Fuqarolik holati dalolatn omalarini


Oradan bir necha yil o ‘tgach, u kasallik oqibatida vafot etdi



Yüklə 2,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/62
tarix05.10.2023
ölçüsü2,69 Mb.
#125441
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   62
Oradan bir necha yil o ‘tgach, u kasallik oqibatida vafot etdi.
Uning Toshkent shahrida yashayotgan ota-onasi uylarini sotish 
niyatida notariusga murojaat etganlarida, notarius boshqa zarur hujjatlar 
bilan birga uyda ro‘yxatda turgan hamma voyaga yetgan shaxslarning 
yozma roziligini talab qildi. Otasi K.ning vafot etganligini aytganda, 
notarius o ‘lim to ‘g‘risidagi guvohnomani talab qildi. Otada bunday 
guvohnoma bo'lmaganligi uchun o ‘zi yashab turgan joydagi FHDYo 
bo'limiga murojaat qildi. FHDYo bo'limi takroriy guvohnoma olish 
uchun o‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvi saqlanayotgan FHDYo 
bo'limiga murojaat etish kerakligini aytib, arizani qanoatlantirmadi.
FHDYo bo‘limi xodimining harakatlarini izohlang.
5- masala:
0 ‘zaro nikohda bo‘lmagan D. Salimov va T. Asilovalar o‘rtasida 
farzand tug‘ildi. Uning tug'ilishini qayd etish uchun FHDYo bo'limiga 
kelgan Salimov bir yo‘la bolaga nisbatan otalikni belgilashni iltimos 
qildi. FHDYo bo‘limi xodimi tug‘ilishni qayd etish uchun alohida
otalikni belgilash uchun alohida davlat boji to‘lashni talab qildi.
FHDYo organi xodimi to‘g‘ri harakat qilganmi? Uning harakatlarini 
izohlang.
6- masala:
A. ismli qiz D. ismli yigit bilan uchrashib ahd-u paymon qilib yurishdi. 
Ularning munosabatlari chuqurlashib, A. homilador bo‘lib qoldi.
D. ota-onasining yoniga borib sharoitni tushuntirishini va sovchi 
yuborishini aytib ketganicha qaytib kelmadi.
Vaqti kelib A. farzandli bo'ldi.
Savol: 
Bolaning tug'ilishi FHDYo organlarida qayd etilganda, ota 
to ‘g‘risidagi ma’lumotIar nima asosda yoziladi? Tug‘ilish to‘g‘risidagi 
guvohnomaning «otasi» bandiga nima yoziladi?
7- masala:
Sa'dullayevlar oilasida 1999-yili farzand tug'ildi. O ta-otaning 
loqaydligi tufayli tug‘ilish o‘z vaqtida qayd etilmadi. Bola yetti yoshga 
to'lganda, uni maktabga joylashtirish uchun tug'ilganlik haqidagi 
guvohnomasi talab qilindi. Shundagina ota-ona bolaga guvohnoma 
olishlari kerakligini eslashdi va FHDYo bo'limiga murojaat etishdi. 
FHDYo bo‘limi tug‘ilishni qayd etish muddati qonunda bir oy deb 
belgilanganligini asos qilib, Sa'dullayevlardan eng kam oylik ish haqining 
ikki baravari miqdorida jarima to'lashlari kerakligini, endi tug‘ilishni 
oddiy tartibda qayd etib bo'lmasligini, tug‘ilish to‘g‘risidagi yo'qolgan
86
www.ziyouz.com kutubxonasi


yozuvlarni tiklash tartibida qayd etilishini tushuntirdi va yo‘qolgan 
yozuvni tiklash uchun kerak bo‘ladigan hujjatlarni talab qildi.
FHDYo bo'limi xodimining talabi haqlimi? Uning xatti-harakatlarini 
izohlang.
8- masala:
S. 
qonuniy nikohda boMishiga qaramay, B. ismli ayol bilan uchrashib 
yurdi. Ularning o‘rtasida farzand tug'ildi. S. bolaning tug‘ilishini qayd 
etish vaqtida otalikni belgilashni so‘radi. FHDYo organi xodimi S.ning 
qonuniy nikohdagi xotini K.ning bolaga nisbatan otalikni belgilash uchun 
yozma roziligini talab qildi.
FHDYo organi xodimi to‘g‘ri harakat qilganmi? Uning harakatlarini 
izohlang.
9- masala:
0 ‘zbekiston Respublikasi fuqarosi F. ismli ayol Birlashgan Arab 
Amirliklari fuqarosi A. bilan nikoh tuzish haqida Toshkent shahridagi 
nikoh uylaridan biriga murojat qildilar. Nikoh uyi xodimi nikoh 
tuzuvchilarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari va hujjatning 
kseronusxalarini talab qilib oldi va belgilangan muddatda ularning 
nikohini qayd etdi.
Nikoh uyi xodimi qanday xatolikka yo‘l qo‘ydi?
10- masala:
Fuqaro A. va S. FHDYo bo‘limiga nikoh tuzish haqida ariza bilan 
murojaat qilishdi. FHDYo bo'limi xodimi ularga nikoh ariza berilgan 
kundan boshlab bir oydan keyin qayd etilishini tushuntirdi va tibbiy 
ko‘rikdan o‘tish uchun yo'llanma berdi. A. va S. tibbiy ko'rikdan 
o'tishdan bosh tortishdi. Sabab qilib ular opa-singilning bolalari, ya’ni 
xolavachcha bo‘lganliklari uchun bir-birlarini juda yaxshi bilishlari va 
sog‘ligidan o‘zaro xabardor ekanliklarini ko‘rsatdilar.
Savol: 1. Opa-singillaming bolalari o'rtasida nikoh tuzish mumkinmi?
2. N ik o h la n u v c h i sh a x sla rn i tib b iy k o ‘rik d a n o 'tk a z is h
nikohlanuvchilarning roziligi bilan amalga oshiriladimi?
3. Nikohlanuvchi shaxslami tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish hajmi va tartibi 
qaysi organ tomonidan belgilanadi?
11- masala:
Fuqaro T. sodir qilgan jinoyati uchun 5-yil muddatga ozodlikdan 
mahrum qilindi. Oradan ikki yil o'tgach, uning xotini S. yashash joyi 
bo'yicha FHDYo bo‘limiga nikohdan ajralish haqida ariza bilan murojaat
87
www.ziyouz.com kutubxonasi


qildi. FHDYo bo‘limi xodimi undan shaxsini tasdiqlovchi hujjatini, 
nikoh guvohnomasini va erining ozodlikdan mahrum qilish haqidagi 
sudning qonuniy kuchga kirgan hukmidan nusxasini talab qildi. Bu 
hujjatlar taqdim qilingach, nikohdan ajralish haqida dalolatnoma yozuvi 
tuzildi va S. ga ajralish haqidagi guvohnoma berildi.
FHDYo bo‘limi xodimining harakatlari to‘g‘rimi? Bu holatni Oila 
kodeksining tegishli moddalariga asoslangan holda izoh bering.
12- masala:
Bolani farzandlikka oluvchilaming iltimosiga ko‘ra tuman hokimining 
farzandlikka olish haqidagi qarorida bolaning tug‘ilgan joyini o ‘zgartirish 
haqida ko‘rsatma berildi, ya’ni Samarqand shahrida tug‘ilgan bolaning 
tug‘ilgan joyini Toshkent shahri deb ko‘rsatilishi talab qilindi.
Savol: 1. Farzandlikka olingan bolaning tug‘ilgan joyini o ‘zgartirish 
mumkinmi?
2. Agar mumkin bo‘lsa, bunday holat qanday rasmiylashtiriladi?
13- masala:
34 yoshli fuqaro Qo‘ng‘irov familiyasining xunuk talaffuz etilishini 
asos qilib ko'rsatib, FHDYo bo‘limiga familiyasini o‘zgartirish haqida 
murojaat qildi. FHDYo bo‘limi xodimi undan ish joyidan, tuman 
mudofaa bo‘limidan uning familiyasini o‘zgartirishiga qarshi emasliklari 
haqida ma'lumotnoma va xotinining notarial tartibda tasdiqlangan 
yozma roziligini taqdim etishini talab qildi.
Savol: FHDYo bo‘limi xodimining talabi haqlimi? Familiya, ism 
yoki ota ismini o‘zgartirish uchun murojaat etgan fuqarodan qanday 
hujjatlar talab qilinishi kerak?
14- masala:
Fuqaro S. bir yildan ortiq qayerdaligi ma'lum bo‘lmaganligi uchun 
sud tartibida bedarak yo‘qolgan deb topildi. Uning xotini K. FHDYo 
organiga eri bilan nikohdan ajralishni rasmiylashtirish uchun murojaat 
etdi. FHDYo organi tegishli hujjatlar asosida nikohdan ajralish haqidagi 
dalolatnoma yozuvini qayd etib, K.ga nikohdan ajralish haqidagi 
guvohnomani berdi.
Oradan ma'lum vaqt o'tgach, S. qaytib keldi va sobiq xotini bilan 
nikohini tiklash maqsadida ular FHDYo organiga murojaat etishdi.
Savol: FHDYo organi qaysi yozuvni bekor qilishi kerak va qanday 
tartibda?
88
www.ziyouz.com kutubxonasi


15- masala:
Er-xotin Kenjayevlar 6 yil turmush qurishdi. Kenjayevning bolalikda 
kechirgan og‘ir kasalligi tufayli u farzandli bo‘la olmasligi ma'lum bo‘ldi. 
Er-xotin o‘zaro kelishib, sun'iy homila hosil qilish yo‘li bilan farzandli 
bo'lishga qaror qilishdi. Homila yaxshi rivojlanib kelayotgan bir vaqtda, 
sirdan xabardor bo'lgan Kenjayevning onasi bunday usul bilan tug'ilgan 
bolani qabul qilmasligini aytdi.
Vaqti kelib bola tug‘ildi. Kenjayev bolani tan olmadi va tug'ilishni 
qayd etish vaqtida o‘zini bolaning otasi sifatida yozilishiga qarshilik ko‘rsatdi.
Bunday holatda FHDYo organi xodimi qanday harakat qilishi kerak? 
0 ‘z.R. Oila kodeksining tegishli moddasi asosida izohlang.
16- masala:
Fuqaro Ashurov va Turdimatova bir oila bo‘lib yashay boshladilar, 
lekin nikohlarini qonuniy rasmiylashtirish uchun FHDYo organiga 
murojaat etmadilar. Ular o‘rtasida farzand tug'ildi.
Bolaning tug'ilishini qayd etish uchun ular FHDYo organiga qanday 
hujjatlarni taqdim etishlari kerak? Nikoh tuzilganligi to ‘g ‘risidagi 
guvohnoma taqdim etilmasa ham tug‘ilish qayd etilishi mumkinmi?
17- masala:
Fuqaro Ahmedov N. tungi smenadan qaytayotib, yo‘l chekkasidagi 
daraxt tagida yotgan chaqaloqni ko‘rib qoldi. U bir oz o'ylanib turdi, 
keyin bolani ko'tarib uyiga keldi. Er-xotin maslahatlashib bolani o‘zlari 
boqib olishga qaror qilishdi. Oradan bir oy vaqt o'tgach, bolaga tug'ilganlik 
haqida guvohnoma olish uchun tuman FHDYo bo'limiga murojaat 
qilishdi. Ular FHDYo bo'limiga pasportlari va nikoh guvohnomalarini 
taqdim etdilar. FHDYo bo‘limi tug‘ilishni qayd etishni rad qildi.
Savol: FHDYo bo‘limining harakatlari to ‘g‘rimi? Topib olingan 
bolaning tug‘ilishi qanday qayd etiladi? Ahmedovlar bolani farzandlikka 
olmoqchi bo'lsalar qaysi organga.-murojat qilishlari kerak?
18- masala:
43 yoshli fuqaro Eshmatov Pardaboy ismini o‘zgartirish haqida 
FHDYo organiga murojaat etdi. U maxsus shakldagi ariza blankasini 
to‘ldirib o‘zi haqidagi ma'lumotlarni, shu jumladan nikoh tuzganligi, 
19, 15, va llyoshli farzandlari borligini ko'rsatdi. FHDYo organi 
uning iltimosini qanoatlantirib, ismini u tanlagan ismga o'zgartirish 
haqida xulosa tayyorladi. Xulosa asosida Eshmatovning tug‘ilganlik 
haqidagi dalolatnoma yozuviga o'zgartirish kiritildi va shu asosda y^ngi 
guvohnoma yozib berildi.
89
www.ziyouz.com kutubxonasi


FHDYo organi yana qaysi dalolatnoma yozuvlariga o ‘zgartirish 
kiritishi kerak?
19- masala:
Turdiyev F. va Turdiyeva S. lar 22 yil turmush qurishdi. Ikkita 
farzandli bo‘lishdi. Oxiigi yillarda ulaming murosalari kelishmay, oiladan 
tinchlik yo‘qolgan edi. Ular bir necha bor nikohdan ajralishga qaror 
qilishar, o ‘rtadagi bolalaming taqdirini o‘ylab yana yarashib ketishar 
edi. Oradan yillar o‘tib, bolalar voyaga yetishdi. Oilani saqlab qolishning 
boshqa imkoniyati qolmadi deb hisoblagan Turdiyevlar FHDYo 
bo‘limiga nikohdan ajralish haqida birgalikda ariza berdilar. Ularning 
o‘rtasida voyaga yetmagan bolalari va mulkiy nizolari bo‘lmaganligi 
sababli FHDYo bo‘limi arizani qabul qildi va nikohdan ajralishni qayd 
etish uchun 3 oylik muddat belgiladi.
Oradan 20 kun o'tgach, Turdiyev FHDYo bo'limi mudiriga murojaat 
qilib, 2 yilga xorijiy davlatga xizmat safariga ketayotganligi uchun 
nikohdan ajralishni qayd etish muddatini qisqartirishni so‘radi va ish 
jo y id a n xizm at safarig a j o ‘n a tila y o tg a n lig in i ta sd iq lo v c h i 
ma'lumotnomani taqdim qildi. FHDYo bo'limi mudiri Turdiyevning 
iltimosini qanoatlantirib, er-xotin ishtirokida nikohdan ajralishni qayd 
etdi va ularning har biriga nikohdan ajralganlik to‘g‘risidagi guvohnomani 
taqdim etdi.
Savol: FHDYo bo'limi mudiri to‘g‘ri harakat qilganmi?
20- masala:
S. ismli yigit T. ismli qiz bilan uchrashib yurgan. Qiz undan 
homiladorligini eshitgach, u bilan munosabatlarini uzgan. Oradan vaqt 
o ‘tib, u bo‘lgan voqealarni tez-tez eslaydigan, zurriyoti haqida 
o‘ylaydigan bo‘lib qoldi. Oxiri bolaning onasi bilan uchrashib, bolaga 
o‘z familiyasini berishga qaror qildi.
T. 
ni izlab kelganda, u og‘ir kasallikdan vafot etganligini, bolasi buvisi 
qaramog‘ida ekanligini eshitdi.
Savol: Endi S. bolaga nisbatan otalikni belgilay oladimi? S. otalikni 
belgilash haqidagi ariza bilan qaysi oiganga murojaat qilishi mumkin?
90
www.ziyouz.com kutubxonasi



Yüklə 2,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə