’zlar ishtirokisiz yasalgan. 
John Stephen metaforaga quyidagicha ta’rif bergan: 
Metafora - biror narsa yoki harakatni tushuntirish maqsadida ma’lum bir boshqa 
obyekt xususiyatidan foydalanadigan adabiy tushuncha
3

Masalan: “sochingiz ertalab quyoshidir”. Ushbu gapda sochni rangi tillarang 
bo’lgani sababli, muallif uni to’g’ridan to’g’ri emas, balki quyoshga o’xshatib 
tasvirlaydi. Bundan tashqari, buyuk faylasuf Arastu
 
o’zining mashhur “Poetika” 
asarida, “Ko’chma so’z (metafora) – narsaga xos bo’lmagan, jinsdan turga yoki 
turdan jinsga,yoxud turdan turga ko’chirilgan o’xshatilgan so’zdir”- deb ta’riflaydi. 
Metaforada gap so’zma-so’z tarjima qilinmaydi.Taqqoslash yordamida g’oyani 
anglab olish mumkin. 
R.Qo’ng’urov “O’zbek tilining tasviriy vositalari” kitobida shunday deb yozgan: 
“Metaforani yashirin o’xshatish deyish mumkin. Ammo u oddiy qiyosdan farq qiladi. 
Agar oddiy qiyos ham doim asosiy ikki a’zodan tashkil topsa (ya’ni nima qiyos 
qilanadi, nima bilan qiyos qilinadi – qiyos qilinuvchi va qiyos qilinadigan predmet), 
metaforada faqat ikkinchi a’zo – o’xshatilgan narsa qoladi, o’xshagan narsa 
2
Aristotel.Ritorika.Poetika-M.:Labirint,2000,-C.128
3
O’zbek tili stilistikasi.T.:O’qituvchi,1983,-B.246 



Yüklə 263,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə