Fuqarolik holati dalolatn omalarini



Yüklə 2,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/62
tarix05.10.2023
ölçüsü2,69 Mb.
#125441
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   62
HISOBOTNI TASHKIL QILISH
18-mavzu. FHDYO ORGANLARIDA ISH YURITISH
18.1. FHDYo organlarida xizmat hujjatlarini tuzish qoidalari
FHDYo organlarida ish yuritishni to‘g‘ri tashkil qilish ish sifatini 
yaxshilashga, mehnat unumdorligini oshirishga, vaqtni iqtisod qilishga 
ta'sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham 0 ‘zbekiston Respublikasi Adliya 
vazirligi tomonidan FHDYo oiganlarida ish yuritish tartibini belgilovchi 
hujjatlarni ishlab chiqishga va ularning amaliyotda to‘g‘ri qo‘llanilishini 
nazorat qilishga katta ahamiyat beriladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi FHDYo organlari faoliyatini yanada 
takomillashtirish, ish yuritishning yagona uslubini joriy etish, hujjatlami 
to‘g‘ri va o‘z vaqtida rasmiylashtirish, fuqarolarga malakali huquqiy 
xizmat ko‘rsatishni yaxshilash maqsadida 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Adliya vazirligi hay’atining 2006-yil 22-apreldagi 10-sonli qarori bilan 
1-iyundan kuchga kirgan « 0 ‘zbekiston Respublikasi FHDYo organlarida 
ish yuritish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma» tasdiqlandi va shu yili 1- 
iyundan boshlab amalga kiritildi. Yo'riqnomada FHDYo organlarini 
gerbli guvohnomalar bilan ta'minlash, gerbli guvohnomalarni hisobga 
olish va sarflash daftarlarini yuritish tartibi, dalolatnoma yozuvi daftarlari 
va alfavit daftarlarining turlari va ularni yuritish tartibi, xat, xabarnoma 
va arizalarni ro‘yxatga olish daftarlarining yuritilish tartibi, shuningdek 
FHDYo organlariga beriladigan arizalarning shakli, tegishli organlarga 
yuboriladigan xabamoma, ma’lumotnomalarning shakli, hujjatlaming 
FHDYo arxivlarida saqlanish muddatlari belgilab berilgan.
Ish yuritishni to‘g‘ri tashkil qilish uchun birinchi navbatda xizmat 
hujjatlarini yuritishning asosiy qoidalariga rioya qilish zarur. Bu qoidalar 
jumlasiga quyidagilar kiradi:
1. Xizmatga oid barcha hujjatlar maxsus blankalarga yozilishi kerak. 
Agar bunday blankalar bo‘lmasa, tuzilgan hujjatning yuqori chap 
burchagiga FHDYo bo‘limining nomi ko‘rsatilgan shtamp bosiladi.
2. Fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlari va ular asosida 
beriladigan guvohnomalar «Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd 
etish Qoidalari»da belgilangan tartibda to'ldirilishi kerak.
3. Takroriy guvohnomalar dastlabki guvohnomalar bilan bir xil 
tartibda to'ldiriladi. Takroriy guvohnomalarda ko'rsatilgan ma'lumotlar 
dalolatnoma yozuvidagi ma'lumotlarga to 'liq mos kelishi kerak. 
Guvohnomaning yuqori o‘ng burchagiga «takroriy» degan belgi qo'yiladi.
4. So‘rov xatlariga javob yozilganda albatta qaysi sanadagi nechanchi 
raqamli so‘rovga javob yozilayotgani ko‘rsatilishi kerak.
70
www.ziyouz.com kutubxonasi


5. Hujjatlardan nusxalar yoki ko'chirmalar olinganda ulaming birinchi 
betiga «nusxa» yoki «ko‘chirma» deb yozib qo'yiladi.
6. Matnga keltirilgan ilova matndan keyin yozilib, qaysi hujjatlar 
ilova qilinayotgani birma-bir yoziladi va ular necha varaqdan iborat 
ekanligi ko'rsatiladi.
7. Asosiy hujjat bilan birga qo'shimcha ma'lumotlar, tushuntirishlar, 
tavsiyalar bo‘lsa, hujjat kuzatuv xatlari bilan birga jo'natiladi.
8. FHDYo bo‘limidan chiquvchi hujjatlarning hammasi bo'lim mudiri 
yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxs tomonidan imzolangan bo‘lishi 
va imzo qo‘yilgan sana ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.

Yüklə 2,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə