Fuqarolik holati dalolatn omalarini


Gerbli guvohnomalarning sarflanishini hisobga olish



Yüklə 2,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/62
tarix05.10.2023
ölçüsü2,69 Mb.
#125441
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   62
19.2. Gerbli guvohnomalarning sarflanishini hisobga olish
FHDYo boMimlari tomonidan qabul qilib olingan guvohnoma blankalari 
guvohnomalami kirim qilish daftariga guvohnomalaming turi, seriyasi, 
raqami, soni va qabul qilingan sanasi ko'rsatilgan holda kirim qilinadi.
FHDYo organlarida guvohnomalarni sarflash daftarlari guvohno- 
malaming har bir turi bo‘yicha alohida yuritiladi. Gerbli guvohnomalami 
hisobga olish daftarlari tikilib, raqam lanib, adliya boshqarmasi 
boshlig'ining FHDYo organlariga rahbarlik qiluvchi muovinlari 
tomonidan, qishloq fuqarolar yig‘inlarining sarflash daftariari esa tegishli 
FHDYo bo'limi mudiri tomonidan imzolanib, sanasi koTsatilgan holda 
muhrlanishi shart.
0 ‘tgan yilning yillik hisobotidan ortib qolgan gerbli guvohnomalar 
sarfi sarflash daftarida joriy yilning 1-yanvarida 1-tartib raqamidan 
boshlab olib boriladi. 0 ‘tgan yildan qolgan guvohnomalar sarflab 
bo'lingandan so‘ng yangi o‘ramdagi guvohnomalar yangidan raqamlanib, 
sarflash kitobida ro‘yxatdan o'tkazish davom ettiriladi.
Takroriy beriladigan gerbli guvohnomalarni sarflash daftarlari alohida 
yuritiladi. Takroriy sarflash uchun guvohnomalar adliya boshqarmasi 
tomonidan FHDYo organining ehtiyojini hisobga olgan holda beriladi. 
Adliya boshqarmasi FHDYo arxivida ham xuddi shu tartibda takroriy 
guvohnomalami sarflash daftarlari yuritiladi.
74
www.ziyouz.com kutubxonasi


Gerbli guvohnomalami sarflashda guvohnoma raqamlarining ketma- 
ketlik qoidasini buzish, kitobdagi yozuvlarni o ‘chirish, bo'yash, ustidan 
qog‘oz yopishtirish, orada ochiq qatorlar qoldirish man etiladi.
Guvohnoma blankalari temir javonlarda saqlanadi va ishdan tashqari 
vaqtda muhrlanadi. Guvohnoma blankalari o ‘g‘irlansa yoki yo‘qotilsa, 
bu haqda adliya boshqarmasiga, ichki ishlar organlariga xabar beriladi. 
Yo‘qolgan guvohnomalarning seriya va raqamlari ko‘rsatiladi.
FHDYo boMimining mudiri, qishloq, ovul, shaharcha fuqarolar yig'ini 
raislari guvohnoma blankalarini qabul qilib olish, saqlash va to‘g‘ri 
sarflash uchun javobgar hisoblanadi.
FHDYo bo‘limlari va qishloq fuqarolar yig'inlarida to'ldirish vaqtida 
buzilgan guvohnomalar, dalolatnoma yozuvlariga o'zgartirish kiritish 
m unosabati bilan alm ashtirilgan guvohnom alar, bekor qilingan 
dalolatnoma yozuvlari asosidagi guvohnomalar, o ‘n olti yoshgacha vafot 
etgan shaxslarning tug‘ilganlik to ‘g‘risidagi guvohnomalari, tegishli 
dalolatnoma tuzilib, har chorakda gerbli guvohnomalar hisoboti bilan 
birga adliya boshqarmasiga topshiriladi. Adliya boshqarmasining gerbli 
guvohnomalar uchun mas’ul xodimi ishtirokida ulaming seriya, tartib 
raqamlari qirqib olinib dalolatnomaning bir nusxasi ilova qilingandan 
keyin maxsus komissiya ishtirokida yoqish yo‘li bilan yo‘q qilinadi.

Yüklə 2,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə