Fuqarolik holati dalolatn omalarini


V bo‘lim. CHET EL FUQAROLARI VA FUQAROLIGI



Yüklə 2,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/62
tarix05.10.2023
ölçüsü2,69 Mb.
#125441
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   62
V bo‘lim. CHET EL FUQAROLARI VA FUQAROLIGI
BO ‘LMAGAN SHAXSLARGA NISBATAN FUQAROLIK
HOLATI DALOLATNOMALARINI QAYD ETISH
22-mavzu. CHET EL FUQAROLARI VA FUQAROLIGI
B O ‘LMAGAN SHAXSLARGA NISBATAN FUQAROLIK HOLATI
DALOLATNOMALARINI QAYD ETISH
Chet el fuqarosi deb, 0 ‘zbekiston fuqarosi bo'lm agan, lekin 
0 ‘zbekistonda yashab turuvchi va boshqa davlat fuqarosi ekanligini 
isbotlovchi dalillari bor shaxsga aytiladi.
Fuqaroligi bo'lm agan shaxslar deb, 0 ‘zbekistonda yashovchi 
O'zbekiston fuqaroligiga ega bo'lm agan va o'zining qaysi davlat 
fuqaroligiga mansub ekanligini isbotlovchi dalillari bo'Imagan shaxslarga 
aytiladi. 0 ‘zbekistonda yashab turuvchi chet el fuqarolari va fuqaroligi 
bo‘lmagan shaxslar 0 ‘zbekiston qonunlari va Xalqaro shartnomalarda 
n azard a tu tilg an h o llard an ta sh q a ri uning h u d udida oilaviy 
m unosabatlarda 0 ‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng 
huquqlardan foydalanadilar va teng majburiyatlarga ega bo'ladilar.
0 ‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga muvofiq 0 ‘zbekiston 
Respublikasi FHDYo organlarida Respublika fuqarolarining MDH 
mamlakatlari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boimagan shaxslar bilan 
nikohni qayd etish hamda chet el fuqarolari o'rtasidagi nikohni qayd 
etish umumiy asoslarda amalga oshiriladi.
Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boim agan shaxslarning 0 ‘zbekiston 
Respublikasi fuqarosi bilan nikohini qayd etish agar ushbu shaxslarning 
0 ‘zbekiston Respublikasida boiish vizasi nikoh tuziladigan kunda 
haqiqiy boisagina amalga oshiriladi.
0 ‘zbekiston fuqarosi bilan nikohga kirgan chet el fuqarolari va 
fuqaroligi boimagan shaxslaming shaxsini tasdiqlovchi hujjatlariga nikoh 
qayd etilganligi to‘g‘risida belgi qo‘yiladi. Belgi tegishli ravishda o‘zbek, 
rus yoki ingliz tilida qo‘yilishi kerak. 
e
Chet elda doimiy yashovchi 0 ‘zbekiston Respublikasi fuqarosining 
nikohini qayd etish o‘sha davlat qonunchiligiga asosan uning vakolatli 
organlari tomonidan yoki 0 ‘zbekiston Respublikasining konsullik 
muassasalarida amalga oshiriladi.
Chet davlat hududida o ‘sha davlatning qonun hujjatlariga rioya 
qilingan holda 0 ‘zbekiston Respublikasi fuqarolari o'rtasida hamda 
0 ‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan chet el fuqarolari o'rtasida 
tuzilgan nikoh O'zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 
1 6
-moddasida 
nazarda tutilgan nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlar bo‘lmasa, 
0 ‘zbekiston Respublikasida haqiqiy deb e’tirof etiladi.
81
www.ziyouz.com kutubxonasi


Boshqa davlatda yashovchi 0 ‘zbekiston Respublikasining fuqarosi 
bilan mazkur davlatning tegishli oiganlarida nikohni qayd ettirmoqchi 
bo'lgan o‘sha davlat fuqarosining iltimosiga ko‘ra konsul 0 ‘zbekiston 
Respublikasi fuqarosi nikohda turmasligi haqida maMumotnoma berishi 
mumkin. Agar konsullik muassasasida nikohlanuvchi shaxsning oilaviy 
ahvoli to ‘g‘risida m a'lu m o tlar b o ‘lmagan hollarda konsul bu 
ma'lumotlarni 0 ‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali 
Adliya vazirligidan oladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi hududida chet ellik fuqaro bilan 0 ‘zbekiston 
Respublikasi fuqarosi nikoh tuzgan vaqtda ham chet el fuqarosining 
oilaviy ahvoli haqida shunday ma'lumotnoma talab qilinadi.
0 ‘zbekiston Respublikasi hududida 0 ‘zbekiston Respublikasi 
fuqarolari bilan chet el fuqarolari yoki fuqaroligi boMmagan shaxslar 
o'rtasidagi, shuningdek, chet el fuqarolari o'rtasidagi nikohdan ajratish 
0 ‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida yashab turgan 
0 ‘zbekiston Respublikasi fuqarosi 0 ‘zbekiston Respublikasi hududidan 
tashqarida yashab turgan eri (xotini) bilan tuzilgan nikohdan, mazkur 
shaxs qaysi davlat fuqarosi ekanligidan qat'iy nazar, 0 ‘zbekiston 
Respublikasi sudida ajralishga haqlidir.
0 ‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga binoan FHDYo 
organlarida nikohdan ajralish mumkin bo'lgan hollarda bunday nikohdan 
ajralish 0 ‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasalarida amalga 
oshishi mumkin.
0 ‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan chet el fuqarolari yoki 
fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar o‘rtasidagi nikohdan ajratish 0 ‘zbekiston 
Respublikasi hududidan tashqarida tegishli chet el davlatining qonun 
hujjatlariga rioya etilgan holda amalga oshirilgan bo‘lsa, 0 ‘zbekiston 
Respublikasida haqiqiy deb e’tirof etiladi.
0 ‘zbekiston Respublikasida yashayotgan chet elliklar va fuqaroligi 
bo‘lmagan shaxslarning bolalarining tug‘ilishi umumiy asoslarda qayd 
etiladi. Tug‘ilish to‘g‘risidagi dalolatnoma yozuvlarida «ota-onasining 
millati» ustunida ularning millatidan tashqari qaysi davlat fuqarosi 
ekanligi yozib qo'yiladi.
0 ‘limni qayd etish ham umumiy asoslarda amalga oshiriladi. Chet 
el fuqarosi va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarning milliy pasportlari yoki 
istiqomat uchun guvohnomalari maxsus ro‘yxat asosida ichki ishlar 
organlariga topshiriladi. Shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarning yo'qligi 
o ‘limni qayd etish uchun to‘sqinlik qila olmaydi. Bu holda ichki ishlar 
organlariga shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarning yo'qligi haqida 
ma'lumotnoma yuboriladi.
82
www.ziyouz.com kutubxonasi


0 ‘zbekiston Respublikasi hududida chet el fuqarolari va fuqaroligi 
bo‘lmagan shaxslar tomonidan 0 ‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan 
bolani farzandlikka olishda 0 ‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksiga 
va «Voyaga yetmagan bolalami farzandlikka olish va bolalarni oilaga 
tarbiyaga olish (patronat) to ‘g‘risida»gi Nizom ( 0 ‘z.R. Vazirlar 
M ahkam asining 1999-yil 12-apreldagi 171-sonli qarori bilan 
tasdiqlangan)ga rioya qilinishi lozim. 0 ‘zbekiston Respublikasi fuqarosi 
bo'lgan bolalarni farzandlikka olish 0 ‘zbekiston Respublikasida o ‘z 
diplomatik vakolatxonasi bo‘lgan davlatlarning fuqarolari tomonidan 
amalga oshirilishi mumkin. Farzandlikka olishni istovchi shaxslarni 
ro‘yxatga olish 0 ‘zbekiston Respublikasi xalq ta'limi vazirligi tomonidan 
amalga oshiriladi. Xalq ta'lim i vazirligiga diplomatik vakolatxona 
tomonidan farzandlikka oluvchilar haqida to'liq ma'lumotlami, jumladan 
familiya, ismi, ota ismi, tug‘ilgan vaqti, turarjoyi, moddiy ahvoli haqidagi 
ma'lumotlarni, tibbiy xulosa, oilaning axloqiy-ruhiy shart-sharoiti, 
farzandlikka oluvchilarning har biriga tavsifnomalarini o‘z ichiga olgan 
iltimosnomasi taqdim etiladi.
O 'zb ek isto n R espublikasi fuqarosi b o ‘lgan va O 'zb ek isto n
Respublikasi hududidan tashqarida yashayotgan bolani farzandlikka olish 
farzandlikka oluvchi qaysi davlatning fuqarosi bo'lsa o ‘sha davlatning 
vakolatli organi tomonidan amalga oshirilganligi, agar bola yoki uning 
ota-onasi 0 ‘zbekiston Respublikasi hududidan jo'nab ketishdan oldin 
yashab turgan joyidagi tuman, shahar hokimining farzandlikka olish 
to‘g‘risidagi ruxsatini olgan bo‘lsa, 0 ‘zbekiston Respublikasida haqiqiy 
deb e’tirof etiladi.
Agar farzandlikka olish natijasida bolaning 0 ‘zbekiston Respublikasi 
qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalari bilan belgilangan huquqlari 
buzilsa, farzandlikka oluvchi qaysi davlat fuqarosi boMishidan qat’iy 
nazar, farzandlikka olishni amalga oshirish mumkin emas. Agar 
farzandlikka olingan bo‘lsa, u sud tartibida bekor qilinishi kerak.
0 ‘zbekiston Respublikasi FHDYo organlarida fuqarolik holati 
dalolatnomalarini qayd ettirgan iihet ellik fuqarolar va fuqaroligi 
bo‘lmagan shaxslarning dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartirish, tuzatish 
va qo‘shimchalar kiritish, dalolatnoma yozuvlarini tiklash va bekor qilish 
umumiy asoslarda amalga oshiriladi. Agar 0 ‘zbekiston Respublikasi 
FHDYo organlarida fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd ettirgan 
chet el fuqarosi boshqa davlatda yashayotgan bo‘lsa, bu masalalar 
b o ‘yicha O 'zbekiston R espublikasining chet eldagi konsullik 
muassasasiga murojaat etishi mumkin.
Sud yoki FHDYo otgani va boshqa oiganlar chet el oila huquqining 
normalarini qo‘llashda mazkur normalarning mazmunini ularn^ng
83
www.ziyouz.com kutubxonasi


tegishli chet davlatida rasmiy sharhlanishi va amaliyotda qo‘llanilishiga 
muvofiq tarzda aniqlaydi.
Sud, FHDYo organlari va boshqa organlar chet el oila huquqi 
normalari mazmunini aniqlash maqsadida yordam va tushuntirishlar 
olish uchun belgilangan tartibga rioya qilgan holda O'zbekiston 
Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa vakolatli oiganlarga murojaat 
qilishlari yoxud ekspertlami jalb etishlari mumkin.
Manfaatdor shaxslar talab yoki e'tirozlarini tasdiqlash uchun o'zlari 
asoslanayotgan chet el oila huquqi normalarining mazmunini aniqlash 
maqsadida sudga, FHDYo organlariga boshqa tarzda yordam berishga 
haqlidir.
Agar amalga oshirilgan choralarga qaramay, chet el oila huquqi 
n o rm a la rin in g m azm uni a n iq lan m ag an b o ‘lsa, 0 ‘zb ek isto n
Respublikasining qonun hujjatlari qo‘llaniladi.

Yüklə 2,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə