Fuqarolik holati dalolatn omalarini



Yüklə 2,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/62
tarix05.10.2023
ölçüsü2,69 Mb.
#125441
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   62
Nazorat savollari:
/. 
Gerbli guvohnomalar qayerda chop etiladi?
2. FHDYo organlari guvohnoma blankalari bilan qaysi tartibda
ta 'minlanadi?
3. Qishloq, ovul, shaharcha fuqarolar yig ‘inlarini guvohnoma blankalari
bilan qaysi organ ta 'minlaydi?
4. Gerbli guvohnomalami ro ‘yxatga olish va sarflash daftarlari qanday
yuritiladi?
20-mavzu. DALOLATN OM A DAFTARLARINING FHDYO
ARXIVLARIDA SAQLANISHI
20.1. Dalolatnoma daftarlarini arxivda saqlash uchun tayyorlash.
Tuman (shahar) FHDYo bo'limlarida shu bo'limda tuzilgan va 
tumanga qarashli qishloq, ovul, shaharcha fuqarolar yig‘inlari raislari 
tomonidan qayd etilgan dalolatnoma yozuvlarining birinchi nusxalari 
hamda dalolatnoma yozuvlarini tuzish uchun asos bo'lgan hujjatlar 
saqlanadi.
Dalolatnoma yozuvlarining ikkinchi nusxalari Qoraqalpog‘iston, 
Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya
75
www.ziyouz.com kutubxonasi


boshqarmalarining FHDYo arxivlarida saqlanadi. FHDYo organlari 
tashkil etilgunga qadar yuritilgan metrik kitoblar va tug'ilish, oiim , 
nikoh kabi holatlami qayd etish daftarlari ham shu arxivlarda saqlanadi.
Har bir fuqarolik holati bo'yicha dalolatnoma yozuvlari alohida daftar 
sifatida muqovalanib tikiladi. Daftarlarning ustki qismida dalolatnoma 
yozuvini tuzgan FHDYo boiimining nomi, dalolatnoma yozuvining 
turi, qaysi yilda tuzilganligi, daftaming boshlanish va yakunlanish sanalari 
va raqamlari hamda varaqlaming umumiy soni ko‘rsatiladi. Har bir 
daftarning oxirida raqamlangan varaqlar soni ko'rsatilib, tasdiq xati 
yoziladi. FHDYo bo'limi mudiri yoki arxiv mudiri tomonidan imzolanib 
muhr bosiladi. Daftarlar rasmiylashtirib boMingandan so‘ng dalolatnoma 
daftarlarini hisobga olish daftarlarida qayd qilinadi.
0 ‘zbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasalarida 
qayd etilgan fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlarining birinchi 
nusxalari Toshkent shahar adliya boshqarmasi FHDYo arxivida, ikkinchi 
nusxalari Toshkent viloyati adliya boshqarmasi FHDYo arxivida saqlanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar adliya 
boshqarmalari (keyingi oTinlarda adliya boshqarmalari deb yuritiladi) 
FHDYo arxivlarida o‘lim haqidagi tibbiy guvohnomalar dalolatnoma 
yozuvlari bilan bitga tikib qo'yiladi.
Adliya boshqarmalari FHDYo arxivlarida shu hududda joylashgan 
har bir tuman, shahar FHDYo bo'limlaridan kelib tushgan xabamomalar 
zudlik bilan ijrosi ta'minlanib, bu haqda belgi qo'yilgan holda alohida 
yig‘majildga tikib boriladi.
Dalolatnoma daftarlari FHDYo boMimlarida ham, viloyat FHDYo 
arxivlarida ham 75-yil davomida saqlanadi. Bu muddat o‘tgandan so‘ng 
dalolatnoma yozuvlarining birinchi nusxalari adliya boshqarmalari 
FHDYo arxivlariga topshiriladi. Arxiv dalolatnoma yozuvlarining har 
ikkala nusxalarini solishtirib, eskitgan, o'chib ketgan yozuvlami o‘zida 
saqlanayotgan yozuvlar bilan almashtiradi. Yetishmagan yozuvlarni 
toMdiradi va tegishli rasmiylashtirishlardan so‘ng saqlash uchun Markaziy 
davlat arxiviga topshiradi. Dalolatnoma yozuvlarining ikkinchi nusxalari 
maxsus dalolatnoma asosida yo‘q qilinadi. Saqlash muddatlari o'tganligi 
sababli dalolatnom a yozuvlari daftarlarini yo‘q qilish haqidagi 
dalolatnoma Qoraqalpog‘iston respublikasi Adliya vaziri, viloyatlar va 
Toshkent shahar adliya boshqarmalarining boshliqlari tomonidan 
tasdiqlanishi kerak.
Dalolatnoma daftarlari Markaziy davlat arxiviga topshirilganidan 
keyin takroriy guvohnoma olish haqida ariza berilsa, FHDYo arxivi 
davlat arxividan tegishli dalolatnoma yozuvining nusxasini talab qilib 
oladi va shu asosda arizachiga takroriy guvohnoma yozib beradi.
76
www.ziyouz.com kutubxonasi



Yüklə 2,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə