Fuqarolik holati dalolatn omalarini



Yüklə 2,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/62
tarix05.10.2023
ölçüsü2,69 Mb.
#125441
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   62
Nazorat savollari:
1. Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari daftarlari qayerda saqlanadi?
2. Dalolatnoma yozuvlari daftarlari FHDYo arxivlarida qancha muddat
saqlanadi va bu muddat o ‘tganidan so‘ng nima qilinadi?
3. FHDYo arxivlari uchun ajratilgan xonalar qanday talablarga javob
berishi kerak?
4. FHDYo organlarida yuritiladigan xizmat hujjatlari qancha muddat
saqlanadi?
21-mavzu. FHDYO ORGANLARINING H ISO BO TI
FHDYo organlari tug‘ilish, o ‘lim, nikoh tuzish va nikohdan 
ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvlariga doir 97-shakl bo'yicha 
hisobotlarni har oyning 5-kunidan kechiktirmay Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Adliya vazirligiga, Toshkent shahar va viloyatlar adliya 
boshqarmalariga topshirishlari kerak.
Fuqarolarning o ‘zini o‘zi boshqarish mahalliy organlari tomonidan 
qayd etilgan dalolatnoma yozuvlarining har ikkala nusxasi 97-shakl 
bo‘yicha 2 nusxada tuzilgan hisobot bilan keyingi oyning 2-kunidan 
kechiktirmay FHDYo organiga topshiriladi. Hisobotning ikkinchi 
nusxasi o ‘zini o ‘zi boshqarish mahalliy organlarida saqlanadi.
FHDYo organlarida qayd etilgan dalolatnoma yozuvlarining ikkinchi 
nusxasiga tibbiy muassasalar tomonidan berilgan o‘lim to ‘g‘risidagi 
guvohnomalar ilova qilinadi.
Adliya boshqarmasi dalolatnoma yozuvlarining to‘g‘riligini tekshiradi
78
www.ziyouz.com kutubxonasi


va tekshirish paytida noto‘g‘ri yoki noaniq to ‘ldirilgan dalolatnoma 
yozuvlari aniqlanganda, ularni tegishli FHDYo organiga uch kun 
muddatda tuzatish uchun qaytaradi.
To‘g‘irlash uchun qaytarilgan dalolatnoma yozuvlari to ‘g‘risidagi 
ma'lumotlar vedomostdan o‘chirilmaydi.
Adliya boshqarmasi dalolatnoma yozuvlarini qayd etish uchun har 
oyning 10-kunidan kechiktirmay davlat statistika organiga topshiradi.
Davlat statistika organi o ‘tgan yilda topshirilgan dalolatnoma 
yozuvlarini keyingi yilning 1-iyulidan kechiktirmay viloyat FHDYo 
arxiviga topshirishi kerak.
97-shakldagi hisobot vedomosti to ‘rt nusxada tuziladi. Ulardan 
ikkitasi dalolatnom a yozuvlarining ikkinchi nusxasi bilan adliya 
boshqarmasiga, uchinchi nusxasi tuman, shahar davlat statistika organiga 
topshiriladi, to ‘rtinchisi esa FHDYo organida qoladi.
FHDYo organlari har chorakdan keyingi oyning 5-kunigacha adliya 
boshqarmasiga dalolatnoma yozuvlari bo‘yicha 22-shakldagi, gerbli 
guvohnomalar bo‘yicha esa 1-shakldagi birinchi chorak, yarim yillik, 9 
oylik va yillik hisobotlarni topshirishlari kerak.
22-shakldagi hisobotda quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
Tug‘ilganlikni qayd etish bo‘yicha — tug'ilishning umumiy soni; muddati 
o‘tkazib qayd etilgan dalolatnoma yozuvlari; o‘lik tug‘ilgan bolalar; o‘g‘il 
bolalar soni; qiz bolalar soni; yolg‘iz onadan tug‘ilgan bolalar soni;
Otalikni belgilash bo‘yicha — umumiy soni; sud qarori asosida 
otalikning belgilanishi;
Farzandlikka olish bo‘yicha — umumiy soni; chet el fuqarolari 
tomonidan farzandlikka olingan bolalar soni;
Nikohni qayd etish bo‘yicha — umumiy soni; nikohlanuvchilaming 
yoshini qisqartirib qayd etilgan nikohlar; chet el fuqarolari bilan tuzilgan 
nikohlar; sudning hal qiluv qarori bilan haqiqiy emas deb topilgan nikohlar;
Nikohdan ajralganlikni qayd etish bo'yicha — umumiy soni; sud 
qarori asosida bekor qilingan nikohlar; FHDYo bo‘limida er-xotinning 
birgalikdagi arizasi asosida nikohdan^ajralganlik; qo‘shimcha asoslar 
bilan nikohdan ajralish;
0 ‘limni qayd etish bo‘yicha — umumiy soni; 1 yoshgacha bo‘lgan 
bolalaming qayd etilgan o‘limi soni; muddati o‘tkazib va sudning qarori 
asosida qayd etilgan o‘lim soni;
Tiklangan dalolatnoma yozuvlarining soni;
Familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish soni;
Dalolatnoma yozuvlariga o'zgartirish kiritish bo‘yicha — ariza asosida; 
xulosa asosida; sud yoki tuman(shahar) hokimining qarori asosida 
kiritilgan o ‘zgartirishlar; 
,
79
www.ziyouz.com kutubxonasi



Yüklə 2,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə