Fuqarolik holati dalolatn omalarini


Arxiv xonalarining jihozlanishi



Yüklə 2,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/62
tarix05.10.2023
ölçüsü2,69 Mb.
#125441
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   62
20.2. Arxiv xonalarining jihozlanishi
FHDYo organlari arxivlarida dalolatnoma daftarlarini saqlash uchun 
zarur sharoitlami yaratish, dalolatnoma yozuvlarini daftar shaklida tikish 
uchun zarur mablag'lar bilan ta’minlash Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
Adliya vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar adliya boshqarmalariga 
yuklanadi.
FHDYo oiganlari arxivlari keluvchilar uchun xona, ish xonasi hamda 
dalolatnoma yozuvlari daftarlari saqlanadigan xonalarga ega bo‘Iishlari 
kerak. Dalolatnoma daftarlarini saqlash uchun ajratilgan xonalar tegishli 
talablarga javob berishi kerak.
Xona temir stellajlar yoki temir javonlar bilan jihozlanadi, uning 
eshiklari va derazalariga temir panjaralar oTnatiladi. Dalolatnoma 
daftarlari temir javonlarda xronologik tartibda, dalolatnoma yozuvlari 
turlari bo‘yicha har bir tuman, shahar, qishloq fuqarolar yig‘inlari 
bo‘yicha alohida taxlangan holda saqlanadi. Xonada mo'tadil havo, 
namlik saqlanishi lozim. Dalolatnoma daftarlari vaqti-vaqti bilan 
tekshirilib turiladi, nam bosgan, mog'orlagan daftarlar dezinfeksiya 
uchun maxsus laboratoriyalarga yuboriladi va javonlarga kimyoviy 
moddalar bilan ishlov beriladi.
Arxivga begona kishilaming kirishi, dalolatnoma yozuvlari bilan 
tanishishi, ulardan nusxalar, fotonusxalar olishi, ularga dalolatnoma 
daftarlarining berilishi qat'iyan man qilinadi. Arxiv xonalari ishdan 
tashqari vaqtda muhrlanib plombalanib qo‘yiladi. Muhr va plomba 
arxiv mudirida saqlanadi.
FHDYo arxividagi mavjud dalolatnoma yozuvlari raqamlanib, arxiv 
fondi daftariga kiritiladi.
20.3. FHDYo organlarida yuritiladigan hujjatlaraing saqlanish
muddatlari
«Olzbekiston Respublikasi FHDYo oiganlarida ish yuritish tartibi 
haqidagi Yo‘riqnoma»da belgilanishicha FHDYo oiganlarida hujjatlar 
quyida ko‘rsatiIgan muddatlar ichida saqlanadi:
— Dalolatnoma yozuvlarining barcha turlari, tug'ilganlik haqida tibbiy 
m a'lum otnom alar va oTim haqida tibbiy guvohnom alar, gerbli 
guvohnomalami kirim qilish daftarlari, gerbli guvohnomalarni sarflash 
daftarlari, alfavit daftarlari, arxiv fondi daftari — 75 yil davomida;
farzandlikka olish haqida hokim qarorlari va tug'ilganlik haqida 
guvohnomalar, otalikni belgilash haqida arizalar va bu haqda sud 
qarorlari, farzandlikka olish va otalikni belgilashni bekor qilish haqida 
sud qarorlari, tashlandiq bolalar hujjatlari — 50 yil davomida; 
i
77
www.ziyouz.com kutubxonasi


1, 
22, 97-shakl hisobotlari, taftish dalolatnom alari, buzilgan 
guvohnomalarni yo‘q qilish haqida dalolatnomalar, familiya, ism, ota 
ismini o‘zganrtirish bo‘yicha yig‘majildlar, dalolatnoma yozuvlariga 
o'zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritish, dalolatnoma yozuvlarini 
tiklash haqida yig'majildlar — 20 yil davomida;
nikohdan ajralish haqidagi ixtiyoriy arizalar va nikohni haqiqiy emas 
deb topish, er-xotindan birini muomalaga layoqatsiz deb topish haqida 
sud qarorlari va ozodlikdan mahrum qilish haqida sud hukmlari, yolg'iz 
onalar arizalari, takroriy guvohnomalar berish haqida arizalar — 10 yil 
davomida;
qayd etilgan nikohlar arizalari, aloqa xatlari, so‘rovnomalar, 
xabarnomalar — 5 yil davomida;
nikohga kirish haqidagi vaqtida qayd etilmagan arizalar - 4 oy 
davomida;
nikohdan ajralish haqidagi vaqtida qayd etilmagan arizalar — 6 oy 
davomida saqlanadi.

Yüklə 2,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə